Fransuz materializmi



Yüklə 18,75 Kb.
səhifə2/4
tarix09.02.2023
ölçüsü18,75 Kb.
#83579
1   2   3   4
Fransuz materializmi

Sharl Lui Monteske (1689-1755) geografik determinizm asoschilaridan biri jamiyatda tartib va axloqni saqlash uchun zarur bo‘lgan dinning funksional roli konsepsiyasini rivojlantirdi.
XVIII asrning ikkinchi yarmida ma'rifatchilik harakati keng demokratik qamrov kasb ketdi. Fransiyada bosh muharriri va tashkilotchisi D.Didro bo‘lgan «Ensiklopediya» nashri atrofida jipslashgan ilg‘or mutafakkirlar, olimlar va yozuvchilardan iborat «faylasuflar partiyasi» paydo bo‘lgani to‘g‘risida so‘z yuritila boshladi. Bu «faylasuflar partiyasi»da Didro bilan bir qatorda Gelvetsiy va Golbax, shuningdek Lametri yetakchi rol o‘ynadi. Ular materializmning faylasuflar va falsafiy maktablarning keyingi avlodlariga kuchli ta'sir ko‘rsatgan ancha rivojlangan shaklini yaratdilar.
Jyulen Ofre de Lametri (1709-1751) o‘z davrida katta shov-shuvga sabab bo‘lgan «Inson – mashina» asarining muallifi. Moddiy dunyo «o‘z holicha mavjud» ekanligiga, uning boshi ham, oxiri ham yo‘qligiga ishonchi komil bo‘lgan. Lametri materializmi Epikurning atomistik materializmi, Spinozaning materialistik ta'limoti va Lokk sensualizmi ta'sirida vujudga kelgan. Lametri jonni aql faoliyati funksiyasi va ko‘rinishi deb hisoblagan hamda Dekartning umrboqiy nomoddiy jon haqidagi g‘oyasi asossiz ekanligini isbotlashga harakat qilgan.
Pol Genrix Ditrix Golbax (1723-1789) ning «Tabiat tizimi» asari «XVIII asr materializmi va ateizmi kodeksi» degan nom olgan. 1770 yilda nashr etilgan bu asarda muhim ontologik muammolar, chunonchi: materiya, tabiat, harakat, makon, vaqt, sababiyat, tasodif, zaruriyat muammolari bayon etilgan. Golbax uchun tabiat barcha narsalar va hodisalar sababidir, zero u Xudo tufayli emas, o‘zi tufayli mavjud. Tabiat – harakat sababi. Golbax harakatni tabiat mavjudligining zaruriy natijasi sifatida tavsiflaydi. Tabiat deganda u o‘z energiyasi ta'sirida harakat qiluvchi moddalar yig‘indisini tushunadi. Golbax fikriga ko‘ra, barcha jismlar bo‘linmas va o‘zgarmas elementlar – atomlardan tashkil topadi. Materiya tushunchasini u modda tushunchasi bilan ayniylashtiradi.
Ayni vaqtda Golbax tabiatda barcha aloqalar va harakatlar zaruriyat bilan belgilanadi, deb hisoblagan. Uning fikricha, olam bir-biridan uzluksiz kelib chiqadigan sabablar va oqibatlarning uzilmas zanjiridir. Shu sababli Golbax tasodifni tabiatdan ham, ijtimoiy hayotdan ham chiqaradi. U insonni ham zaruriyat quli deb hisoblaydi: u o‘z hayotida bir daqiqa ham erkin emas, uning xatti-harakatlari amalda qanday namoyon bo‘lsa, shunday bo‘lishi mumkin. Bu oldindan belgilanganlik Golbax determinizmining fatalistik xususiyatini belgilaydi.

Yüklə 18,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin