1. Ijtimoiy ekologiya fanining vazifalari va predmeti. Ekologik vaziyat xozirgi vaqtda uni mushoxada qilish jarayoni ham o`ziga xos xususiyatlarni aniqlashni talab etadi. Bu eng avvalo ijtimoiy ongning muxim shakllaridan bo`lmish fanda o`zining bevosita ifodasini topadi. Bizning ko`z o`ngimizda yangi fan-ijtimoiy ekologiya yuzaga kelib, rivojlanmoqdaki, bu fan inson, jamiyat va tabiatning o`zaro ta`sirini qamrab oladi.
Insoniyat bo`limining butun tarixi davomida fanlar atrofimizdgi borliqni bo`lish va o`zgartirishda inson extiyojlari faoliyati sifatida rifojlangan. Ijtimoiy ekiologiyaning rivojlanishi ham odamlarning amaliy extiyojlari sababli yuzaga kelgan. Bunday uyg`un fan keyingi o`n yillikda tabiiy, ijtimoiy va texnikaviy fanlar tutashgan joyda jadallik bilan shakllanib bormoqda faqat shu fangina jamiyat va tabiatning o`zaro ta`sirini sifat jixatidan yangi sistema darajasida o`rganishga va tabiatdan oqilona foydalanishning ilmiy asoslarini ishlab chiqishga qodirdir.
Ijtimoiy ekologiya - nisbatan yangi ilmiy fandir. Bu fan bioekolagiya ta`siri ostida paydo bo`ldi va rivojlandi. Ijtimoiy ekologiya tushunchalarning katta qismini o`simliklar va hayvonlar ekologiyasidan olgan. Bunda ekologiya ijtimoiy jug`rofiya va iqtisodiy nazariyaning makom vaqt yondashuvidan ham foydalangan. Shunday qilib, ijtimoiy ekologiya - bu uyg`unlashgan fan bo`lib, u inson, jamiyat va tabiatning o`zaro munosabatlari qonuniyatlarini tadbiq etadi. U ijtimoiy ekologiya tizimi rivojida evolyutsiyani ta`minlovchi ijtimoiy-tabiiy munosabatlarini qulaylashtirish va muvofiqlashtirish to`g`risidagi fandir. Ijtimoiy ekologiyaning mikro tuzilishi uchta bo`lakni, ya`ni ishlab chiqarish ekologiyasi, inson ekologinsi va fazo (global) ekologiyasini o`z ichiga oladi.
Ilmiy yo'nalish sifatida ijtimoiy ekologiya bir qator muhim funktsiyalarni bajaradi.