Fotoelektrik datchiklarni hisoblash va puxtaligini aniqlash. Fotoelektrikni xisoblash misoli


Avtomatik texnik vositasi puxtaligi haqida ma’lumot



Yüklə 87,9 Kb.
səhifə6/7
tarix25.12.2023
ölçüsü87,9 Kb.
#197022
1   2   3   4   5   6   7
ATV kurs ishi0

6. Avtomatik texnik vositasi puxtaligi haqida ma’lumot va uni hisoblash


6.1. Avtomatik texnik vositasi puxtaligi haqida ma’lumot


2-jadval asosida avtomatika vositasining puxtaligi haqida ma’lumot beriladi va ular hisoblanadi (2-3 bet).


Element yoki detalning puxtaliligi deyilganda element detalning ma’lum davr ichida (masalan profilaktik remontlararo davrda) buzilmay (radsiz) ishlash ehtimolligi tushiniladi. Elementlarning va butun ARS ning puxtaligi umuman quyidagi miqdorlar: ishlamay qo‘yish xavfi, o‘rtacha ish vaqti, ikki rad orasidagi o‘rtacha ish vaqti, radsiz ishlash ehtimoli bilan xarakterlanadi. Rad deganda element yoki detal parametrlarning yo‘l qo‘yilgan chegaradan kutilmaganda chetga chiqishi yoki ularning to‘la ishdan chiqishi tushuniladi.
Parametrlarnig ko‘zda tutilmagan nominaldan og‘ishi va, ayniqsa, roslash tarkibidagi xech bo‘lmaganda bir elementning ishdan chiqishi ARS ning nominal ishini izdan chiqaradi, ko‘pincha butun sistemani ishdan chiqaradi. Elementlar parametrlarinig o‘zgarish sabablari xar xil. Xar bir element ma’lum material va ma’lum (nominal) ish sharoiti uchun xisoblanadi, shuning uchun elementar parametrlarning olinadigan qiymatlari ayrim shartlarni hisobga olmaganda aniq va bir xil bo‘ladi. Ammo elementarni tayyorlash jarayonida elementlarning xaqiqiy parametrlari xisoblangan qiymatlardan farq qiladi, bu esa parametrdagi nosozlik sababi bo‘ladi. Ayniqsa, elementarlarni ishlatish vaqtida katta og‘ishlar paydo bo‘lish mumkin, bu og‘ishlarning qiymati shunchalik katta bo‘lishi mumkinki, normal ish nuqtai nazaridan yo‘l qo‘yilgan chegaradan chiqadi.
Elementlar parametrlarning sochilish sabablari texnologik va ekspluatatsion sabablariga bo‘linadi.
Texnologik sabablarga turli ruxsatlar tufayli kelib chiqqan chetga chiqishlar kiradi:
1) element tayyorlangan materialning xossalari tufayli bo‘lgan ruxsat, masalan, o‘tkazgichning solishtirma qarshiligi yoki ferromagnit materialning magnit kirituvchanligi ma’lum qiymatga ega bo‘la olmaydi. Ular odatda nominaldan ortiq yoki kam tomonga ruxsat bilan beriladi,
2) elementar detallarning o‘lchamlariga beriladigan ruxsat, masalan, mexanikaviy zvenolar orasidagi bo‘shliklarga beriladigan ruxsat va xokazo.
Ko‘rsatilgan sabalarning ta’sirini kamaytirish uchun elementlarning konstruksiyasida rostlash moslamalari (o‘zgaruvchan qarshiliklar, sig‘im va xokazolar) bo‘lishi mumkin: bular elementning parametrlarini ma’lum chegarada o‘zgartirish va zarur qiymatni o‘rnatishga imkon beradi. Shunisi muximki, sistemani bunday rostlash parametrlarga bo‘lgan ruxsatlarni faqat ma’lum tashqi sharoitlardagina qisqartira oladi.
Ekspluatatsion sabablarga: tashqi muxitning ta’siri, energiya manbai xolatinig ta’siri, xizmat ko‘rsatish sifati, eskirish va yoyilish kiradi.
Tashqi muhit, ayniqsa, qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishida elementlarni va butun sistemani ishlatish vaqtida muhit xarorati, havoning zichligi, namligi, gaz tarkibi o‘zgaradi. Bularning hammasi avvalo alohida detallar va butun element parametrlaning (o‘tkazgichlar solishtirma qarshiligining, ish suyuqligi qovushoqligining va hokazolarning) o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.
Sistemani ta’minlovchi energiya manbaining holati ham element parametrlariga jiddiy ta’sir etadi. Masalan, manba kuchlanishining ko‘tarilishi relening yoki magnit ishga tushurgichning ishga tushish vaqtini qisqartiradi, suyuqlik bosimining oshuvi esa gidravlik kuchaytirgich porshening siljish tezligini oshiradi.
Avtomatik sistemalarning elementlarini to‘g‘ri ishlatish uchun yuqori malakali xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar talab etiladi.
Elementlarning parametrlari ularning eskirishi va yoyilishi natijasida xam nominaldan chetga chiqadi. Detallar nisbatan sekin eskiradi va yoyiladi. Elementlar ishlatishning boshlang‘ich davrida eskiradi, shuning uchun turli vazifalarni bajaruvchi muxim dettallar (masalan, elektron lampalar) zavvodan chiqarilishidan oldin "sun’iy eskirtiriladi".
Xar bir elementga kafolatli ishlash muddati belgilanadi, bu muddat tugagach eskirish tezlashadi va u xaqiqiy xolati qandayligidan qat’y nazar, almashtirilishi lozim.
Ayrim detallarning puxtaligini ularning yuklamasi (elektrik mexanikaviy termik yuklamasini) kamaytirish hisobiga xam, takomillashgan materiallar, texnologiyadan foydalanish va tayer buyumlarni sinchiklab nazorat qilish xisobiga xam oshirish mumkin. Bu tadbirlar yoki gabaritlarni kattalashtirish bilan yoxud narxni ancha oshirish bilan bog‘liq. Puxtalilikni oshirishning ikkinchi yo‘li rezervlashdir. Umumiy va ayrim rezervlash bo‘ladi.
Umumiy rezervlashda xar qaysi rostlagich yoki uning biror qismi xuddi shunday rostlagich yoki uning qismi bilan rezervlanadi. Rezerv rostlagichlar soni rostlagichning vazifasiga qarab istalgancha bo‘lishi mumkin. Rezerv rostlagichni ishga tushirish uchun avtomatik qurilma bo‘lishi shart. Asosiy rostlagich ishdan chiqqanda bu qurilma avtomatik tarzda ishga tushishi lozim.
Ayrim rezervlashda rostlagich elementlarining xar biri yoki uning qismlari xuddi shunday elementlar bilan mustaqil rezervlanadi.
Sistemaning puxtaliligini oshirishda avtomatikaning elektr sxemalarini takomillashtirish va soddalashtirish xam muxim axamiyat kasb etadi. Bu usul keng qo‘llaniladi, chunki qurilmalarning puxtaliligini oshiradi, vaznini, gabaritlarini va narxini kamaytiradi. Muxim ARS larda rad etishlarning oqibatini cheklovchi sxemalar qo‘llaniladi, shuning uchun xar qanday element ishdan chiqqanda xam avariya sodir bo‘lmaydi.
Ko‘rib chiqilgan usullardan tashqari amalda ko‘pgina boshqa usulllari xam mavjud bo‘lib, ularni qo‘llanishi aniq ish sharoitlariga bog‘lik bo‘ladi.



Yüklə 87,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin