SNAPSHOT izolyasiya darajasi SNAPSHOT izolyatsiya darajasida tranzaksiya o’z ishini boshlashidan oldin tasdiqlangan ma’lumotlar(yozuvlar) bilan ish ko’radi. Bu uchun tranzaksiya ishlatmoqchi bo’lgan yozuvlarining versiyalarini yaratadi, va keyinchalik shu yozuvlar versiyasi bilan ishlaydi. Tranzaksiya ishini boshlagandan keyin yozuvlar ustida qilingan har qanday o’zgarish(boshqa tranzaksiyalar tomonidan) ushbu tranzaksiya operatorlariga ko’rinmaydi. Ushbu izolyasiya darajasi “iflos o’qish”, “o’zgarishlarning yoqolishi”, “takrorlanmaydigan o’qish” va fantom o’qishlar muammosini hal qiladi.
Ushbu izolyasiya darajasidan foydalanishdan oldin ma’lumotlar bazada quyidagi komanda orqali parametrni sozlash kerak.
ALTER DATABASE myDb
SET ALLOW_SNAPSHOT_ISOLATION ON;
“myDb” – ma’lumotlar bazasi nomi