Frazeologiya 38-§. Frazeologiya


O‘zlashma so‘zlar lug‘ati



Yüklə 105,45 Kb.
səhifə7/9
tarix14.12.2023
ölçüsü105,45 Kb.
#180053
1   2   3   4   5   6   7   8   9
FRAZEOLOGIYA

O‘zlashma so‘zlar lug‘atida o‘zbek tiliga boshqa tildan kirib kelgan so‘z izohlanadi. Bu tipdagi lug‘at izohli lug‘atning bir ko‘rinishi. Ular qaysi tildan o‘zlashgan so‘zlarni izohlashiga ko‘ra turlicha nomlanadi. Masalan, O.Usmon va R.Doniyorovlar tomonidan 1965-yilda nashr etilgan «Ruscha-internatsional so‘zlar izohli lug‘ati»da rus va boshqa Yevropa tillaridan kirib kelgan so‘zlar izohlangan.
Frazeologik lug‘at ham maxsus lingvistik lug‘atning bir turi bo‘lib, Sh.Rahmatullayev tomonidan tuzilgan «O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati» (Toshkent, 1978) bunday lug‘atning mukammal namunasidir. Undan misollar keltiramiz.
«Qulog‘(i)ga chalinmoq nima kimning? Biror gapni yoki tovushni noaniq tarzda eshitmoq. o‘xshashi: qulog‘(i)ga kirmoq. Erkaklar orasidagi gap Asalbibining qulog‘iga chalingan edi. Oybek. Oltin vodiydan shabadalar. Uzoqdan traktorning guvillagan ovozi quloqqa chalindi. R.Fayziy. Cho‘lga bahor keldi (294-bet).
«Qurimoq – yostig‘ini quritmoq: yostig‘i quridi: tinka-madori quridi: tinkasini quritmoq: esim qursin» (375-bet).
Onomastik lug‘at o‘zbek leksikografiyasining alohida sohasiga aylandi. Bunday lug‘atda atoqli ot (onomosionim), toponim yoki antroponim izohlanadi va ular etimologik lug‘atning o‘ziga xos ko‘rinishi. Bunga T.Nafasov tomonidan tuzilgan «Janubiy O‘zbekiston toponimlarining izohli lug‘ati»ni, S.Qorayevning «Joy nomlarining izohli lug‘ati»ni misol qilib keltirish mumkin.
Dialektal lug‘at o‘zbek tilining dialekt va shevalariga xos bo‘lgan leksik birliklarni qayd qiladi. Bunday lug‘at, umuman, o‘zbek tilining barcha shevalariga xos yoki ma’lum bir sheva so‘zini izohlashga mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. 1971-yilda mualliflar jamoasi tomonidan «Fan» nashriyotida chop etilgan «O‘zbek xalq shevalari lug‘ati»ni bunga misol qilib keltirish mumkin. Lug‘atdan misol keltiramiz:
Govara (Buxoro) beshik;
Gavdo‘sha (Buxoro) xurmo;
Gajdim (Nayman) chayon (62-bet).

Yüklə 105,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin