Foydalanilgan adabiyotlar



Yüklə 61,25 Kb.
səhifə1/8
tarix18.04.2022
ölçüsü61,25 Kb.
#55661
  1   2   3   4   5   6   7   8
Ekologik inqiroz va ijtimoiy fikr



EKOLOGIK INQIROZ VA IJTIMOIY FIKR
REJA:
KIRISH

  1. Ijtimoiy ekologiya fanining vazifalari va predmeti.

  2. Ekologiyani rivojlantirish va xavfsizlik muammolari

  3. Ekologik ijtimoiy fikr

XULOSA

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR




KIRISH
Ekologiya yunoncha so’z bo’lib "oikos" (oykos) –yashash joyi, makon va «logos» – fan, so’zidan olingan bo’lib, tirik organizmlarning tevarak atrofdagi muxit bilan o’zaro munosabatini o’rganadigan biologic fan xisoblanadi. Ekologiya bu - organizmlar va ularning atrof- muhit bilan o’zaro sodir bo’layotgan hamkorligini o’rganadigan soha hisoblanadi.Ekologlar esa mana shu hamkorlikni o’rganadigan olimlardir.

Ekologiya muhit omillarining o`simlik va hayvonlar or­ganizmiga ta`si­rini, organizm va populyatsiyaning muhit omilla­riga ko`rsatadigan reak­tsiyalarini, populyatsiyalar soni va tizimini bir xil saqlovchi mexanizm­larni (jarayonlarni), tabiiy guruhlarning biologik mahsuldorligini, biogeotsenozlar yoki ekosi­stemalarning harakatlanish qonuniyatlarini va biosferani o`rganadi. Tirik tabiat qanday tuzilgan, qaysi qonunlar aso­sida mavjud va rivojlanadi, u in­son ta`siriga qanday javob beradi bu­larning bar­chasi ekologiyaning predmetidir.

Inson borki, hayot uchun kurashadi, tabiatning barcha injiqliklariga moslashishga intiladi, har bir kishi tabiat in`omlaridan foydalanadi, quradi, bunyod etadi. Odatda inson biror maqsadni ko`zlab tabiatning muayyan bir sohasida ijobiy yoki ko`pincha salbiy ta`sir ko`rsatishi mum­kin.

Kishilar o`zlari uchun istiqomat joylari barpo etar ekanlar, bu­ni atrof-muhitning o`simlik va hayvonot dunyosiga qandaydir salbiy ta`siri bo`ladi, natijada tabiat kambag`allashib boradi. Inson qurilish materiallari sifatida tabiiy o`rmonlarni keragidan or­tiqcha ke­sadi, demak o`simlik dunyosi qisqarib, u o`z navbatida atmosfera havosini mu­saffo bo`lishiga rahna tug`diradi, tuproq eroziyaga uchraydi, yer osti suvlari kamaya boradi, ko`chkilar paydo bo`lib, sel nati­jasida jarliklar hosil bo`lishi mumkin. Bu lavha inson­ning tabiatga ko`rsatgan ta`siridan bir parcha xolos.

Tabiatga nisbatan ko`r-ko`rona yondoshish, uning ehsonlaridan ayovsiz foydalanish pirovardida og`ir asorat qoldirishi mumkin. Bizni o`rab turgan butun tabiat, borliq, ming yillar mobaynida shunday bir muvozanatga kelganki, uning bir bo`lagiga etkazilgan ozor boshqa bo`laklariga ham salbiy ta`sir ko`rsatmay qolmaydi. Tabiatga ta`sir etishda ba`zi jiddiy xatolarga yo`l qo`yilishi mumkin ekanli­gini Orol fojiasi misolida yaqqol ko`rsatish mumkin.


Yüklə 61,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin