№4 2022 62
kerak: turli she’rlar, badiiy asarlardan parchalar, maqollar, topishmoqlar va boshqa
materiallar o‘quvchilarda jonli qiziqish uyg’otadi va ta’sirlantiradi.Har bir dars
mazmuni belgilanayotganda predmet ichidagi va predmetlararo aloqalar hisobga
olinadi. Darsning mazmuni belgilangach o‘qituvchi qanday tasavvur va tushunchalar
unda o‘z rivojini topishini, o‘quvchi qanday bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishini
aniqlaydi.
Darsning maqsadi va mazmuniga mos ravishda o‘qituvchi ta’lim metodlarini
tanlaydi. Darsda o‘qituvchi va o‘quvchining faoliyatlari bir-biri bilan uzviy bog’liq
bo‘lganligi sababli, bu faoliyatlarning aniq bosqichlarini belgilab olish kerak. Butun
dars davomida sinfning faol ishlashi uchun usul va vositalarning to‘g’ri
almashinuvini aniqlab olish kerak.
Boshlang’ich sinflarda integratsiyalashgan darslarni amaliyotda qo‘llash.
3-sinfda integratsiyalashgan dars( matematika+tabiatshunoslik) fragmenti
Darsning mavzusi: Harakatga doir masala.
O‘qituvchi:- keling,ko‘phadli sonlarni eslaylik. Daftaringizga quyidagi sonlarni
yozing: 40204506,326925,150000000,32482.Sonlarni ortib borish tartibida o‘qing.
Eng katta sonni o‘qing.Bunday katta son nimani bildirish mumkin(bolalar o‘z
taxminlarini aytadilar). O‘qituvchi:- bu son yerdan- quyoshgacha bo‘lgan masofani
bildiradi.Bu juda katta km lar soni,uni tasavvur qilish qiyin. Agar biz quyoshga
aravada boradigan bo‘lsak,bizga 500 yil kerak bo‘lar edi. Bu necha asrga teng?
Bolalar:- 5 asrga. O‘qituvchi: - odamlar avtomabilni ixtiro qildilar. Endi bu yo‘lni
bosib o‘tish uchun 5 marta kam vaqt kerak bo‘ladi. Bu qancha? B: 100 yil. O‘: -
samolyotda esa 10 yil uchishi kerak.Bu necha oy? B:-120 oy. O‘- raketa esa, bu yo‘ni
1 yilda bosib o‘tadi.Agar yilni kun hisobida o‘lchasak, bu necha kun? B:- 366 kun
Og’zaki ish.Yer yaqinidagi orbitaga chiqish uchun bir kosmik tezlikda harakat qilish
kerak.U 8km/s ga teng.Hisoblab ko‘ringchi,bu bir minutdan keyin bizning kemamiz
Yerdan qanday masofada bo‘ladi? B: - 60*8=480km O‘: - biz hayot sharoitlari
bo‘yicha Marsga Yerdagi hayot sharoitlariga yaqinligi haqida gapirgan
edik.Kemamiz Marsga yetishi uchun kema ikkinchi tezlikda harakat qilishi
lozim.Ikkinchi kosmik tezlik birinchisiga qaraganda 3km/s ga ko‘p.Raketa 3 minut
ichida qancha masofani bosib o‘tadi? B: - 3 min.180sek,demak masofa 1980km ga
teng. O‘: - biz Yerdan Marsgacha bo‘lgan masofaning qanchaligini,kema qanday
tezlik bilan harakat qilishini bilamiz.Marsga yetib borish uchun qancha vaqt talab
etilishini uyda mustaqil ravishda hisoblab chiqishga urinib ko‘ring.
Bugungi zamonaviy darsliklarimizda ham turli xil fanlar integratsiyasini
ko‘rishimiz
mumkin.
Bu
darsliklarimiz
o‘quvchilarni
har
tomonlama
yetuk,dunyoqarashi keng inson qilib tarbiyalashga yordam beradi.