Boshlang‘ich sinflarda o‘qish muddati 5 yil bo‘lib, shu muddat ichidagi o‘qish asosan 3 bosqichga bo‘linadi: O‘rta ta‘lim ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqich (11 yoshdan 15 yoshgacha) 4 yil bo‘lib, eng kichik sinf 6-sinf, 5, 4-sinf o‘rta, 3-sinf katta sinf hisoblanadi. Demak, sinflarni raqamlash yuqoridan pastga qarab amalga oshiriladi. Bundan keyin o‘quvning ikkinchi bosqichi boshlanadi. Bu bosqichda o‘quvchilar 15 yoshdan 18 yoshgacha ta‘lim oladilar. O‘qish 3 yil davom etib 2 -sinf kichik, 1-sinf o‘rta va yakunlovchi sinflarga bo‘linadi.
O‘quvchilar 11 yoshda boshlang‘ich maktabni tugallab o‘rta maktabga o‘tadilar. O‘rta ta‘lim kollej va litseylarda amalga oshiriladi. Kollejda o‘qish majburiy ta‘lim bo‘lib, 4 yil davom etadi va 3ta siklga bo‘linadi. 1. Moslashuv sikliga 6-sinf kiradi. Bu sinfga boshlang‘ich sinf bitiruvchilari imtihonsiz qabul qilinadi. Bu sinfda o‘quvchilar chet tilini tanlaydilar, mustaqil o‘qishga o’rganadilar…………………………………………………………………………………… 2. Markaziy sikl. Markaziy sikl 5-4-sinflarni o‘z ichiga oladi. Bu siklning maqsadi boshlang‘ich sinfda olgan bilim va ko‘nikmalarni chuqurlashtirishdir. 5-sinfda lotin tilini fakultativ fan sifatida o‘rgana boshlaydi, 4-sinfda ikkinchi chet tilini tanlaydi. 3. Kasbiy yo‘naltirish sikli. Bunga 3-sinf kiradi. Umumiy ta‘lim, texnik yoki kasbiy yo‘nalishni tanlashga tayyorlaydi. Qadim yunon tilini o‘rganadi. Bu sikl oxirida o‘quvchilar milliy imtihon topshiradi va kasbiy yo‘nalishi bo‘yicha guvohnoma oladilar. 3-sinf oxirida o‘quvchilar umumiy yoki texnologik litseyning 2-sinfiga qabul qilinadilar yoxud kasbiy litseylarga hujjat topshiradilar.
O’rta ta’lim
Litseylar Umumiy litsey. Bu litseyni bitiruv imtihonlaridan keyin oliy ta‘limga hujjat topshirish huquqi beriladi. Texnologik litsey. Bu litseyni bitirayotgan o‘quvchilar texnologik universitetlarda o‘z mutaxassisligi bo‘yicha o‘qish uchun imtihon topshiradi. Har ikkalasida o‘qish 3 yil davom etadi. Kasbiy litseylar. Bu litseylarda o‘qish 2 yil davom etadi.O‘qish oxirida kasbiy tayyorgarligi haqida guvohnoma va kasbiy layoqati haqida sertifikat beriladi.