2. Risklarni boshqarish evolyutsiyasi
Riskni boshqarishning asosiy prinsiplari sharoitida hamda u bilan bog‘liq moliyaviy, ma’naviy boshqa yo’qotishlarda ma’lum bir mexanizm yordamida talab paydo bo‘ladi, uning natijasida tadbirkor (firma) erishishi mumkin bo‘lgan maqsadi nuqtai nazaridan eng qulay imkoniyatdagi usulda xjalik qarorlarini qabul qilish va amalga oshirish uchun risk xavf-xatarini hisobga oladi.
Bu mexanizm riskni boshqarish deyiladi. Riskni boshqarish bu qandaydir darajada risk vaziyatlar sodir bo’lishi imkoniyatini bashorat qiluvchi hamda ularning salbiy oqibatlarini bartaraf etish imkonini beruvchi tadbirlar, usullar va uslublar jamlamasi deb ta’rif beriladi. Riskni boshqarish bir tizim sifatida 2 kichik tizimdan tashkil topadi. Unga boshqariluvchi quyi tizim (boshqaruv obyekti) va boshqaruvchi yuqori tizim (boshqaruv subyekti) kiradi.
Riskni boshqarish tizimida boshqaruv obyekti bo‘lib kapital kiritishning tavakkalchiligi va riskni amalga oishirish jarayonila xo‘jalik subyektlari (tadbirkor va raqiblar, raqobatchilar, qarz oluvchi va qarz beruvchilar, sug‘o’rtachai va sug‘urtalovchilar) orasidagi iqtisodiy munosabatlarga aytiladi.
Riskni boshqarish tizimida boshqaruv subyekti bo‘lib o‘z faoliyatlari vositasida boshqaruv obyektiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi maxsus odamlar guruhi (tadbirkor, moliyaviy menejer, risk bo‘yicha menejer, sug‘urtalash bo‘yicha mutaxassis va bosh) gavdalanadi. Riskni boshqarish iqtisodiy faoliyatda maxsus soha bo‘lib, u xo‘jalik faoliyatining iqtisodiy tahlili, psixologiya, sug‘urta ishlari xo‘jalik qarorlarini optimallashtirish usullari sohasida chukur bilim talab qiladi.
Bu sohada tadbirkorning asosiy vazifasi – loyiha qanchalik daromadli bo‘lsa, uni amalga oshirishda risk darajasi shunchalik yuqori bo’lishidan kelib chiqib, mazkur loyiha uchun daromad va riskning birikuvini optimal darajada ta’minlovchi harakat variantini topishdan iborat bo‘ladi.
Bu yerda shuni qayd etish lozim-ki, ijtimoiy jarayonning ajralmas bo’lagi
bo‘lgan riskning mavjudligi, shuningdek, bu sohada qo‘llanilayotgan boshqaruvga ta’sir vositalari shunga olib kelmoqdaki, riskni boshqarish qator hollarda maxsus mustaqil kasbiy faoliyat sifatida namoyon bo’lmoqda. Bu turdagi faoliyatni ixtisoslashgan institutlar mutaxassislari, sug‘urta kompaniyalari, shuningdek, moliyaviy, risk bo‘yicha menjerlar sug‘urta mutaxassislari amalga oshiriladi. Risk bo‘yicha mutaxassislarning bosh vazifasiga:
kuchaygan risk sohalarini aniqlash.
risk darajasilarini baholash;
tashkilot (firma) uchun mos keluvchi risk darajasini tahlil qilish;
zarur vaziyatlarda risk darajasini pasaytirish yoki undan himoyalanish tadbirlarini ishlab chiqish;
tavakkalchili hodisasi sodir bo‘lganida undan ko’rilgan zararni maksimal darajada koplam bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish kabilar kiradi.
Dostları ilə paylaş: |