Fransiyaning shimoliy amerikadagi mustamlakachilik siyosati Fransiya mustamlakachiligining II bosqichi Fransiya mustamlakachiligining III bosqichi


Til yordamida qanday qilib mamlakatlarni zabt etish mana bunday bo‘ladi!



Yüklə 25,02 Kb.
səhifə3/4
tarix14.06.2023
ölçüsü25,02 Kb.
#130001
1   2   3   4
FRANSIYANING MUSTAMLAKACHILIK SIYOSATI

Til yordamida qanday qilib mamlakatlarni zabt etish mana bunday bo‘ladi!
Fransiyaga Afrikani iqtisodiy nazorat ostida ushlab turishga imkon beradigan eng muhim omil - bu Fransiyaning mustamlaka franki (CFA) –Fransiya pul tizimi. “CFA”ning eng kichik muxoliflari yo korrupsiyada ayblanib qamoqqa tashlangan yoki o‘sha mamlakatlarda tartibsizliklar boshlangan.
CFA dasturining natijalari chindan ham dahshatli. Gvineya-Bisau, Ekvatorial Gvineya, Burkina-Faso, Benin, Niger, Mali, Senegal, Togo, Gabon, Chad, Kongo, Kamerun va Markaziy Afrika Respublikasi kabi mamlakatlar tomonidan qo‘llanilayotgan CFA dasturi bu mamlakatlarni qashshoq va umidsiz holda qoldirgan.
Fransiya hukumati Afrika davlatlarining suverenitetini ochiqchasiga cheklaydi, ularning ichki ishlariga bevosita ta’sir o‘tkazadi. Va buni xalqaro shartnomalarda mustahkamlangan mexanizmlar orqali qonuniy ravishda amalga oshiradi.
"Xudoga shukurki, bizning hamyonimizdagi pullarning aksariyati biz asrlar davomida ekspluatasiya qilib kelgan Afrikadan keladi", degan edi Fransiyaning sobiq prezidenti Jak Shirak.
Afrika mamlakatlarining jami oltin-valyuta jamg‘armasi 14 milliard dollardan oshadi, Fransiya uning deyarli 10 milliard dollarni o‘z ixtiyoriga oladi. U ularni o‘z xohishiga ko‘ra tasarruf etish, sarmoya kiritish va foizlar bilan qarz berish huquqiga ega. Shu jumladan afrikaliklarning o‘zlari ham Fransiyadan qarz so‘rasalar, Fransiya Moliya vazirligining hurmatli janoblari ularga tijorat stavkalari bo‘yicha qarz berishadi.
To‘g‘ri, Fransiya CFA mamlakatlariga qarzlarni faqat Fransiyada ishlab chiqarilgan tovarlarni sotib olishga sarflash sharti bilan beradi va Afrika hukumatlari fransuz kompaniyalari ishiga ustuvor ahamiyat berishadi. “Total” va “Orano” kabi fransuz transmilliy korporasiyalari neft, gaz, uran, olmos, oltin va temirga boy bo‘lgan sobiq mustamlakalarining tabiiy boyliklarini o‘zlashtirish bo‘yicha eksklyuziv huquqlarga ega.
Fransiya hukumati ularning aralashuvi tufayli mamlakatlar barqaror valyutalarga ega bo‘layotganligini iddao qilsa-da, Frank zonasiga a’zolik uzoq davom etgan turg‘unlikda bo‘lgan Afrika iqtisodiyotiga halokatli ta’sir ko‘rsatmoqda. Valyuta ittifoqining 7 mamlakati dunyodagi eng qashshoq bo‘lib qolmoqda va ularning aholisining 2/3 qismi kuniga 2 dollardan kamiga yashashga majbur.

Yüklə 25,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin