Foydalanishning samaralari



Yüklə 191,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix09.04.2023
ölçüsü191,65 Kb.
#95195
  1   2
boshlang-ich-sinf-o-quvchilarining-fikrlash-qobiliyatlarini-o-stirishda-matnli-masalalardan-foydalanishning-samaralari



BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING FIKRLASH 
QOBILIYATLARINI O’STIRISHDA MATNLI MASALALARDAN 
FOYDALANISHNING SAMARALARI 
 
Gulbahor Tojiboyevna Sarimsoqova 
Toshkent viloyati, Zangiota tumani, 21-maktab 
 
Annotatsiya: Boshlang’ich sinf matematika darslari o’quvchilarning ilk hisob-
kitobni o’rganishiga asos bo’ladi. Shu tufayli ushbu darslarni interfaol metodlar 
yordamida qiziqarli tarzda tashkil etish talab qilinadi. Ushbu maqola boshlan’ich sinf 
o’quvchilarining fikrlash qobiliyatlarini o’stirishda matnli masalalarning ahamiyatiga 
bag’ishlangan.
Kalit so’zlar: matematik masala, tushuncha, fikrlash qobiliyati, dars, yig’indi.
 
EFFECTS OF THE USE OF TEXT ISSUES IN THE DEVELOPMENT OF 
THINKING ABILITIES OF PRIMARY SCHOOL STUDENTS 
 
Gulbahor Tojiboyevna Sarimsoqova 
Tashkent region, Zangiota district, School №21 
 
Abstract: Elementary math lessons are the basis for students to learn first 
arithmetic. Because of this, it is necessary to organize these lessons in an interesting 
way using interactive methods. This article focuses on the importance of textual 
issues in developing the thinking skills of primary school students. 
Keywords: math problem, concept, thinking ability, lesson, sum. 
Hozirgi paytda maktablarda boshlang’ich sinflarda matematika o’qitishning 
asosiy vazifalaridan biri o’quvchilarni har tomonlama yetuk insonlar qilib tarbiyalash 
hisoblanadi. Bunda ularda matematika bo’yicha bilimlar berish bilan birga ularga 
o’rganilayotgan bilimlarni asosli va puxta bo’lishini ta‘minlash, ularni qo’llay olish 
ko’nikma va malakalarini shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa matematika 
darslarida fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish hamda ularni kelgusida olingan 
bilimlarni ongli hayotiy faoliyatda muvaffaqiyatli qo’llashlari uchun zarur ko’nikma 
va malakalarni shakllantirish boshlang’ich matematik ta‘limning asosiy vazifalariga 
aylanishi lozim. Shu nuqtai nazardan o’quv jarayonida matematik masalalar, 
jumladan hayotiy mazmunli, ularning to’plagan tajribasiga asoslangan masalalarni 
yechish usullariga va ularni qo’llashga o’rgatish o’ziga xos xususiyatlarga ega, ularni 
ta‘lim mazmuni va o’rganilayotgan tushunchalar mohiyatini ochib berishda 
foydalanish, o’zaro aloqadorlikda va o’quvchilar amaliy faoliyati tajribasi bilan 
"Science and Education" Scientific Journal
November 2020 / Volume 1 Issue 8
www.openscience.uz
374


qo’shgan holda o’qitish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Bu usullarni ishlab chiqish 
va amalda qo’llash o’qitish sifat va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. 
Boshlang’ich ta‘limda matematika o’qitishning asosiy maqsadlaridan biri ham 
o’quvchilar intellektual tafakkurini shakllantirish asosida o’quvchilar qobiliyat va 
qiziqishlarini rivojlantirish hisoblanadi. Demak, boshlang’ich sinflarda arifmetik 
amallar tushunchasini mohiyatini va hisoblash usullarini yetkazish uslubiyatini ishlab 
chiqish o’z ichiga o’quvchilarda umuman boshlang’ich matematika asosiy 
tushunchalarni shakllantirish va ularni amalda qo’llay olish ko’nikma va malakalarini 
rivojlantirishni oladi. 
Matematik masalalar yechish matematika o’qitishning muhim tarkibiy qismidir. 
Masalalar yechmasdan matematikani o’zlashtirishni tasavvur ham etib bo’lmaydi. 
Matematikada masalalar yechishning nazariyasini amaliyotga tadbiq qilishning 
muhim yo’lidir. Masalalar yechishning boshlang’ich sinflarda o’rganiladigan u yoki 
bu nazariy materiallarni o’zlashtirish jarayonida muhim rolni o’quvchilarni fikrlash 
qobiliyatlarini o’stirishi o’ynaydi. Masalalar amaliy ishlar sistemasi asosida tuziladi. 
Bu degan so’z har bir yangi tushunchani tarkib toptirish har doim bu tushuncha 
ahamiyatini tushuntirishga yordam beradigan uning qo’llanishini talab qiladigan u 
yoki bu masalani yechish bilan amalga oshadi. 
Masala ustida ishlash uning mazmunini o’zlashtirishdan boshlanadi. O’quvchilar 
hali o’qish malakasiga ega bo’lmagan dastlabki vaqtlarda ularni o’qituvchi o’qib 
beradigan masala matnini tinglashga shartning muhim elementlarini tovush chiqarib 
ajratishga o’rganish kerak, shundan keyin masala shartini yaxshiroq o’zlashtirish 
maqsadida, har bir o’quvchi masala matnini tinglashga va masalani mustaqil o’qib 
chiqishi zarur. Buning uchun ularga masalani oldin ovoz chiqarmay o’qishni so’ngra 
esa tovush chiqarib ifodali o’qishni taklif qilish kerak. Boshlang’ich sinflarda 
masalalarni o’rganish yangi tushunchalarni shakllantirish, sodda masalarni 
yechishdan murakkablarni yechishga o’tish yordamida amalga oshiriladi. Bunda 
qo’shish, ayirish, ko’paytirish va bo’lishga doir har xil sodda masalalar ya‘ni bir xil 
qo’shiluvchilarning yig’indisini topishga karrali va teng bo’laklarga bo’lishlarga doir 
sonni bir necha kattalashtirish va kichiklashtirishga oid masalalar sonlarni 
taqqoslashga amallarning noma‘lum komponentlarni topishga doir sodda masalalar 
shuningdek turli murakkab masalalar shu jumladan keltirib yechiladigan masalalar, 
ikki ko’paytuvchining yig’indisini topishga doir va unga teskari masalalar 
yig’indisini so’ngra ko’paytirish bo’lishga keltiradigan va boshqa masalalarni ko’rib 
chiqamiz. Agar berilgan masala o’zining murakkabligi bilan sinfda echilgan 
masalalarga mos yoki o’xshasa u holda o’quvchilar taklif qilingan masalaning 
yechilishi yo’lini mustaqil topishga o’rgatish kerak. SHu maqsadda o’quvchilar 
masalalar yechishga yaqinlashishning eng sodda umumiy usullarini egallashlari 
lozim. 
"Science and Education" Scientific Journal
November 2020 / Volume 1 Issue 8
www.openscience.uz
375


O’quvchilar o’qituvchi rahbarligida masala shartini qisqa va yaqqol yozib 
olishlari, yechish yo’llari topishni osonlashtirish maqsadida shartini chizma yoki 
rasm bilan tasvirlay olishlari kerak. O’quvchilar yechilayotgan masalada nima 
ma‘lum nima noma‘lumligini, masala shartidan nima kelib chiqishini, qanday 
arifmetik amallar yordamida qanday tartibda masala savoliga javob topish 
mumkinligini aniq va ravshan tushuntirishga o’rganishlari kerak. O’quvchilar har bir 
amalni nega tanlaganliklarini anglay olishlari masala bo’yicha ifoda yoki tenglama 
tuzib olishlari uni yecha olishlari, savolga javob berib, yechimning to’g’riligini 
tekshirib olishlari lozim.
O’n ichida bajariladigan sodda masalalar yechishini o’qitish metodikasi 
bo’yicha mashq qildirish sodda masalalarni yechishda ko’rgazmali qo’llanmalarni 
qo’llashda ba‘zi o’quv va malakalarini egallashadi. 2-sinfda masalalar ustida ishlash 
asosiy o’rinni egallaydi. Bu yerda qo’shish va ayirishdan tashqari ko’paytirishga va 
bo’lishga bir xil qo’shiluvchilarni yig’indisini topishga teng bo’laklarga bo’lishga, 
sonni bir necha martta orttirish va kamaytirishga sonlarni qisqa taqqoslashga, 
amallarning noma‘lum komponentini topishga doir har xil sodda masalalar, 
shuningdek, har xil ko’rinishdagi murakkab masalalar keltirish usuli bilan 
yechiladigan masalalar ikkita ko’paytmaning yig’indisini topishga doir va bunga 
teskari masalalar yig’indisini songa ko’paytirish va bo’lishga keltiriladigan masalalar 
ko’rib chiqiladi. 
Agar biz o’quvchilarda qo’shish haqida to’g’ri tushuncha shakllantirishni 
istasak, buning uchun bolalar yig’indisini topishga doir yetarli miqdorda sodda 
masalalarni deyarli har gal to’plamlarni birlashtirish amalini bajarib yechishlari zarur. 
Masalan: quyidagi masala berilgan.
1. Ahmadda 6 ta rangli va uchta oddiy qalam bor. Ahmadda hammasi bo’lib 
nechta qalam bor?
Buni yechish uchun oldin 6 ta cho’p oladilar va buning yoniga yana 3 ta cho’pni 
so’rib qo’yadilar, va hammasi bo’lib nechta cho’p bo’lganini sanaydilar.
Masalalarda aniq material bo’lib ular yordamida o’quvchilarda yangi bilimlar 
vujudga keladi hamda uni yechish jarayonida fikrlash amallarini bajarishga 
o’rganadilar. So’ngra masalani yechish uchun 6 ga 3 ni qo’shish kerakligi va hosil 
bo’lgan 9 son bu ikki sonning yig’indini bo’lishni tushuntiradi. SHunga o’xshash 
masalalarni ko’plab yechib bolalar qo’shish amali haqidagi tushunchalarni asta sekin 
egallab boradilar va uni umumlashtrish asosida qo’shish uchun ularni birga sanash 
kerakligini tushunadilar. Masalan: amalning noma‘lum komponentini topishga doir 
masalani yechayotib o’quvchilar arifmetik amallarning komponentlari va natijalar 
orasidagi bog’lanishni ajratish va uni masalalar yechishga qo’llashga harakat 
qiladilar. 
"Science and Education" Scientific Journal
November 2020 / Volume 1 Issue 8
www.openscience.uz
376


Xulosa qilib aytganda, masalalarda o’quvchilar ko’radigan, sezadigan va 
tushunadigan aniq material bo’lib, ular yordamida o’quvchilarda yangi bilimlar 
vujudga keladi hamda uni yechish jarayonida fikrlash amallarini bajarishga 
o’rganadilar. 

Yüklə 191,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin