Frazeologiya 38-§. Frazeologiya


Frazeologizmning semantik strukturasi



Yüklə 105,45 Kb.
səhifə2/9
tarix14.12.2023
ölçüsü105,45 Kb.
#180053
1   2   3   4   5   6   7   8   9
FRAZEOLOGIYA

Frazeologizmning semantik strukturasi. Frazeologizm ikki yoqlama lisoniy birlik, shakl va mazmunning dialektik birligidan iborat. Frazeologizmning shakliy tomonini so‘z (leksema emas) tashkil qiladi. Ularning mazmuniy tomoni frazeologik ma’nodir. Frazeologik ma’no o‘ta murakkab tabiatli, leksemada bo‘lgani kabi ayrimi denotativ tabiatli bo‘lsa, boshqalari grammatik ma’noga ega, xolos. Masalan, mustaqil so‘z turkumiga kiruvchi frazeologizm: (burgaga achchiq qilib, ko‘rpaga o‘t qo‘ymoq, tarvuzi qo‘ltig‘idan tushmoq; ko‘ngli bo‘sh; hash-pash deguncha) denotativ ma’noga ega bo‘lsa, turgan gap, shunga qaramay kabi nomustaqil frazeologizmlar faqat grammatik vazifa bajaradi.
Odatda, frazeologizmning ma’nosi bir leksema ma’nosiga teng deyiladi. Biroq hech qachon ular teng emas. Chunki frazeologizm va leksema ma’nosi teng bo‘lsa edi, unda frazeologizm ortiqcha bo‘lib qolar edi. Misol sifatida yoqasini ushlamoq frazeologizmi bilan hayron bo‘lmoq leksemasining ma’nolarini qiyoslab ko‘raylik. Mazkur frazeologizm «kutilmagan, tushunib bo‘lmaydigan narsa yoki hodisadan o‘ta darajada ta’sirlanib, taajjublanmoq» bo‘lsa, hayron bo‘lmoq leksemasi «kutilmagan, tushunib bo‘lmaydigan narsa yoki hodisadan ta’sirlanmoq» sememasiga ega. Har ikkala ma’noda ham kishi ichki ruhiy holati (denotat) aks etgan. Biroq frazeologizm ma’nosida «o‘ta darajada» va «so‘zlashuv uslubiga xos», «bo‘yoqdor» semalariga egaligi bilan «hayron bo‘lmoq» leksemasidan farqlanadi. Demak, frazeologizmning ko‘pincha, ifoda semalarida obrazlilik, bo‘yoqdorlik bo‘rtib turadi. Umuman olganda, frazeologik ma’no torroq va muayyanroq, leksema ma’nosi esa unga nisbatan kengroq va mavhumroq bo‘ladi. Masalan, hayron bo‘lmoq leksemasi umumuslubiy va bo‘yoqsiz. Shuning o‘ziyoq barcha uslubda qo‘llanish imkoniga egaligini va turli «bo‘yoqlar» bilan ishlatish mumkinligini ko‘rsatadi.
Кo‘rinadiki, frazeologizm va leksema bir narsa yoki hodisani atasa-da (atash semelari bir xil bo‘lsa-da), ifoda bo‘yoqlari bilan keskin farqlanib turadi (ya’ni ifoda semalari turlichadir).
Frazeologizm birdan ortiq mustaqil so‘zdan tashkil topadi. Biroq uning ma’nosi tashkil etuvchi ma’nolarining oddiy yig‘indisi emas. Masalan, qo‘yniga qo‘l solmoq frazeologizmining ma’nosi qo‘yin, qo‘l, solmoq leksemalari ma’nolari sintezi yoki qo‘shiluvchi emas. Frazeologizmning ma’nosi tashkil etuvchi so‘z to‘la yoki qisman ko‘chma ma’noda ishlatilishi natijasida hosil bo‘ladi. Masalan, birovning fikrini bilishga urinish harakati uning qo‘ynini titkilab, nimasi borligini bilishga intilish harakatiga o‘xshaydi. Natijada, qo‘yniga qo‘l solmoq erkin birikmasi o‘zidan anglashilgan mazmunga o‘xshash bo‘lgan boshqa bir mazmunni ifodalashga ixtisoslashadi va qurilma frazeologizmga aylanadi. Yoki kishi qo‘ltiqlab ketayotgan tarvuzini tushirib yuborsa, qanday ahvolga tushadi? Biror narsadan ruhiy tushkunlikka tushgan odamning holati shunga monand va erkin birikma frazeologizm mohiyatiga ega bo‘lgan. Bu esa frazeologik ma’noning mantiqiyligidan dalolat beradi.
Frazeologizm tarkibidagi ayrim so‘zning ko‘chma ma’noda, boshqalarining o‘z ma’nosida qo‘llanilishi natijasida ham vujudga kelishi mumkin. Masalan, aqlini yemoq, ko‘zini bo‘yamoq, ko‘zi ko‘ziga tushdi, og‘zi qulog‘ida frazeologizmlarida aql, ko‘z, og‘iz so‘zlari o‘z ma’nosida, yemoq, bo‘yamoq, tushmoq, qulog‘ida so‘zlari ko‘chma ma’noda.
Ba’zan harakat-holatning natijasini ifodalovchi qurilma frazeologizmga aylanadi. Masalan, kishi afsuslanishi natijasida barmog‘ini tishlab qolishi mumkin. Shuning uchun barmog‘ini tishlab qolmoq qurilmasi frazeologik qiymat kasb etgan. Tishni-tishga qo‘ymoq, tepa sochi tikka bo‘lmoq, labiga uchuq toshmoq iboralari ham shular jumlasidandir.
Ayrim frazeologizm turli diniy aqida, tushuncha, rivoyat asosida ham shakllanadi: 1. Uning eriga mening kozim tekkan emish. (I.Rah.) 2. Hammani qo‘yib, sizning soldat o‘g‘lingizga tegaman deb kozim uchib turibdimi? (M.Muham.) 3. «Jabrdiyda»ning ham, guvohlarning ham dumi xurjunda gaplari shunday savollar berilishini talab etardi. (M.Ism.)
Frazeologizm, asosan, bir ma’nolidir. Ammo polisemantiklik frazeologizmda ham uchrab turadi. Masalan, aqli yetadifrazeologizmi «idrok qilmoq», «ishonch hosil qilmoq» ma’nosiga, bo‘yniga qo‘ymoq iborasi 3 ta – «aybni birovga to‘nkamoq», «isbotlab e’tirof qildirmoq», «biror ishni bajarishni birovning zimmasiga yuklamoq» ma’nolariga, qo‘lga olmoq iborasi esa 4 ta – «o‘z ixtiyoriga o‘tkazmoq», «qo‘qqisdan hujum qilib bosib olmoq», «qamash maqsadida tutmoq», «biror yo‘l bilan o‘z xohishiga bo‘ysunadigan qilmoq» ma’nolariga ega.
Frazeologik polisemiyada barcha ma’no ko‘chma bo‘lganligi bois, ularni bosh va hosila ma’nolarga ajratish qiyin.

Yüklə 105,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin