Foydalanilgan adabiyotlar



Yüklə 417,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix31.01.2023
ölçüsü417,6 Kb.
#82078
1   2   3   4   5
2.✅

 


 
Yer yuzasining katta qismini Dunyo okeani egallaydi (361,1 million km
2
yoki 
70,8 %), quruqlik 149,1 million km
2
(29,2 %)ni tashkil etadi (quruqlik olti katta materik 
va koʻpdan-koʻp orollardan iborat). Yevrosiyo materigi ikki qitʼaga: Yevropa va Ocueʼra 
boʻlinadi, Shimoliy va Janubiy Amerika materiklari esa bir qitʼa hisoblanadi, baʼzan 
Tinch okean orollari Okeaniya deb ataladi va odatda uning maydoni Avstraliya bilan 
qoʻshib qisoblanadi. 
Materiklar Dunyo okeanini Tinch, Atlantika, Hind va Shimoliy Muz okeanlariga 
ajratib yuborgan, baʼzi tadqiqotchilar Atlantika, Tinch va Hind okeanlarining Antarktida 
yonidagi qismlarini Janubiy okean deb alohida ajratadilar. 
Yerning Shimoliy yarim shari, asosan, qitʼalardan (quruqlik 39 %), Janubiy yarim 
shari — okeanlardan (quruqlik atigi 19 %) iborat. Gʻarbiy yarim sharning koʻp qismi suv, 
Sharqiy yarim sharning koʻp qismi esa quruqlikdir. 
Yerning eng baland nuqtasi bilan eng past nuqtasi orasidagi farq qariyb 20 km ga 
yetadi, dunyodagi eng baland Jomolungma (Everest) choʻqqisi (Hi-molay togʻlarida) 
8848 m boʻlsa, eng chuqur Mariana suv osti botigʻi (Tinch okeanda) 11022 m dir. 
Yer gravitatsion (tortish), issiqlik, magnit va elektr maydonlariga ega. Yerning 
gravitatsion kuchi Oy va sunʼiy yoʻldoshlarni Yer orbitasida tutib turadi. Yerning sferik 
(dumaloq) shaklda boʻlishi, Yer usti relyefining koʻp xususiyatlari, daryolar oqimi, 
muzliklar siljishi va b. jarayonlar ham gravitatsion maydon oqibatidir. 
Magnit maydoni Yer yadrosi va mantiyadagi turli jarayonlardan kelib chiqadi 
(qarang Yer magnetizmi). Yerning elektr maydoni ham magnit maydoni bilan 
chambarchas bogʻliq (qarang Atmosfera elektri). Atmosfera va magnitosferada birlamchi 
kosmik omillar katta oʻzgarishga uchraydi. Kosmik nurlar, quyosh shamoli, quyoshning 


rentgen, ultrabinafsha, optik va radio nurlari yutiladi va b. oʻzgarishlarga uchraydi, bu esa 
Yer yuzasidagi jarayonlar uchun muhim ahamiyatga ega. Magnitosfera, xususan, 
atmosfera elektromagnit va korpuskulyar radiatsiyaning koʻp qismini tutib qolib, tirik 
organizmlarni uning halokatli taʼsiridan saqlaydi. 
Yer Quyoshdan 1,7-1017 J/s miqdorida nur energiyasi oladi, lekin uning atigi 
50 % Yer yuzasigacha yetib keladi va Yer yuzasidagi koʻp jarayonlarning energiya 
manbai bulib xizmat qiladi. 
Yer yuzasi, gidrosfera, shuningdek, atmosfera va Yer poʻstining yer yuzasiga 
yaqin qatlamlari geografik qobiq yoki landshaft qobigʻi degan umumiy nom bilan ataladi. 
Hayot geografik qobiqqa paydo bulgan. Tirik modda ayni paytda geologik kuch ham 
boʻlib, geografik qobiqni tubdan oʻzgartirib yuborgan. Yerning hayot va bio-gen 
mahsulotlar tarqalgan sohasi biosfera deb ataladigan boʻldi. 
Yer, uning shakli, tuzilishi va Koinotda tutgan oʻrni toʻgʻrisidagi hoz. bilimlar 
uzoq davrlar davomidagi izlanishlar jarayonida tarkib topdi. Qadimda (mil. av. 7-asr, 
Fales) Yerni — suv bilan oʻralgan yassi jism deb, keyinroq (mil. av. 6-asr, Anaksimandr) 
silindrik shaklda deb va, nihoyat, mil. av. 6-asr 2-yarmida (Pifagor) shar shaklida deb 
tasavvur qiddilar. Mil. av. 4-asr da Aristotel Oyning Yer soyasiga kirish (Oy tutilishi) 
hodisasini oʻrganib, Yerning shar shakldaligini birinchi boʻlib isbot qildi. Yerning 
diametrini mil. av. 3-asr da aleksandriyalik Eratosfen yetarlicha katta aniqlikda oʻlchadi. 
9-asr da Xorazmiy va Ahmad al-Fargʻoniy Yer meridiani yoyini oʻlchash asosida Yer 
diametrini yanada aniqroq oʻlchashga erishdilar. Yer radiusi uzunligini va G uzunlikni 
qiyalik burchagining pasayishi yordamida oddiy usulda oʻlchagan olim Abu Rayhon 
Beruniy hisoblanadi. 
Uzoq-yillar Yer — Koinot markazi deb qaraldi. Faqat 16-asrga kelib, 
sayyoralarning yulduzlar fonidagi sirt-moqsimon harakatlarini tushuntirish asosida 
polyak astronomi N. Kopernik Yer Quyosh atrofida aylanuvchi oddiy sayyoralardan biri 
ekanligini isbot qildi. 
17-asr boshlarida nemis astronomi I. Kepler tomonidan sayyoralar qarakati 
qonuni kashf etilib, 1687-yil da I. Nyuton tomonidan Butun olam tortishish konuni isbot 


