Oʻqish xarajatlari Oliy taʼlim asosan davlat tomonidan moliyalashtiriladi, bu esa oʻqish toʻlovlarining juda pastligiga olib keladi. Yevropa Ittifoqi, EEA, Shveysariya yoki Kvebek fuqarolari uchun yillik toʻlovlar darajasiga (litsenziya, magistratura, doktorantura) qarab yiliga 170 dan 380 evrogacha oʻzgaradi. Shunday qilib, 750-3500 evroga magistr darajasini olish mumkin (5 yil ichida). Boshqa xalqaro talabalar uchun bu toʻlovlar 2,770 dan 3,770 evrogacha. Kam taʼminlangan oilalar talabalari oʻqish yoki darsliklar uchun nominal summani toʻlab, stipendiya olish uchun ariza topshirishlari mumkin va oyiga 450 evrogacha boʻlgan stipendiya olishlari mumkin.
Davlat muhandislik maktablarida oʻqishni universitetlar bilan solishtirish mumkin, ammo biroz yuqoriroq (taxminan €700). Biroq, xususiy muhandislik maktablari uchun yiliga 7000 evroga yetishi mumkin. Xususiy biznes maktablari odatda bakalavr dasturlari uchun yiliga 12 000 evrogacha va magistratura dasturlari uchun 24 000 evrogacha, baʼzi elita institutlari esa 40 000 evro va undan koʻp haq olishlari mumkin.
Fransiyadagi universitetlar Fransiyadagi davlat universitetlari oʻzlari joylashgan yirik shaharlar nomi bilan atalgan, agar bir nechta boʻlsa, undan keyin raqam qoʻyiladi. Masalan, Parijda Parij I dan XIII gacha boʻlgan 13 ta universitet mavjud. Ulardan baʼzilari Parijni oʻzida emas, balki shahar atrofida joylashgan. Bundan tashqari, koʻpgina universitetlar odatda taniqli shaxs yoki maʼlum bir joy nomini olgan norasmiy ismni oldilar. Baʼzan, bu taniqli bitiruvchini sharaflash usulidir, masalan, Strasburgdagi fan universiteti "Université " deb nomlanadi, uning rasmiy nomi esa „Université Strasbourg I“ (2009-yildan beri Strasburgning uchta universiteti mavjud).
Grandes écoles Fransiyadagi grandes écoles elita oliy taʼlim muassasalaridir. Ular odatda bitta fan sohasiga qaratilgan (masalan, yoki tadbirkorlik, kichik hajmga ega (odatda yiliga 100 dan 300 tagacha bitiruvchi). Ular nufuzli deb hisoblanadilar, va Fransiyaning koʻpchilik olimlari va rahbarlari shu oliy oʻquv yurtini tamomlaganlar.
Milliy reytinglar har yili turli jurnallar tomonidan eʼlon qilinadi. Reytinglar yildan-yilga bir oz farq qilsa-da, eng yaxshi grandes écoles oʻnlab yillar davomida juda barqaror boʻlib kelgan:
fan va muhandislik: Écoles Normales Supérieures, , Mines ParisTech, ISAE-Supaéro, va CentraleSupélec ;
gumanitar fanlar: uchta Écoles Normales Supérieures va Ecole des Chartes ;
biznes: NEOMA Business School, ESSEC Business School, ESCP Europe, INSEAD, Emlyon biznes maktabi
, Audencia, Grenoble École de Management, INSEEC va EDHEC;