Fors tilida Ergash gaplar turlari



Yüklə 24,54 Kb.
səhifə1/2
tarix11.05.2023
ölçüsü24,54 Kb.
#110961
  1   2
Maqsad ergash gap


Fors tilida Ergash gaplar turlari:

  1. Maqsad ergash gap;

  2. To'ldiruvchi ergash gap;

  3. Payt ergash gap;

  4. Aniqlovchi ergash gap;

  5. Shart ergash gap;

  6. Sabab ergash gap;

  7. To'siqsiz ergash gap.

Maqsad ergash gap


O'zbek tilida Maqsad ergash gap
Bosh gapdagi harakat yoki voqeaning qanday maqsad bilan yuzaga kelishini anglatadigan ergash gaplar maqsad ergash gapli qo’shma gap deyiladi. Maqsad ergash gap orqali ifodalangan harakat hali boshlanma-gan, yuzaga kelishi endi mo’ljallangan bo’ladi. Masalan, Xalqimiz shoyi kiysin deb, tut ko’chati ekamiz gapida birinchi komponent (ergash gap) ikkinchi komponent (bosh gap)dagi harakatning qanday maqsadda yuzaga kelishini, bajarilishini anglatadi.
Maqsad ergash gaplar bosh gapga quyidagi vositalar bilan birikadi:
1. deb (deya, deyishib). Bunda ergash gapning kesimi buyruq maylidagi fe'lning birlik va ko’pligidagi birinchi, ikkinchi va uchinchi shaxs shaklida bo’ladi: Nevaramni ko’ray deb, bobosi kelibdi (S.Zun.). Ishonchimni doim oqla deb, Xazonlardan meni saqla deb, Ulug’ jangda meni yoqla deb, Kurol berding qo’llarga 6ahor (U.). Bola ekan, tish chiqardim, yovlarni tishlasin deb, tog’day og’ir bilak berdim, yovlarni mushtlasin deb (H.O.). Bunday qo’shma gaplarda ergash gapning fe'l kesimlari buyruq mayli shaklida bo’lsa ham, ergash gapdagi mazmun buyruqni emas, istakni anglatadi.
2. -r-(ar)+ekan. Bunda maqsad ergash gapdagi harakatning bajarili-shi taxmin-tavakkal, mo’ljal qilinadi: O’g’limga tegmasa, o’rtoqlariga tegar deb, xalta-xalta mayiz, turshak yubordim (O.). So’zim qanday ta'sir etar ekan deb, diqqat bilan unga tikildi (A.Q.).
3. –mi+ekan: Baxtim bormi ekan deb, Menga yormi ekan deb, kelaberdilar bari, Kattakon chinor sari (H.O.).
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin