Foydalanilgan xom ashyo materiallari



Yüklə 162,88 Kb.
səhifə9/14
tarix01.04.2023
ölçüsü162,88 Kb.
#92220
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
proktika Farhod

S/TS
(%)

TSement og’irligi(g)

Super
plastifikator
(%)

Suv miqdori (ml)

Pestikning botishi mm.

1

28

400

0

112

7

2

27

400

0.5

108

5

3

25

400

1

100

6

4

24

400

1.5

96

7

5

21.5

400

2

86

7



TSementning yoyiluvchanligini aniqlashda tarozida 400 gram TSementdan tortib, tagi yumaloq chuqurligi 100 mm li tunuka qozonchga solinadi va TSement yuzasi tekislanib, o’rtasidan suv solish uchun po’lat kurakcha bilan chuqurcha qilinadi. Suv miqdori tsement massasiga nisbatan 20-35% da olinadi. Biz tajribamizda PPTS400 putstsolan portlandtsementga 28% suv qo’shdik. Quyilgan suv bilan tsement kurakcha yordamida asta-sekin qoriladi. Qorishmani kurakcha bilan avval sekin, keyin tez ezib 5 minut davomida qorishtiriladi. Qorishmani viskozimetr suttart asbobiga solinadi, viskozimetr suttart asbobini ko’targanimizda qorishma 7 sm ga yoyildi.
TSement qorishmasiga 0,5-2,0% gacha “Beton Strong 17” superlastifikatorini qo’shib viskozimetr suttard asbobi yordamida yoyiluvchanligini aniqladik.
Olingan natijalar kuyidagi jadvalga kiritilidi.




S/TS
(%)

TSement og’irligi
(gr)

Super
plastifikator
(%)

Suv miqdori
(ml)

qorishma yoyiluvchanligini
mm.

1

28

400

0

112

7

2

27

400

0.5

108

6

3

25

400

1

100

8

4

24

400

1.5

96

5

5

21.5

400

2

86

8



TSementning xamirining tishlashish jarayoni boshlanishi va oxirini aniqlash. Qurilishda bog’lovchi moddalarni ishlatishdan oldin, ularni suv bilan qorishtirgandan keyin quyuqlanishining boshlanishi va oxiri qancha vaqtdan keyin ro’y berishini bilish juda zarur. Qurilishga keltiriladigan beton yoki qorishmani qolip yoki opalubkalarga joylagunga qadar qotib qolmasligi va u normal quyuqlikda bo’lishi ish unumini oshirishda hamda konstruktsiyani sifatli qilib tayyorlashda katta ahamiyatga ega. Tez qotuvchan bog’lovchi moddalardan tayyorlangan qorishmalarni bir joydan ikkinchi joyga olib borish, joylash va zichlash ishlari juda qisqa muddatda bajarilishi lozim. Portlandtsement, shlakportlandtsementlarni quyuqlanishining boshlanishi 45 minutdan keyin, oxiri esa 12 soatgacha bo’ladi.
TSementning quyuqlanish davrining boshlanishi deb, tsementga suv quyilgan vaqtdan boshlab, ignaning tsement xamiri sirtidan erkin holatda 38-39 mm chuqurlikka botgunigacha ketgan vaqtga aytiladi, bunda po’lat igna uchi shisha plastinkaga 1-2 mm yetmay to’xtaydi. TSementning quyuqlashish davrining oxiri deb, tsementga suv quyilgan vaqtdan boshlab, to ignaning tsement xamiri sirtidan 1mm botgunigacha ketgan vaqtga aytiladi.
TSementning quyuqlanish davrining boshlanishi va oxiri Vika asbobi yordamida aniqlandi.
Vika asbobi tekis stolga o’rnatiladi, shisha plastinka va halqa mashina moyi bilan surtilib staninaga qo’yiladi. Siquvchi vintni bo’shatib, unga igna mahkamlanadi va shisha plastinkaga igna tushiriladi, bunda ko’rsatgich shkaladagi «0» ni ko’rsatib turishi kerak.
Normal quyuqlikda tayyorlangan tsement xamiri shisha plastinka ustiga qo’yilgan kesik konus halqaga qo’yiladi. SHisha plastinka stol qirrasiga 5-6 marta uriladi. TSement xamiri zichlangandan keyin uning ortiqchasi pichoq bilan sidirib tekislanadi. Keyin kesik halqa plastinka bilan birga Vika asbobi ostiga qo’yiladi va sterjen vint bilan mahkamlanadi. Vint bo’shatilganda ignali sterjen o’z massasi bilan tsement xamiriga botadi. Xar 5 minutda vintni bo’shatib, igna tsement xamiriga tushirib turiladi. Po’lat igna shisha plastinkaga zarb bilan tushmasligi uchun sterjen chap qo’l bilan ushlab tushiriladi. Igna har botirilganda unam latta bilan tozalanadi va shisha plastinkani siljitib turiladi.
Olingan natijalar kuyidagi jadvalga kiritilidi.



TSement turi

Qo’shimcha nomi

Normal quyuqlik,%

Qo’shimcha miqdori, %

Tishlashish mudatlari,
soat-daqiqa

Boshlanish
vaqti

Tugash
vaqti

1

PPTS 400

“Beton strong-17”

28,0

0

3:10

5:05

2

27,0

0,5

3:25

4:55

3

25,0

1

3:05

4:25

4

24

1,5

2:35

3:55

5

21.5

2

2:05

3:35



TSement namunalarining siqilishga va egilishga bulgan mustahkamligini aniqlash. Sinash uchun prizma holatda 4x4x16sm o’lchamli namunalar tayyorlanadi, buning uchun tarkibida tsement bilan qumni 1: 3 nisbatda bo’lgan qorishma tayyorlanadi. Qum zarrachalari 0,5-0,85mm gacha bo’lishi kerak. Ishlatiladigan tsementni, qumni,suvni harorati teng bo’lib 20 ± 20S orasida bo’lishi kerak.
500gr tsement va 1500gr oddiy qum tarozida tortiladi. Ular qozonda quruq xolda 1minut arlashtiriladi. Keyin uning yuzasi tekislanadi va o’rtasi o’yilib taxminan 200 ml suv quyiladi, qorishma suvni shimgandan keyin yana 5 daqiqa qorishtiriladi va qorishmaning quyuq va suyuqligini aniqlanadi.
Korishmasiga 0,5-2,0% gacha “Beton Strong 17” superlastifikatorini qo’shib tayyorlandi.
Buning uchun silkituvchi stolcha o’rtasiga qo’yilgan kesik konusli idishga tsement qorishma ikki bo’lib solinadi. Kesik konus zanglamaydigan po’latdan yasalgan bo’lib, uning diametri pastki 100mm, yuqorisiniki 70mm, balandligi 60mm ga teng.
Idishga solingan qorishma shibbalovchi bilan zichlanadi. Qorishma birinchisi 15 marta, ikkinchisi 10 marta zarb bilan shibbalanadi. Zichlash vaqtida kesik konus chap qo’l bilan stolga bosib turiladi.
SHibbalash zichlashgan qorishmaning ortiqcha qismi ho’llangan pichoq bilan sidirilib tekislanadi, keyin qolip asta-yekin tekis holatda ko’tariladi. Konus shaklini olgan qorishma 30 marta 30 sekundda silkitiladi va natijada u dars ketib, sekin-asta buzilib yoyildi.
Qorishma diametri shtangentsirkul bilan ikki joyidan o’lchanadi. SHunda qorishmaning yoyilish diametrining o’rtacha qismi diametri 105-110mm bo’lishi kerak.
Bu tsement hamirining o’rtacha quyuqligini aniqladik.
Olingan natijalar kuyidagi jadvalga kiritilidi.


TSement, gr

Qum, gr.


Suv,
ml.

Kimyoviy qo’shimcha, %.

Korishmaning yoyilish diametri


(mm).

TSement massasiga nisbatan.

1

500

1500

200

0

108

2


500

1500

190

0,5

106

500

1500

185

1,0

107

500

1500

175

1,5

107

500

1500

170

2,0

105

3


475

1500

185

0,5

106

475

1500

180

1,0

108

475

1500

170

1,5

109

475

1500

165

2,0

107

4


450

1500

180

0,5

105

450

1500

170

1,0

109

450

1500

165

1,5

110

450

1500

155

2,0

108

5


425

1500

170

0,5

105

425

1500

165

1,0

107

425

1500

155

1,5

106

425

1500

150

2,0

108

6


400

1500

170

0,5

108

400

1500

160

1,0

109

400

1500

155

1,5

110

400

1500

150

2,0

108

Aniqlangan suv tsement nisbatiga ko’ra qorishma tayyorlanib, undan tomonlari 40x40x160mm li namuna olinadi. Namuna tomonlarining miqdori 0,02mm aniqlikda bo’lishi kerak. Namuna tayyorlashda avval qolip ichki tomonlariga mashina moyi suritiladi.


Qorishmani namunaga joylagandan sung titratgich vibratorga mahkam o’rnatiladi.
Titratgich ichiga tushirmasdan oldin qolipning uchchala ko’zi 1sm aniqlikda tsement qorishmasi bilan to’lg’aziladi, keyin avvalgi 2min davomida qorishma solib turiladi va qolip 3min titratiladi. Qolip titratgichdan olinadi va ho’llangan pichoq bilan namuna sirti qolip qirrasi bo’ylab tekislanadi, so’ng har bir namuna bo’yoq bilan nomerlanadi, namuna qolip bilan birgalikda gidravlik qopqoqli vannaga joylashtiriladi va unda 24±2soat saqlanadi. TSement namuna qotgandan keyin qolipdan olinadi va sekin yotqizilgan holda suvli solinadi. Namuna suvda 27sutka saqlanadi. Idishdagi suvning hajmi namuna hajmidan 4 marta qo’p bo’lishi kerak. Bundan tashqari suvning harorati xona haroratidek bo’lishi, tarkibida tuz, ishqor yoki kislota bo’lmasligi kerak. Namuna suvda qotish muddati 7,14 va 28 kun o’tgandan keyin ular quruq latta bilan artiladi va 10minutdan so’ng sinaladi.

Yüklə 162,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin