harakatlanuvchi suv oqimining yuvuvchi kuchi. Stolning qaytarma–ilgarilama
harakati tufayli mineral zarrachalar stol bo„ylab
harakatlanadi, bunda og„ir
minerallar yengil minerallarga nisbatan kattaroq tezlikda harakatlanadi. Suv oqimi
yordamida esa yengil mineral zarrachalari og„ir mineral zarrachalariga nisbatan
kattaroq tezlikda harakatlanadi. Bu ikkala tezliklarning qo„shilishi natijasida
zarrachalar yuqori tomondan (mahsulot berilishi tarafidan) o„ng
burchakdan
pastdagi chap burchakka tomon harakatlanadi.
Stol yuzasiga tushayotgan bo„tana va suv uning yuzasida yupqa qatlam
holida tarqaladi. Plankalar yordamida hosil qilingan ariqchalarda suv tekis
oqmaydi. Bu ariqchalarda plankalar orasida uyurma oqim hosil bo„lishi natijasida
yengil mineral zarrachalar yuqori ko„tariladi, og„ir mineral zarrachalari esa pastda
qoladi. Shu bilan bir vaqtda stolning tebranishi
natijasida hamma minerallar
ariqchalar bo„ylab harakatlanishga intiladi.
Stolning yuvuvchi suv kelib tushadigan tarnovchaga yaqin joyida og„ir
minerallarning eng mayda zarrachalaridan iborat yo„l hosil bo„ladi. Bu mahsulot
konsentrat deb ataladi. Konsentrat chizig„idan keyin yengil minerallarning mayda
zarrachalari va og„ir minerallarning yirik zarrachalaridan iborat aralash
zarrachalardan tashkil topgan yo„l ketadi. Uni tashkil
etgan zarrachalar oraliq
mahsulot deyiladi. Oraliq mahsulot chizig„idan keyin barchasi yengil mineral
zarrachalaridan iborat chiziq joylashadi. Bu mahsulot chiqindi deyiladi.
Shunday qilib, konsentratsion stolda boyitish mineral
zarrachalarning
zichligidagi va o„lchamidagi farqqa qarab plankalar orasida hosil bo„lgan
ariqchalarda mahsulotlarga ajratishdir.
Stolning ishlab chiqarish unumdorligi mahsulotning o„lchamiga, siljish yo„lining
uzunligiga, tebranishlar soniga va stolning qiyalik burchagiga bog„liq.
Shunga
e‟tibor berish kerakki, stolga mahsulot keragidan ortiq berilsa,
uning sifat
ko„rsatkichlari pasayadi. Sanoatda konsentratsion stollar yuzasining uzunligi
2100–4620 mm, kengligi maxsulot yuklash tomonida 1050 – 1800 mm, maxsulotni
bo„shatish tomonida 920 – 1620 mm qilib tayyorlanadi. Bitta stolga sarflanadigan
energiya 0.4 kvt, suv sarfi 3 – 8 m3/t, plankalarning ishlash muddati 6 – 12 oy,
linoleumning ishlash muddati 2 – 4 yil.
Laboratoriya tekshirishlari davrida stolning yo„li (siljish) shunday bo„lishi
kerakki, hamma zarrachalar stolning bo„shatish tomoniga qarab harakatlansin. Uni
tekshirish uchun stolning yuzasi avval suv bilan hullanadi, boyitiluvchi
mahsulotdan biroz beriladi va hamma zarrachalarning harakatlanish yo„nalishi
kuzatiladi (hamma zarrachalar suvda bo„lishi shart). Agar ba‟zi zarrachalarning
stol yuzasida ushlanib qolinishi yoki juda sekin harakatlanishi kuzatilsa, stolning
yurishi tezlashtiriladi va yana zarrachalarning harakati kuzatiladi.
Agar zarracha-
larning harakati juda tez bo„lsa, stolning yurishi kamaytiriladi. Stolning qiyalik
burchagi 3 – 8 0.
Shunday qilib, stolning texnik xarakteristikasi tuziladi:
Yuzaning tebranishlari soni;
Yo„lning (siljish) kattaligi;
Stol yuzasining qiyalik burchagi;
Stol yuzasining xarakteristikasi tuzilgandan so„ng u suv bilan yaxshilab
yuviladi. Ushlanib qolgan zarrachalar cho„tka bilan yuvib tushiriladi.
Keyin
boyitish maxsulotlarini qabul qiluvchi idishlar yuviladi va bitta idishni bo„shatish
tarafda konsentratni qabul qilish uchun, ikkinchi idishni esa chiqindini qabul qilish
uchun o„rnatiladi.
Dostları ilə paylaş: