6.3. O’quv xona doskasiga chiziladigan rasm.
Ko’rsatmalilik vositalari ichida o’quv xona doskasiga chiziladigan rasm
katta o’rin tutadi. O’qituvchi chizgan rasmlar talabalarning bilimlarni o’zlashtirish
jarayonini osonlashtiradi va umumkasbiy hamda maxsus fanlar darslarida keng
tatbiq etiladi. Yaxshi chizilgan rasmlar va sinf doskasidan to’g’ri foydalanish
ko’rsatmalilikning boshqa vositalari bilan birga talabalarning faktlarni, hodisalarni,
voqealarni esda olib qolishlariga, to’g’ri tushunishlariga yordam beradi. O’qituvchi
materialni bayon etish vaqtida doskaga grafik, chizma yoki sxemalar chizish yo’li
bilan jarayoni dinamikada, masalan, ichki yonuv dvigatelida sikllar nabatlashib
kelishini, jihozlarning ulanish tartibini, kimyoviy apparatda jarayonning borishini
va shu kabilarni ko’rsata oladi. Og’zaki bayon bilan doskaga chizilgan rasmlarning
mosligi materialning talabalar xotirasida puxta mustahkamlanishiga yordam beradi
va mashg’ulotlarni qiziqarli hamda samarali qiladi.
O’qituvchi doskadan qanday foydalanishni bilishi kerak. Yangi materialni
o’rganishda mavzuni va maxsus terminlarni doskaga yozib qo’yish lozim. Ayrim
terminlarni yoki rasmning ayrim qismlarini ajratib ko’rsatish uchun rangli
bo’rlardan foydalavish zarur. Doskada tasvirlash uchun murakkab bo’lmagan
rasmlar tanlash kerak. Agar doskada murakkab rasmni ko’rsatish zarur bo’lsa, uni
oldindan chizib qo’yish darkor. Rasmlarning yozuvlarini talabalar qiynalmay
o’qishlari uchun ular yirik harflar bilan yozilishi darkor.
Rasmlar doskaga tez va bexato chizilishi lozim, bunga esa jiddiy mashg’ulot
va mashqlar natijasida erishish mumkin.
6.4. O’qitishning axborot-texnika vositalari.
O’qitishning axborot-texnika vositalari deganda, talabalarning bilim,
ko’nikma
hamda
malakalarni
o’zlashtirishini
osonlashtirish
va
uning samaradorligini oshirish hamda o’qituvchining talabalarga bilim,
ko’nikma va malakalar berish, ularni mustahkamlash hamda tekshirib
ko’rish
borasidagi mehnatini
engillashtirish
uchun
foydalaniladigan
axborot-texnik vositalar majmuasi tushuniladi.
O’qitishnint axborot-texnika vositalari jumlasiga informatsiya berishda
foydalaniladigan texnika (videoproektorlar, televizion, hamda kompyuter
qurilmalari va shu kabilar) gina emas, balki tegishli texnika bilan birga
foydalaniladigan o’ziga xos informasiya uzatuvchilarning o’zi (o’quv kinofilmlar,
dasturlashtirilgan topshiriqlar va shu kabilar) ham kiradi.
Maxsus va umumkasbiy fanlarini o’rganishda ishlatiladigan barcha texnika
vositalarini uchta asosiy guruhga birlashtirish mumkin:
audiovizual vositalar (kinoproektsiya, ovoz yozib olish, televidenie,
kompyuter, radio);
trenajerlar;
dasturlangan o’qitishning texnika vositalari.
Talabalarga o’quv materialini bayon etish jarayonida o’qitishning
audiovizual texnika vositalari eng ko’p ishlatiladi.
|