Avvalo,
hamma
vaqt
shuni
esda
tutish
zarurki,
ko’rsatma
qo’llanmani namoyish qilish — maqsad bo’lmay, balki vositadir. Qo’llanmani
ko’rsatish emas, balki u bilan ishlash kerak.
O’rganilayotgan materialning mazmuni va darsga ajratilgan vaqt taqozo
etgan hollardagina ko’rsatma qo’llanmani namoyish qilish tavsiya etiladi.
darsda namoyish qilinadigan qo’llanmalar soni talabalar o’quv materialini
sifatli o’zlashtirishi uchun optimal bo’lishi lozim; darsda qo’llanmalardan
haddan tashkari ko’p foydalanish yaramaydi.
Namoyish qilinayotganlarni
idrok
etish
jarayonida
talabalar
sezgi
organlarining (analizatorlarining) ko’rish, eshitish, sezish, zarur hollarda esa ta’m
bilish va hid bilish organlarining ko’pini jalb etish kerak.
O’qituvchi so’zi bilan ko’rsatmalilikning to’g’ri qo’shib olib borilishi katta
ahamiyatga ega. Ko’rsatma qo’llanmalarni idrok etishning asosi birinchi signal
sistemadir, ammo ikkinchi signal sistemaning signallariga tartibga soluvchi ta’sir
etadi. Har qanday ko’rsatma qo’llanmalar namoyish qilinganda hamma vaqt izoh
berib turiladi. Ana shu izoh ta’lim oluvchining e’tiborini qo’llanmadagi aosiy va
muhim tomonlarga qaratishga, kuzatilayotgan model, ob’ekt yoki hodisalardan
ularning mohiyatini tashkil etuvchilarni ajrtib olishga yordam beradi. Qo’llanmani
namoyish qilishdan oldin nimani va qanday maqsadda ko’rishlari to’g’risida ta’lim
oluvchilarga aytib o’tish zarur.
Dostları ilə paylaş: