Foydalanish metodikasi


 O’quv videofilmi va undan foydalanish metodikasi



Yüklə 278,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix15.06.2023
ölçüsü278,29 Kb.
#130743
1   2   3   4
7 ma’ruza; TA’LIM JARAYONIDA KO’RGAZMALI VOSITALARIDAN

6.5. O’quv videofilmi va undan foydalanish metodikasi.
 
O’quv videofilmi - o’qitishning eng ko’p tarqalgan texnika vositasi bo’lib, 
ob’ekt hamda hodisalarni harakatda va rivojlanishda namoyish qilishga, materialni 
tahlil qilib va umumlashtirishga, shuningdek, konkret idrok etishdan abstrakt idrok
etishga o’tishga imkon beradi. O’quv videofilmidan o’qituvchi o’quv materialini
bayon etishida illyustratsiya sifatida, shuningdek, talabalar uni mustaqil o’rganishi
uchun foydalanishi mumkin.
O’quv videofilmi yordamida o’quv materialining asosay joylarini ajratib
ko’rsatish va talabalar e’tiborini shunga jalb etish, jarayonlarni tabiiy vaqt
izchilligida emas, balki ular xarakterini tushunish uchun eng qulay tarzda ko’rib
chiqish mumkin. O’quv videofilmi bevosita kuzatab bo’lmaydigan hodisalarni:
ko’zga ko’rinmaydigan darajada mayda zarracha va detallarni, har xil
organizmlarning ichki tuzilishini, uzoqlashgan narsalarni, juda tez va juda sekin
sodir bo’ladigan hodisalarni ko’rsatishga imkon beradi. Harakatda juda ham qisqa
vaqt davom etadigan voqea va hodisalarni kino vositalari yordamida
sekinlashtirilgan sur’atda namoyish qilish (bu hol o’zgarishning barcha fazalarini
ko’zdan kechirishga imkon beradi) va aksincha, bir necha soat, kun yoki oy
mobaynida sodir bo’ladiganlarni esa ekranda bir necha sekund yoki minut ichida
ko’rsatish mumkin. Ovozli filmni idrok etishda ko’z ham, quloq ham faol ishtirok
etadi. Ko’rish va eshitish organlariga bir vaqtda ta’sir etishi o’quv videofilmini
o’qitishning boshqa vositalaridan ajratib turadi va muhim didaktik vazifalarni hal
qilishga imkon beradi.
O’quv videofilmlaridan foydalanish o’qitish va tarbiyalash vazifalarini
qo’shib olib borishga imkoniyat tug’diradi. Videofil’mlar yordamida ko’rsatmali
o’qitishning tarbiyalovchi ahamiyati shundan iboratki, u fan va texnikaning eng
yangi yutuqlarini, ishlab chiqarish-texnikaviy estetikani, ishlab chiqarish
ilg’orlarining tajribalari va yuqori mehnat madaniyatini ko’rsatish, ayrim
muammolarning tarixiy rivojlanishi bilan tanishtirish imkonini beradi va hokazo.
O’quv videofilmdan o’quv jarayonida maxsus va umumkasbiy fanlarini
o’rganishda, asosan, uch variantda: o’quv materaalini o’rganishga muqaddima


tarzida, mavzuni o’rganish jarayonida va mavzuni o’rganib bo’lingandan keyin
o’rganilganlarni takrorlash va musthkamlash maqsadida foydalaniladi. 
Kirish darslarida, ya’ni talabalar o’rgana boshlaydigan mavzu to’g’risida
aniq tasavvurga ega bo’lmagan vaqtda film namoyish qilish talabalarni faktik
material bilan tanishtirishga, qiziqtirishga, ularda zarur emotsional tayyorgarlik
yaratishga yoram beradi.
O’quv videofilm bilan ishlashning eng ko’p tarqalgan shakli yangi
materialni o’rganish jarayonida uni namoyish qilishdan iborat. Bu holda u
o’qituvchi bayon etayotgan materialga illyustratsiya bo’lib yoki ma’lumotning
mustaqil manbai bo’lib xizmat qiladi. Yangi materialni o’rganish jarayonida
filmdan foydalanishda, odatda, u alohida lavhalarga bo’linadi va zarur bo’lsa,
tushuntirish davomida ular namoyish qilinadi. Bu hol talabalarning o’qituvchi
bayon etgan materialni obrazli qilib tasavvur etishiga, chuqurroq tushunishiga
imkon beradi. Film o’quv materiali bayon etib bo’lingandan keyin,
o’rganilganlarni umumlashtirish va yakuniy illyustratsiya qilish maqsadida ham
namoyish qilishi mumkin.
O’qituvchilar ko’pincha yo’l qo’yadigan jiddiy metodik xatolardan biri
darsni odatdagi kinoseansga aylantirishdan iborat. Bu hollarda film darsning
borishiga uzviy bog’lanmagan holda namoyish qilinadi, talabalar filmning o’quv
materiali bilan ishlamaydilar, natijada uni yomon o’zlashtiradilar.
O’quv videofilmdan foydalanish samaradorligi ko’p jihatdan talabalar bilish
faoliyatining tashkil etilishiga, ularda film materialiga qiziqishni rivojlantirishga
bog’liq. Bunga erishish uchun talabalarga ekranda ko’rganlarining amaliy
ahamiyatini ochib berish yoki muammoli vaziyat vujudga keltirish kerak. Bu hol
ish sharoiti o’rnatishga, talabalar faolligini oshirish va ularni vujudga kelgan
muammoni hal qilish yo’lini izlashga shaylantirishga yordam beradi.
O’qituvchi o’quv videofilmdan foydalanib, qanday didaktik maqsadni
ko’zda tutmasin, qanday metodni tanlamasin, darsdagi ish, odatda, to’rt bosqichga
bo’linadi:


o’rganiladigan mavzu bilan film mazmuni orasida bog’lanish o’rnatish;
talabalarni filmni idrok etishga va faol ishlashga tayyorlash;
o’quv videofilmni ko’rish vaqtida film materiali bilan ishlash; 
o’quv videofilm ko’rib bo’lingandan keyin uning materiali bilan ishlash.
Kirish suhbatining qisqaligi va aniqligi talabalar e’tiborini asosiy masalaga
qaratish imkonini beradi, videofilmni ko’rishdan oldin uning 
mazmuniga oid tushuntirish hamda savollar esa talabalarning bilish mustaqilligini 
oshiradi.
Videofilm materiali ustida qilinadigan ish o’z ichiga faqat idrok etishni
emas, balki uni rasm-obrazli tildan abstrakt tilga qayta kodlashni ham oladi.
Videofilm ko’rish vaqtida materialni o’zlashtirish ham boshlanadi, ammo bu
boshlang’ich bosqichdir, o’zlashtirish jarayoni, asosan, shundan keyingi ish bilan
bog’liq bo’ladi.
Bu bosqichda o’qituvchining bergan tushuntirishlari katta ahamiyatga ega.
Material videofilm ko’rib bo’lingandan keyinoq o’zlashtirilishi zarur bo’lgan
hollarda o’qituvchi ilgari belgilangan reja asosida, film namoyish qilishni tegishli
joyda to’xtatadi. Videofilmning eng muhim kadrlarini boshqa ko’rsatma
qo’llanmalardan ham foydalanib tushuntirib berish mumkin. Videofilm
ko’rsatishni haddan tashqari maydalab yubormaslik uchun tanaffuslar soni ko’p
bo’lmasligi kerak.
Ba’zan o’qituvchi ta’lim oluvchilarning idrok etishini faollashtirish uchun,
filmni ko’rish davomida talabalarga savollar berishi mumkin. Bunda savollar ham,
javoblar ham qisqa bo’lishi lozim, aks holda talabalar e’tiborini filmdan chalg’itadi
va bundan keyingi materialni o’zlashtirishga xalaqit beradi. Film ko’rish vaqtida
beriladigan savollar film materiali bilan o’rganilayotgan mavzu orasida mantiqiy
bog’lanish o’rnatishga yordam beradi.
Videofilm bilan ishlashning so’nggi bosqichida talabalar savollar berishiga
imkoniyat yaratish kerak. Javob qaytarishga film materialini yaxshi bilib olgan
talabalarni jalb etish lozim.


O’quv videofilmlari ovozsiz va ovozli bo’ladi. Darsda unisidan ham,
bunisidan ham foydalanish mumkin. Agar suhandon so’zi savodli, dasturga
muvofiq tuzilgan, tomoshabinlarga tushunarli bo’lsa, masalani o’rganishni
chuqurlatsa, undan darsda foydalanish kerak, suhandon so’zi yaxshi tuzilmagan,
tasvirlarni ko’rishdan chalg’itadigan bo’lsa, o’qituvchi ovozli filmdan ovozsiz 
variantda foydalangani ma’qul, suhandon so’zi o’qituvchining izohlari bilan
navbatlashib kelishi ham mumkin. Videofilm ko’rsatilayotganda o’qituvchi
beradigan izohlarga alohida talablar qo’yiladi. Bu izohlar ekranda o’tayotgan
kadrlarga mos bo’lishi kerak, aks holda talabalar e’tibori sochilib, ko’rganlarini
ham, eshitganlarini ham mazmunini idrok etmaydilar.
Ovozsiz filmlar yozuvlar orqali tushuntiriladi. Ba’zan o’qituvchilar ularni
o’zlari o’qiydilar, ayrim o’qituvchilar bu ishni biror talabaga taklif qiladi, boshqa
o’qituvchilar esa yozuvlarni talabalar ichida o’qishlariga imkon beradi. Agar
o’qituvchi o’zidan so’z qo’shib ketishga mohir bo’lsa, filmdagi yozuvlarni uning
o’zi o’qigani ma’qul. Agar talabalar filmdagi yozuvlarni tushunishga oldindan
tayyorlangan bo’lsalar, ularni talabalar tovushsiz o’qiganlari ma’qul. Filmdaga
yozuvlar murakkab va haddan tashqari uzun bo’lgan taqdirdagina o’qituvchi film
teksti mazmunini o’z so’zlari bilan aytib berishi mumkin.
Shunday qilib, o’qituvchi talabalar diqatini tasvirdagi hodisa yoki ob’ektni
tushunish uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan detallarga vaqtida qaratishi lozim
bo’ladi.
Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari:
 
1. Maxsus fanlarni o’qishda ko’rsatmali vositalardan foydalanish 
qanday xususiyatlarga ega?.
2. Zamonaviy ta`lim vositalarining turlarini tavsiflang?.
3. Maket va modelni farqini tushuntiring?
4. O’quv xona doskasiga chiziladigan rasmga qanday talablar qo’yiladi?
5. O’quv axborot-texnik vositalariga nimalar kiradi?
6. O’quv videofilmidan foydalanishda nimalarga e’tibor berish zarur?

Yüklə 278,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin