50
3)
O‘zbekiston
Respublikasidagi manbalardan daromadlar oluvchi
O‘zbekiston
Respublikasi norezidentlari
bo‘lgan
yuridik shaxslar;
4) soliq
to‘lovchilar
konsolidatsiyalashgan guruhining
mas’ul
ishtirokchilari
bo‘lgan
yuridik shaxslar;
5) soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan daromadlari bir
milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan yoki o‘z ixtiyori bilan foyda solig‘ini to‘lashga o‘tgan
yakka
tartibdagi tadbirkorlar;
6) oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat to‘g‘risidagi shartnoma)
doirasida
amalga oshiriladigan faoliyat bo‘yicha oddiy shirkatning ishonchli shaxsi.
Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilari soliq to‘lovchilarning
konsolidatsiyalashgan guruhi bo‘yicha foyda solig‘ining mazkur guruh mas’ul ishtirokchisi
tomonidan hisoblab chiqarish uchun zarur bo‘lgan qismi bo‘yicha soliq to‘lovchilarning
majburiyatlarini bajaradi.
Agent vazifalarini amalga oshiruvchi jismoniy shaxs soliq
to‘lovchi
deb
e’tirof
etiladi.
Aylanmadan soliq
to‘lovchi
shaxslar soliq
to‘lovchilar
hisoblanmaydi.
Quyidagilar yuridik shaxslardir:
1) O‘zbekiston Respublikasining
qonunchilikka muvofiq tashkil etilgan yuridik shaxslar
(O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari);
2) chet davlatlarning qonunchilikka muvofiq tashkil etilgan, fuqarolik huquqiy layoqatiga
ega bo‘lgan chet el yuridik shaxslari (shu jumladan kompaniyalar va boshqa korporativ
tuzilmalar);
3) xalqaro tashkilotlar.
Yuridik shaxsning hududiy jihatdan alohida bo‘lgan, turgan yeri bo‘yicha doimiy ish
joylari jihozlangan har qanday bo‘linmasi O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxsining alohida
bo‘linmasidir.
Yuridik shaxsning alohida bo‘linmasini e’tirof
etish,
unga qanday vakolatlar
berilganligidan va uning tashkil etilishi bo‘yicha yuridik shaxsning ta’sis hujjatlarida yoki boshqa
tashkiliy-
boshqaruv hujjatlarida aks ettirilganligi yoki aks ettirilmaganligidan qat’i nazar, amalga
oshiriladi.
Agar ish jo
yi bir oydan ortiq muddatga yaratilgan bo‘lsa, u doimiy hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxsi alohida bo‘linmasining joylashgan yeri ushbu
yuridik shaxs mazkur alohida bo‘linma orqali faoliyat olib boradigan joydir.
Quyidagi yuridik shaxslar
O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlaridir:
1) O‘zbekiston Respublikasining
yuridik shaxslari;
2) O‘zbekiston Respublikasining soliq solish masalalari bo‘yicha xalqaro shartnomalariga
muvofiq ushbu xalqaro shartnomalarni qo‘llash maqsadlari uchun O‘zbekiston Respublikasining
soliq rezidentlari deb e’tirof etilgan chet el yuridik shaxslari;
3) haqiqatdagi boshqaruv joyi O‘zbekiston Respublikasi bo‘lgan chet el yuridik shaxslari,
agar O‘zbekiston Respublikasining soliq masalalari bo‘yicha
xalqaro shartnomasida boshqacha
qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa.
O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari bo‘lmagan yuridik shaxslar O‘zbekiston
Respublikasining norezidentlari deb e’tirof etiladi.
Soliq to‘lovchi tomonidan olingan foyda foyda solig‘i bo‘yicha soliq solish ob’ekti
hisoblanadi.
Quyidagilar foyda deb e’tirof etiladi:
1) yuridik shaxs uchun -
jami daromad va xarajatlar o‘rtasidagi farq;
2) faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi norezident uchun - doimiy
muassasaning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan jami daromad (shu
jumladan bunday doimiy
muassasaning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi
manbalardan olingan daromadlar) va xarajatlar o‘rtasidagi farq;
3) norezident uchun -
O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlar;
4) yakka tartibdagi
tadbirkor uchun -
jami daromad va xarajatlar o‘rtasidagi farq;
51
5) zimmasiga oddiy shirkat ishlarini yuritish yuklatilgan shaxs uchun - birgalikda ishlab
chiqarilgan tovarn
i (ko‘rsatilgan xizmatni) realizatsiya qilishdan olingan daromad va birgalikda
ishlab chiqarilib realizatsiya qilingan tovarga (xizmatga) to‘g‘ri keladigan birgalikdagi faoliyatga
kiritilgan mablag‘lar summasi o‘rtasidagi farq.
Soliq solinishi lozim bo‘lga
n foyda summasi soliq bazasi hisoblanadi.
Soliq bazasini belgilangan tartibda va shartlarda aniqlashda soliq to‘lovchi
daromadlarining va (yoki) xarajatlarining (zararlarining) ayrim turlari maxsus qoidalar bo‘yicha
inobatga olinishi yoki inobatga olinmasligi mumkin.
Soliq to‘lovchi ushbu bo‘limga muvofiq foydani va zararni hisobga olishning umumiy
tartibidan farq qiladigan tartibi nazarda tutilgan operatsiyalar bo‘yicha daromadlarning
(xarajatlarning) alohida-alohida hisobini yuritadi.
Soliq bazasi soliq
davri boshlanganidan e’tiboran ortib boruvchi yakun bilan aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: