Frazeologiya 38-§. Frazeologiya


Umumiy ensiklopedik lug‘at



Yüklə 105,45 Kb.
səhifə4/9
tarix14.12.2023
ölçüsü105,45 Kb.
#180053
1   2   3   4   5   6   7   8   9
FRAZEOLOGIYA

Umumiy ensiklopedik lug‘at (UEL). Ma’lumki, UEL alfavit tartibida bo‘lib, ularda so‘z emas, balki shu so‘zdan anglashilgan tushunchalar uchun asos bo‘lgan narsa, tarixiy voqea, tabiiy va ijtimoiy hodisalar, shaxslar, geografik nomlar haqida ma’lumot beriladi va lug‘at maqolasi lug‘at yozilgan tilni tushunuvchi keng o‘quvchilar ommasiga mo‘ljallangan bo‘ladi. «O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi» ana shunday lug‘atlardan biri. Unda shunday deyiladi: «O‘zME (O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi) universal ensiklopediya bo‘lganligi uchun fan-texnika va madaniyatning barcha sohalariga oid ma’lumotlar muxtasar tarzda ifodalanib, u insoniyat sivilizatsiyasining muhim yutuqlari haqidagi bilimlar majmuidan iboratdir». Prezident I.Кarimov O‘zME ga yozgan so‘zboshisida «Ensiklopediyamiz o‘zining ilmiy jihatdan chuqur, ayni vaqtda ommabopligi bilan keng kitobxonlar orasida obro‘-e’tibor topib, jahonning nufuzli qomuslari qatoridan munosib o‘rin olishiga ishonchim komil» deb, uning funksiyasini alohida ta’kidlaydi.
Maxsus ensiklopedik lug‘at (MEL). Fan-texnika, san’at va madaniyatning ma’lum bir sohasiga oid tushunchalarni shu soha qiziquvchilari va mutaxassislari uchun mo‘ljallab tavsiflaydi. Bunday lug‘at sifatida soha ensiklopedik lug‘atlari – «Медицина энциклопедияси», «Физический энциклопедический словарь», «Лингвистический энциклопедический словар» kabilarni misol qilib keltirish mumkin. UELdan farqli ravishda MEL tor sohaga doir tushunchani keng va batafsil sharhlaydi. Masalan, rus tilida yaratilgan «Лингвистический энциклопедический словарь»da shunday deyiladi: «Bu lug‘at turli ixtisosliklardagi filolog-tilshunoslar va ilmiy xodimlarning keng doirasiga, shuningdek, tilshunoslik bilan yaqin bo‘lgan soha vakillari psixologlar, mantiqshunoslar, filosoflar, etnograf va adabiyotshunoslarga mo‘ljallangan». Quyida «Лингвистическийэнциклопедическийсловарь»dan namuna keltiramiz (bunday lug‘at o‘zbek tilida yaratilmagani uchun olingan maqolaning tarjimasi berildi).
«AККOMODATSIYA (lat. accomodatio — moslashish)tovushning kombinator o‘zgarishidan biri: qo‘shni undosh va unlining qisman moslashuvi. Akkomodatsiya shunday hodisaki, keyingi tovushning ekskursiyasi (artikulatsiyasining boshlanishi) oldingi tovushning rekursiya (artikulatsiyasining tugashi)ga moslashadi (прогрессиваккомадация) yoki oldingi tovushning rekursiyasi keyingi tovushning ekskursiyasiga moslashadi. Ayrim tillarga unlining undoshga moslashishi xosdir, masalan, rus tilida a, o, u unlilari yumshoq undoshdan keyin til oldi unlilariga aylanadi (ularning artikulyatsiyasi ekskursiyaga intilgan). Qiyoslang: «mat» – «myat», «mol» – «myol», «luk» – «lyuk». Boshqa tillarda esa undoshning unliga akkomodatsiyasi kuzatiladi, masalan, fors tilida til oldi unlisidan oldin kelgan undosh tanglaylashadi» (22-bet).
Кo‘rinadiki, maxsus ensiklopedik lug‘at soha mutaxassislari uchungina zarur bo‘lgan tushunchani ana shu soha ilmiy uslubiga xos ifoda bilan tasvirlaydi.

Yüklə 105,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin