Foydalanilgan xom ashyo materiallari


To’ldiruvchilarning suvga va sovuqqa chidamliligi



Yüklə 162,88 Kb.
səhifə14/14
tarix01.04.2023
ölçüsü162,88 Kb.
#92220
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
proktika Farhod

To’ldiruvchilarning suvga va sovuqqa chidamliligi
To’ldiruvchilarning mustahkamligi ular olinadigan tog’ jinsidan kelib chiqib, suvga bo’ktirilgan holatida aniqlanadi. Ya’ni suvda saqlangan materialning mustaxkamligi o’z navbatida kamayadi. G’ovaklarga va mikroyoriqlarga kirgan suv uning bog’lanishlarini kuchsizlantiradi.
SHu sababli to’ldiruvchilar mustahkamligini aniqlashda, namunaning quruq holatdagi va suvga bo’ktirgandan so’ng mustahkamligi aniqlanib, yumshash koeffitsienti topiladi:
,
bu yerda: σsuv.bo’kt- to’ldiruvchining yoki u olingan tog’ jinsining suvga bo’ktirilgandan so’ngi (48 soat suvda saqlangan) mustahkamlik chegarasi, kgs/sm2
σquruq- to’ldiruvchining yoki u olingan tog’ jinsining quruq holatidagi mustahkamlik chegarasi, kgs/sm2
To’ldiruvchilarning yumshash koeffitsienti uning suvga chidamliligini xarakterlaydi. Suvga chidamlilik bevosita suvshimuvchanlik va to’ldiruvchining tabiiy moddasiga bog’liqdir. Suvshimuvchanlik esa materialning g’ovakligi va strukturasiga bog’liq.
To’ldiruvchilarning sovuqqa chidamliligi ularni suvga bo’ktirilgan holatda ko’p martali muzlatish va eritish natijasida tekshiriladi. Bir fraktsiyali to’ldiruvchi namunasi 48 soat davomida xona haroratida suvda saqlanadi. Sovitish kamerasida -15 0S dan -20 0S gacha haroratda muzlatiladi. 4 soat davomida kamerada saqlangan namuna idish bilan birgalikda suvli vannada ya’na 4 soat ushlab turiladi. Bu holat standartda keltirilgan bo’yicha to’ldiruvchi turidan kelib chiqib takrorlanadi. SHundan so’ng to’ldiruvchi namunasi quritilib elakdan o’tkaziladi.
Sovuqqa chidamlilikni sinashda massa yo’qotilishi (%) aniqlanadi:
,
Bu yerda: m1– sinovgacha to’ldiruvchi namunasining massasi, g
m2 – sinovdan so’ng elakda qolgan qoldiq, g
SHundan so’ng olingan natija (massa yo’qotilishi) mavjud standart bilan solishtiriladi. Sinov ishlarini tezlashtirish maqsadida namuna natriy sulfat qorishmasiga solinadi va tezda 105-110 0S da quritish shkafida quritiladi. So’ngra yuqorida keltirilgan holatda massa yo’qotilishi aniqlanadi.
Yüklə 162,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin