BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING FIKRLASH
QOBILIYATLARINI O’STIRISHDA MATNLI MASALALARDAN
FOYDALANISHNING SAMARALARI
Gulbahor Tojiboyevna Sarimsoqova
Toshkent viloyati, Zangiota tumani, 21-maktab
Annotatsiya: Boshlang’ich sinf matematika darslari o’quvchilarning ilk hisob-
kitobni o’rganishiga asos bo’ladi. Shu tufayli ushbu darslarni interfaol metodlar
yordamida qiziqarli tarzda tashkil etish talab qilinadi. Ushbu maqola boshlan’ich sinf
o’quvchilarining fikrlash qobiliyatlarini o’stirishda matnli masalalarning ahamiyatiga
bag’ishlangan.
Kalit so’zlar: matematik masala, tushuncha, fikrlash qobiliyati, dars, yig’indi.
EFFECTS OF THE USE OF TEXT ISSUES IN THE DEVELOPMENT OF
THINKING ABILITIES OF PRIMARY SCHOOL STUDENTS
Gulbahor Tojiboyevna Sarimsoqova
Tashkent region, Zangiota district, School №21
Abstract: Elementary math lessons are the basis for students to learn first
arithmetic. Because of this, it is necessary to organize these lessons in an interesting
way using interactive methods. This article focuses on the importance of textual
issues in developing the thinking skills of primary school students.
Keywords: math problem, concept, thinking ability, lesson, sum.
Hozirgi paytda maktablarda boshlang’ich sinflarda matematika o’qitishning
asosiy vazifalaridan biri o’quvchilarni har tomonlama yetuk insonlar qilib tarbiyalash
hisoblanadi. Bunda ularda matematika bo’yicha bilimlar berish bilan birga ularga
o’rganilayotgan bilimlarni asosli va puxta bo’lishini ta‘minlash, ularni qo’llay olish
ko’nikma va malakalarini shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa matematika
darslarida fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish hamda ularni kelgusida olingan
bilimlarni ongli hayotiy faoliyatda muvaffaqiyatli qo’llashlari uchun zarur ko’nikma
va malakalarni shakllantirish boshlang’ich matematik ta‘limning asosiy vazifalariga
aylanishi lozim. Shu nuqtai nazardan o’quv jarayonida matematik masalalar,
jumladan hayotiy mazmunli, ularning to’plagan tajribasiga asoslangan masalalarni
yechish usullariga va ularni qo’llashga o’rgatish o’ziga xos xususiyatlarga ega, ularni
ta‘lim mazmuni va o’rganilayotgan tushunchalar mohiyatini ochib berishda
foydalanish, o’zaro aloqadorlikda va o’quvchilar amaliy faoliyati tajribasi bilan
"Science and Education" Scientific Journal
November 2020 / Volume 1 Issue 8
www.openscience.uz
374
qo’shgan holda o’qitish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Bu usullarni ishlab chiqish
va amalda qo’llash o’qitish sifat va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Boshlang’ich ta‘limda matematika o’qitishning asosiy maqsadlaridan biri ham
o’quvchilar intellektual tafakkurini shakllantirish asosida o’quvchilar qobiliyat va
qiziqishlarini rivojlantirish hisoblanadi. Demak, boshlang’ich sinflarda arifmetik
amallar tushunchasini mohiyatini va hisoblash usullarini yetkazish uslubiyatini ishlab
chiqish o’z ichiga o’quvchilarda umuman boshlang’ich matematika asosiy
tushunchalarni shakllantirish va ularni amalda qo’llay olish ko’nikma va malakalarini
rivojlantirishni oladi.
Matematik masalalar yechish matematika o’qitishning muhim tarkibiy qismidir.
Masalalar yechmasdan matematikani o’zlashtirishni tasavvur ham etib bo’lmaydi.
Matematikada masalalar yechishning nazariyasini amaliyotga tadbiq qilishning
muhim yo’lidir. Masalalar yechishning boshlang’ich sinflarda o’rganiladigan u yoki
bu nazariy materiallarni o’zlashtirish jarayonida muhim rolni o’quvchilarni fikrlash
qobiliyatlarini o’stirishi o’ynaydi. Masalalar amaliy ishlar sistemasi asosida tuziladi.
Bu degan so’z har bir yangi tushunchani tarkib toptirish har doim bu tushuncha
ahamiyatini tushuntirishga yordam beradigan uning qo’llanishini talab qiladigan u
yoki bu masalani yechish bilan amalga oshadi.
Masala ustida ishlash uning mazmunini o’zlashtirishdan boshlanadi. O’quvchilar
hali o’qish malakasiga ega bo’lmagan dastlabki vaqtlarda ularni o’qituvchi o’qib
beradigan masala matnini tinglashga shartning muhim elementlarini tovush chiqarib
ajratishga o’rganish kerak, shundan keyin masala shartini yaxshiroq o’zlashtirish
maqsadida, har bir o’quvchi masala matnini tinglashga va masalani mustaqil o’qib
chiqishi zarur. Buning uchun ularga masalani oldin ovoz chiqarmay o’qishni so’ngra
esa tovush chiqarib ifodali o’qishni taklif qilish kerak. Boshlang’ich sinflarda
masalalarni o’rganish yangi tushunchalarni shakllantirish, sodda masalarni
yechishdan murakkablarni yechishga o’tish yordamida amalga oshiriladi. Bunda
qo’shish, ayirish, ko’paytirish va bo’lishga doir har xil sodda masalalar ya‘ni bir xil
qo’shiluvchilarning yig’indisini topishga karrali va teng bo’laklarga bo’lishlarga doir
sonni bir necha kattalashtirish va kichiklashtirishga oid masalalar sonlarni
taqqoslashga amallarning noma‘lum komponentlarni topishga doir sodda masalalar
shuningdek turli murakkab masalalar shu jumladan keltirib yechiladigan masalalar,
ikki ko’paytuvchining yig’indisini topishga doir va unga teskari masalalar
yig’indisini so’ngra ko’paytirish bo’lishga keltiradigan va boshqa masalalarni ko’rib
chiqamiz. Agar berilgan masala o’zining murakkabligi bilan sinfda echilgan
masalalarga mos yoki o’xshasa u holda o’quvchilar taklif qilingan masalaning
yechilishi yo’lini mustaqil topishga o’rgatish kerak. SHu maqsadda o’quvchilar
masalalar yechishga yaqinlashishning eng sodda umumiy usullarini egallashlari
lozim.
"Science and Education" Scientific Journal
November 2020 / Volume 1 Issue 8
www.openscience.uz
375
O’quvchilar o’qituvchi rahbarligida masala shartini qisqa va yaqqol yozib
olishlari, yechish yo’llari topishni osonlashtirish maqsadida shartini chizma yoki
rasm bilan tasvirlay olishlari kerak. O’quvchilar yechilayotgan masalada nima
ma‘lum nima noma‘lumligini, masala shartidan nima kelib chiqishini, qanday
arifmetik amallar yordamida qanday tartibda masala savoliga javob topish
mumkinligini aniq va ravshan tushuntirishga o’rganishlari kerak. O’quvchilar har bir
amalni nega tanlaganliklarini anglay olishlari masala bo’yicha ifoda yoki tenglama
tuzib olishlari uni yecha olishlari, savolga javob berib, yechimning to’g’riligini
tekshirib olishlari lozim.
O’n ichida bajariladigan sodda masalalar yechishini o’qitish metodikasi
bo’yicha mashq qildirish sodda masalalarni yechishda ko’rgazmali qo’llanmalarni
qo’llashda ba‘zi o’quv va malakalarini egallashadi. 2-sinfda masalalar ustida ishlash
asosiy o’rinni egallaydi. Bu yerda qo’shish va ayirishdan tashqari ko’paytirishga va
bo’lishga bir xil qo’shiluvchilarni yig’indisini topishga teng bo’laklarga bo’lishga,
sonni bir necha martta orttirish va kamaytirishga sonlarni qisqa taqqoslashga,
amallarning noma‘lum komponentini topishga doir har xil sodda masalalar,
shuningdek, har xil ko’rinishdagi murakkab masalalar keltirish usuli bilan
yechiladigan masalalar ikkita ko’paytmaning yig’indisini topishga doir va bunga
teskari masalalar yig’indisini songa ko’paytirish va bo’lishga keltiriladigan masalalar
ko’rib chiqiladi.
Agar biz o’quvchilarda qo’shish haqida to’g’ri tushuncha shakllantirishni
istasak, buning uchun bolalar yig’indisini topishga doir yetarli miqdorda sodda
masalalarni deyarli har gal to’plamlarni birlashtirish amalini bajarib yechishlari zarur.
Masalan: quyidagi masala berilgan.
1. Ahmadda 6 ta rangli va uchta oddiy qalam bor. Ahmadda hammasi bo’lib
nechta qalam bor?
Buni yechish uchun oldin 6 ta cho’p oladilar va buning yoniga yana 3 ta cho’pni
so’rib qo’yadilar, va hammasi bo’lib nechta cho’p bo’lganini sanaydilar.
Masalalarda aniq material bo’lib ular yordamida o’quvchilarda yangi bilimlar
vujudga keladi hamda uni yechish jarayonida fikrlash amallarini bajarishga
o’rganadilar. So’ngra masalani yechish uchun 6 ga 3 ni qo’shish kerakligi va hosil
bo’lgan 9 son bu ikki sonning yig’indini bo’lishni tushuntiradi. SHunga o’xshash
masalalarni ko’plab yechib bolalar qo’shish amali haqidagi tushunchalarni asta sekin
egallab boradilar va uni umumlashtrish asosida qo’shish uchun ularni birga sanash
kerakligini tushunadilar. Masalan: amalning noma‘lum komponentini topishga doir
masalani yechayotib o’quvchilar arifmetik amallarning komponentlari va natijalar
orasidagi bog’lanishni ajratish va uni masalalar yechishga qo’llashga harakat
qiladilar.
"Science and Education" Scientific Journal
November 2020 / Volume 1 Issue 8
www.openscience.uz
376
Xulosa qilib aytganda, masalalarda o’quvchilar ko’radigan, sezadigan va
tushunadigan aniq material bo’lib, ular yordamida o’quvchilarda yangi bilimlar
vujudga keladi hamda uni yechish jarayonida fikrlash amallarini bajarishga
o’rganadilar.
Dostları ilə paylaş: |