pastroq baho ifodalanadi. Uch bahoda o‘qiydigan o‘quvchilar 10-13 balli
ko‘rsatkichga ega bo‘ladi. 9 va undan past ballar esa o‘quvchining juda yomon
o‘zlashtirish ko‘rsatkichini ifodalaydi. Ko‘plab litsey, kollejlarda o‘quvchilar
chorak so‘ngida baholanmaydi, sinfda birinchi va so‘nggi o‘rinlar bo‘yicha ket maketlikda raqamlab chiqiladi. Fransiya ta‘lim tizimida keskin noaniq baholar
mavjud emas. Baholarda ijobiy va salbiy ko‘rsatkichlarning o‘zi bir necha darajani
ifodalaydi. Masalan, ijobiy baho olgan bolalar bon – yaxshi, tres beines bien – juda
yaxshi, assez bon (bien) – etarli darajada yaxshi (yaxshi), pas mal – yomon emas
tarzida so‘zlar yordamida baholanadi. Past baho olgan o‘quvchilarga esa mal –
yomon, mauvais – yomonroq, treses mal (mauvas) – juda yomon, assez mal
(mauvais) – etarli darajada yomo n kabi so‘zlar yordamida baho beriladi.
Tayyorlov bosqichi — 1 yilga mo‘ljallangan. Bunda bolalar hisoblashga, o‘qish va yozishga, kuylashga, o‘ylashga, tabiat manzaralarini tomosha qilishga va undan bahra olishga, jismoniy mashqlar bilan mashg‘ul bo‘lishga, maktabning turli sport tadbirlarida ishtirok etishga, musiqaga, mehnat qilishga o‘rgatiladilar. O‘quv mashg‘ulotlari ertalab soat 9 dan 12 gacha, hamda soat 14 dan 16 gacha 5 soat davom etadi. Maktabda ovqatlanish pullik, lekin ovqatlar juda arzonlashtirilgan narxlarda taklif etiladi. Navbatdagi bosqich — elementar kurs bo‘lib, bu bosqich 2 yil davom etadi. Bunda o‘quvchilarning tayyorlov siklida predmetlar bo‘yicha olgan bilimlari yanada takomillashtiriladi. Tayyorlov bosqichida bir o‘qituvchi ishlasa, elementar bosqichda ikki o‘qituvchi (har biri 1 yildan) ishlaydi. Boshlang‘ich maktabning 3 bosqichi — chuqurlashtirish bosqichidir. Bunda o‘quvchilarning tayyorlov va elementar bosqichdagi bilimlari yanada chuqurlashtiriladi.