Fransiya 1961 yildan beri Afrikaning 14 mamlakati milliy valyutasi va zaxiralarini o‘zida saqlab kelmoqda! Fransiya ushbu mamlakatlardan har yili 500 milliard dollar oladi. Markaziy banklar Fransiya tomonidan nazorat qilinadi. Ushbu mamlakatlar o‘z pullariga egalik qila olmaydi. Ularga faqat pullarining 15 foizini olishga ruxsat berilgan.
Ushbu mamlakatlarning barcha asosiy iqtisodiy aktivlari fransuzlar qo‘lida. Masalan, Kot-d’Ivuarda fransuz kompaniyalari suv, elektr energiyasi, telefon, transport, portlar va yirik banklar kabi barcha asosiy xizmatlarni nazorat qiladi. Shuningdek, savdo, qurilish va qishloq xo‘jaligida ham fransuzlar qo‘lida.
Ushbu Afrika mamlakatlari Fransiyaning davlat xaridlari manfaatlarini himoya qilishlari va fransuz kompaniyalariga ustuvor ahamiyat berishlari kerak. Fransuz kompaniyalari davlat shartnomalarida eng yuqori ustuvorlikka ega. Agar bu shartlar bajarilmasa, ular qattiq jazolanadi.
O‘ylab ko‘ring: hatto fransuz mustamlakalaridan birining fuqarosi boshqa mamlakatga borishni xohlasa, u yerga Parij orqali borishi kerak edi. Turli mamlakatlar aviakompaniyalarining kuchayishi bilan afrikaliklar turli yo‘nalishlardan foydalanishni boshladilar va Fransiyadan boshqa mamlakatlar ham mavjudligini kashf etdilar.
Bugun Turkish Airlines butun Afrika bo‘ylab parvoz qilmoqda. Endi barcha transferlar Istanbul orqali amalga oshiriladi. Bu Fransiyaning vaqti-vaqti bilan Turkiyaga qarshi hujumlarining sabablaridan biridir. Fransuzlarga juda noqulay bo‘lib qoldi. Gvineya musulmonlari yetakchisi Seku Ture Fransiya mustamlakasini tark etib, o‘z davlatini to‘la mustaqillikka olib borishga qaror qilganida, Parijdagi fransuz mustamlakachilar elitasi g‘azablanib, Gvineyadagi fransuz ma’muriyati mamlakatdagi hamma narsani yo‘q qildi: Gvineya talon-taroj qilindi.
Togo Respublikasi Prezidenti Silvanus Olimpio CFA tarkibidan chiqib, o‘z pullarini chop etishga qaror qildi. U 1963 yilda, o‘z mamlakati pullarini bosib chiqargandan uch kun o‘tib, o‘ldirildi. Fransiya uni o‘ldirib, boshqa mamlakatlarni ham qo‘rqitib qo‘ydi. Mali Respublikasi prezidenti Modibo Keyta ham CFA tarkibidan chiqishga qaror qildi. U 1968 yilda fransuzparast askarlarning to‘ntarishi bilan ag‘darilib zararsizlantirildi. Fransiya hech qachon afrikaliklarga o‘zlarining pul tizimlaridan, CFAdan chiqishga hech qachon yo‘l qo‘ymagan.
So‘nggi 50 yil ichida Afrikaning 26 davlatida 67 ta davlat to‘ntarishi sodir bo‘ldi. Ularning aksariyati Fransiyaning sobiq mustamlakalari bo‘lgan mamlakatlar. Ushbu to‘ntarishlar va suiqasdlar tufayli Fransiya hukmronlik qilishda va mamlakatlarni ekspluatasiya qilishni davom etmoqda.
1992 yilda fransuzlarga qarshi musulmonlar Jazoirda FIS (Islomiy Najot fronti) nomli partiyani tashkil qilib, saylovlarda katta ustunlik bilan g‘alaba qozonganida, Fransiya harbiylarni davlat to‘ntarishini amalga oshirishga va Jazoirda 200 ming kishini o‘ldirishga majbur qildi. Bu yaqinda sodir bo‘ldi. FIS rahbari professor Abbos Main hibsga olingan.
Mustaqillik sobiq mustamlakalar uchun illyuziya bo‘lgan. Fransiya ushbu mamlakatlarda ta’lim, iqtisod va huquq tizimini o‘rnatdi, qo‘g‘irchoqlarni tayinladi va tark etdi. Har yili Fransiyaning Afrikadagi sobiq mustamlakalarida ozodlik va mustaqillik kunini nishonlaydilar. Fransuzlar esa avvalgidan ham ko‘proq talashni davom ettirmoqda.
Uzoq 1957 yilda, o‘sha paytdagi Adliya vaziri, kelajakdagi Fransiya Prezidenti Fransua Mitteran shunday deb yozgan edi: " XXI asrda Afrikasiz Fransiyaning tarixi bo‘lmaydi". Va buni, uning oldidagi har bir Fransiya prezidenti singari, Emmanuel Makron ham yaxshi tushunadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. 1.Mirziyoyev Sh.M. Niyati ulug‘ xalqning ishi ham ulug‘, hayoti yorug‘ va kelajagi farovon bo‘ladi. T.:”O‘zbekiston”, 2019.
2.Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. T.:”O‘zbekiston”, 2017
3. Ergashev Sh. Jahon tarixi (Yangi davr. 1-qism. XVI-XVIII asrlar). -Т., 2013.
4. Ergashev Sh. Jahon tarixi (Yangi davr. 1800-1918). -Т., 2015.