qilinganidan soʻng geliotsentrik sistema nazariyasi uzil-kesil karor topdi. „Qattiq“ Yer 
tuzilishi, asosan, 20-asr da seysmologiya yutuklari tufayli aniqlandi. 
Elementlarning radioaktiv parchalanishi hodisasi kashf etilgach, koʻpgina 
fundamental konsepsiyalarni qayta koʻrib chiqishga toʻgʻri keldi. Jumladan, Yer eng 
avval suyuq olov edi, degan tushuncha oʻrniga Yer qattiq sovuq zarralardan vujudga 
kelgan degan nazariya paydo boʻldi (qarang Shmidt gipotezasi). Togʻ jinslarining mutlaq 
yoshini aniqlashning radioaktiv metodlari ishlab chiqildi. Bu esa Yer tarixi qancha davom 
etganini, yer yuzasi va bagʻridagi jarayonlarning tezligini aniqlashga imkon berdi. 
20-asr 2-yarmida raketa va sunʼiy yoʻldoshlardan foydalanib, atmosferaning 
yuqori qatlamlari va magnitosfera haqida tasavvurlar shakllandi. 
Yerning massasi 5976–6021 kg, bu esa Quyosh massasining 1/330000 qismiga 
teng. Quyoshning tortish kuchi taʼsirida Yer Quyosh sistemasidagi boshqa sayyoralar 
kabi, Quyosh atrofida doiradan juda oz farq qiladigan elliptik orbita boʻylab aylanadi. 
Quyosh Yerning elliptik orbitasi fokuslaridan birida turadi. Shuning uchun ham Yer bilan 
Quyosh orasidagi masofa-yil davomida 147,117 million km dan (perigeliylya) 
152,083 million km gacha (afeliyaa) oʻzgarib turadi. Yer orbitasining 149,6 million km 
ga teng katta yarim oʻqi Quyosh sistemasi doirasida masofalarni oʻlchashda birlik deb 
qabul qilinadi (qarang Astronomik birlik). Yerning orbita boʻylab qiladigan harakat 
tezligi, oʻrta hisobda, 29,765 km/s boʻlib, 30,27 km/s dan (perigeliyda) 29,27 km/s gacha 
(afeliyda) oʻzgarib turadi. Yer Quyosh bilan birga Galaktika markazi atrofida ham 
aylanadi, galaktik aylanish davri 200 million-yilga yaqin vaqtga teng, harakatning 
oʻrtacha tezligi 250 km/s. Eng yaqin yulduzlarga nisbatan Quyosh Yer bilan bir-galikda 
Gerkules yulduzlar turkumiga tomon ~ 19,5 km/s tezlikda harakat qiladi. 
Yerning Quyosh atrofida aylanish davri-yil deb ataladi va Yer harakati osmon 
jismlarining qaysi biriga va osmon gumbazining qaysi nuqtasiga nisbatan olinishiga 
qarab-yil har xil ataladi. Quyosh markazining bahorgi tengkunlik nuqtasidan ikki marta 
ket-ma-ket oʻtishi uchun ketgan vaklta tropik-yil deb ataladi. Tropik-yil Quyosh 
taqvimlari uchun asos qilib olingan va u 365,2422 oʻrtacha quyosh sutkasiga teng 
(qarang Taqvim). 


Boshqa sayyoralarning tortishi taʼsirida ekliptika tekisligining holati va Yer 
orbitasining shakli million-yillar mobaynida sekin oʻzgaradi. Bunda ekliptikaning Laplas 
tekisligita ogʻishganligi 0° dan 2,9° gacha, Yer orbitasi ekssentrisiteti esa 0 dan 0,067 
gacha oʻzgaradi. Hoz. ekssentrisitet 0,0167 ga teng bulib,-yiliga 4-10~7 dan kamaya 
boradi. Olam Shimoliy Qutbidan turib Yer shariga qaralsa, Yerning orbita buylab soat 
miliga teskari yunalishda aylanayotganini koʻrish mumkin boʻlar edi. Gravitatsiya, 
Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanishi natijasida yuzaga keladigan markazdan qochma kuch, 
shuningdek, relyef hosil qiluvchi ichki va tashqi kuchlar taʼsirida Yer murakkab shaklga 
kirgan. Gravitatsion potensialning sath yuzasi (yaʼni hamma nuqtalarda shoqul 
yoʻnalishiga perpendikulyar (tik) boʻlgan va okean sathiga toʻgʻri keladigan yuza) 
taqriban Yer shakli deb qabul qilingan (bunda okeanlarda toʻlqin, suv koʻtarilishi, oqim 
va atmosfera bosimi taʼsirida suv sathining oʻzgarib turishi eʼtiborga olinmaydi). Bu 
geoid shakl deb ataladi. Ana shu yuza bilan chegaralangan qajm Yer qajmi deb 
h.isoblanadi (qitʼalarning dengiz sathidan yuqori joylashgan qismlari hajmi bunga 
kirmaydi). Geodeziya, haritagrafiya va b. da bir qancha ilmiy va amaliy masalalarni hal 
qilish uchun Yer shaklining ellipsoid yuzasini Yer shakli deb qabul qilinadi. Yer 
ellipsoidi parametrlarini, Yerdagi holatini, shuningdek, Yerning gravitatsion maydonini 
bilish, sunʼiy kosmik jismlarning harakat qonunlarini oʻrganadigan astrodinamikada katta 
ahamiyatga ega (qarang Geodeziya, Gravimetriya). 

Yüklə 417,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin