3. Yer po’stining turlari va kimyoviy tarkibi
Yer po‘stida foydali qazilmalar turli shakllarni hosil qilib yotadi.
Ularning shakllari quyidagi to‘rtta yirik guruhga ajratiladi: 1) Izometrik – bo‘yi,
eni va qalinligi bir-biriga yaqin; 2) plitasimon – ikki o‘lchami yaqin va uchinchi o‘lchami
kam; 3) quvursimon – bir o‘lchami uzun, ikki o‘lchami kam; 4) murakkab tanalar. 1.
Izometrik shakldagi ma’dan tanalariga quyidagilar kiradi:
ma’danlashish massivi – ma’danli minerallar yalpi tarqalgan;
shtokverk– ko‘pincha turli tomonga cho‘zilgan va o‘zaro kesishuvchi ma’dan
tomirlari va tomirchalari to‘plami. Bu ma’danli tomirlar ko‘pincha tog‘ jinslari orasida
mavjud tektonik darzliklarda joylashadi. Bular cho‘kindi jinslar
oralarida va intruziv
jinslarning shiplarida va oralarida joylashadi.
Bu shakl qalay, volfram,
molibden,mis,
oltin konlari uchun xosdir.
Shtok– ma’dan shakllarining izometrik ko‘rinishida bo‘lib,xrom, mis va ba’zan
polimetall konlarida uchraydi.
Uya shakli – odatda uncha katta bo‘lmagan, ko‘ndalang kesimi 10 m largacha
bo‘lgan minerallar yig‘indisiga aytiladi. Bu ma’dan shakllari o‘ta asosli magmatik jinslar
oralarida yuzaga keladigan platina va mis-nikel hamda nordon intruziv jinslar oralarida
yuzaga
keladigan pegmatit konlarida uchraydi.
2. Plita ko‘rinishidagi ma’dan shakllari bir necha turlarga ajratiladi.
Qatlam shakl
– ikki parallel tekislik bilan chegaralangan tog‘ jinslari oralarida joylashadi. Bu qatlamlar
uncha qalinlikka ega bo‘lmasada, uzoqqa cho‘zilgan bo‘ladi.
Linza– ma’dan uyumlari linzaga o‘xshash bo‘lib,
asta-sekin uzoqlashgan sari
qalinligi kamayib boradi.
Tomirsimon shakllar– tog‘ jinslari oralarida darzlik va yoriqlarda ma’dan
minerallarining to‘planishi tufayli hosil bo‘ladi. Tomirsimon ma’dan
shakllari mavjud
tektonik yoriqlarning katta-kichikligiga bog‘liq bo‘lib, bir necha santimetrdan bir necha
metrgacha bo‘ladi.
Tomirsimon ma’dan shakllari sodda va murakkab ko‘rinishlarda bo‘lib,
narvonsimon, to‘rsimon, ba’zan otning dumiga o‘xshash holatlari ham uchraydi.
3
. Quvursimon shakllar– silindr shakliga o‘xshash bo‘lib, yer yuzasidan chuqurga
qarab yo‘nalgan bo‘ladi. Bu shakldagi ma’dan konlarining
chuqurligi bir necha yuz
metrdan, bir necha kilometrgacha bo‘lishi mumkin.
4. Murakkab shakllar. Bunday shakllar odatda quvursimon va tomirsimon ma’dan
tanalarining aralashmasidan iborat bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: