O'zgaruvchilarga qiymat berish.
Python –dinamik turlarga ajratuvchi dasturlash tili hisoblanadi. Yuqorida aytib o’tilganidek, Python dasturlash tilida o’zgaruvchi turi unga yuklangan qiymat orqali aniqlanadi. Agarda o’zgaruvchiga bittalik (‘) yoki ikkitalik (“) qo’shtirnoq yordamida satr yuklansa, o’zgaruvchi str turiga ega bo’ladi, agarda o’zgaruvchiga butun son yuklansa – int, haqiqiy son yuklansa (masalan: 3.14) yoki eksponentsial ko’rinishdagi qiymat yuklansa (masalan: 11e-1) u float turiga ega bo’ladi.
Masalan:
1.4.4-rasm
Python dasturlash tilida haqiqiy (float) turidagi o’zgaruvchilar [-10308 ,
+10308] oraliqdagi sonlar bilan hisoblash ishlarini amalga oshirsa bo’ladi, lekin faqat 18 ta raqamlar ketma-ketligi ko’rinadi (konsol ekraniga chiqarilganda).
Ixtiyoriy katta yoki kichik sonlarni o’zgaruvchidagi ifodasi 18 ta belgidan oshib ketsa, u holda eksponentsial orqali yaxlitlab ifodalanadi.Shuni ham ta`kidlash kerakki, Python dasturlash tilida o’zgaruvchiga yangi qiymat berish orqali uning turi o’zgartirilishi mumkin. Masalan:
1.4.5-rasm
Ushbu dasturda dastlab age =17 ifodasi orqali age o’zgaruvchisi int turiga ega edi. Keyingi age = "o`n etti" ifoda bilan uning turi str turiga o’zgartirildi.
Bundan keyingi jarayonlarda age o’zgaruvchisi eng ohirgi yuklangan qiymat turiga mos bo’ladi.
O’zgaruvchilarning turini aniqlashda type() – funksiyasidan foydalaniladi.
Masalan:
1.4.6-rasimKonsol ekranidagi natija:
Oʻzgaruvchi — matematikada berilgan masala yoki amallar koʻlami ichida oʻzgaruvchi qiymat, har xil qiymatlar qabul qiladigan miqdor. Oʻzgarmas yoki konstanta esa oʻzgarmaydigan qiymatdir. Oʻzgaruvchi va oʻzgarmas tushunchalari matematikaning koʻp nazariy va amaliy sohalarida ishlatiladi. Oʻzgaruvchi tushunchasi, shuningdek, tabiiy fanlar, texnika va dasturlash kabi sohalarda keng qoʻllaniladi. Oʻzgaruvchilarga misol qilib havo haroratini yoki matematik funksiya parametrini keltirish mumkin. Oʻzgaruvchi olishi mumkin boʻlgan qiymatlarga qarab xarakterlanadi.
Oʻzgaruvchilar erkli oʻzgaruvchilar va erksiz oʻzgaruvchilar boʻlib ikkiga boʻlinadi. Erkli oʻzgaruvchilar turli qiymatlarni erkin ola oladi. Erksiz oʻzgaruvchilar boʻlsa sistemadagi boshqa qiymatlar oʻzgarishi sabab oʻzgaradi xolos.
Matematikada oʻzgaruvchilar odatda bir qismli belgilar bilan ifodalanadi. Farang faylasufi René Descartesdan oʻrnak olib alifbo boshidagi harflar konstantalarni, alifbo oxiridagi harflar boʻlsa oʻzgaruvchilarni ifodalash uchun qoʻllaniladi. Masalan, a, b, c harflari odatda konstantalarni, x, y, z va t harflari oʻzgaruvchilarni ifodalash uchun qoʻllaniladi. Tipografiyada konstantalar va oʻzgaruvchilar odatda kursiv bilan (qiya) yoziladi.
Matematikada oʻzgaruvchilar bir qismli belgi bilan ifodalanadi. 17-asrda yashagan farang faylasufi Rene Descartesdan oʻrnak olib alifbo boshidagi harflar konstantalarni, alifbo oxiridagi harflar boʻlsa oʻzgaruvchilarni ifodalash uchun qoʻllaniladi. Masalan, a, b, c harflari odatda konstantalarni, x, y, z va t harflari oʻzgaruvchilarni ifodalash uchun qoʻllaniladi. Tipografiyada konstantalar va oʻzgaruvchilar odatda kursiv bilan (yotqizilib) yoziladi.[2]
Matematikaning turli sohalarida oʻzgaruvchilarni nomlash uchun kelishilgan qonun-qoidalar mavjud. Oʻxshash rolli yoki maʼnoli oʻzgaruvchilar odatda ketma-ket kelgan harflar bilan ifodalanadi. Masalan, uch oʻlchamli koordinatalar sistemasidagi uch oʻq x, y va z harflari bilan belgilanadi. Statistikada tasodifiy oʻzgaruvchilar boʻlsa X, Y, Z kabi ifodalanadi. Fizikada oʻzgaruvchilar nomi ular bildirgan fizik kattalikka tayanib tanlanadi.
Ehtimollar nazariyasida va statistikada tasodifiy oʻzgaruvchilarni X, Y, Z deb nomlash keng qoʻllaniladi. Shu tasodifiy oʻzgaruvchilarning qiymatlari yoki tanlovlardan olingan qiymatlar boʻlsa x, y, z bilan belgilanadi. Kichik harflar oddiy matematik oʻzgaruvchilardir. Bosh harflar boʻlsa tanlov sohasidan olingan funksiyalarni ifodalaydi. Statistikada yana aholidan olingan qiymatlarni bosh (kichik) yunon harflari bilan, tanlovlardan olingan qiymatlarni boʻlsa lotin alifbosidagi mos keluvchi kichik (bosh) harflar bilan ifodalash keng tarqalgan.
Oʻzgaruvchilar deb oʻlchasa boʻladigan xususiyatlarga aytiladi. Amaliy statistikada oʻzgaruvchi baholovchi faktor, xarakteristika yoki boʻlmasam alohida yoki umumiy xususiyatdir. Boshqacha qilib aytganda, vaqt oʻtishi bilan oʻzgaruvchi yoki maʼlum koʻrsatkichlar orasida oʻzgaruvchi narsadir. Oʻzgaruvchilar diskrit (cheklangan yoki sanoqli toʻplam qiymatlarini oladigan), davomli (davomli distributsiya funksiyasiga ega) yoki diskrit ham emas, davomli ham emas boʻlishi mumkin. Masalan, harorat davomli oʻzgaruvchi, biror hayvonning oyoqlari soni boʻlsa diskrit oʻzgaruvchidir. Oʻzgaruvchilarni bunday talqin qilish tabiiy fanlarda, tibbiy izlanishlarda va ijtimoiy fanlarda keng qoʻllaniladi.
Sabab koʻrsatilgan modellarda erkli oʻzgaruvchilar va erksiz oʻzgaruvchilar farqlanadi. Erksiz oʻzgaruvchilar erkli oʻzgaruvchilar qiymati oʻzgarishi natijasida oʻzgaradi. Boshqacha qilib aytganda erkli oʻzgaruvchi erksiz oʻzgaruvchiga taʼsir qiladi. Eksperimentlarda erkli oʻzgaruvchilar deb izlovchi oʻzgartira oladigan yoki tanlay oladigan faktorlar olinadi.
Oʻzgaruvchilar statistika fanida muhim rol oʻynaydi. Bu tasvirda gistogramma koʻrsatilgan.
Suvning qaynash nuqtasi turli xil balandliklarda oʻzgarish-oʻzgarmasligini aniqlash uchun qilingan tajribada balandlikni kontrol qilsa boʻladi va u erkli oʻzgaruvchi boʻladi. Suvning qaynash nuqtasi boʻlsa balandlikka bogʻliq deb qaraladi va u erksiz oʻzgaruvchi boʻladi. Tajribaning natijasi yoki xulosa chiqarish uchun ishlatilgan maʼlumot data deb nomlanadi.
Yana chala erkin oʻzgaruvchilar mavjud. Ularni kuzatuvchilar oʻzgaruvchini oʻzini oʻzgartirmasdan narsalarni guruhlashda ishlatishadi. Masalan, kishilarni jins boʻyicha guruhlarga boʻlish ularning erkak yoki ayolligini oʻzgartirmaydi. Yoki izlanuvchi tajribani boshlashdan avval kishilarni arbitrar ravishda kundalik ichilgan qahva miqdoriga qarab guruhlarga boʻlishi mumkin. Izlanuvchi oʻtmishni oʻzgartira olmaydi, ammo uni kishilarni guruhlash uchun ishlata oladi.
Erkli oʻzgaruvchilar tajriba kontroli ostida boʻlgan kattaliklarga va xususiyatlargagina cheklanmaydi. Natijani chalgʻituvchi yoki keraksiz asnoda oʻzgartiruvchi tashqi faktorlar ham oʻzgaruvchilar boʻla oladi. Statistikada bu muammoni oʻrganishda korrelyatsiya tushunchasidan foydalaniladi.
Agar ham erkli, ham erksiz oʻzgaruvchilar bilan birga qiymati almashuvchi oʻzgaruvchilar mavjud boʻlsa, natijani talqinlash mushkullashadi. Masalan, saraton kasali va yosh oʻrtasidagi bogʻlanishni oʻrganayotgan tajribada maosh, joy, stress va yashash tarzi kabi oʻzgaruvchilarni hisobga olish kerak. Bularsiz natija butunlay notoʻgʻri deduksiya boʻlishi mumkin. Shu sabab izlanishlarda keraksiz oʻzgaruvchilarni kontrol qilish juda muhim.
Dostları ilə paylaş: |