Terminologik lug‘atlar ma’lum bir sohaga tegishli so‘zni izohlaydi. Terminologik lug‘at izohli yoki tarjima ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Demak, terminologik lug‘atni bir tilli va ko‘p tilli lug‘atga bo‘lish mumkin. Quyida A.Hojiyevning «Lingvistik terminlarning izohli lug‘ati» (Toshkent, «O‘qituvchi», 1985) dan namuna keltiramiz:
«Кriptologiya. Maxfiy tillar, ularni tuzish qonuniyatlarini, rasshifrovka qilish usullarini o‘rganuvchi fan.
Кo‘makchili aloqa. So‘zlar o‘rtasida ko‘makchilar vositasida yuzaga keladigan aloqa: qalam bilan yozmoq, uyga qadar yugurmoq kabi.»
Tarjima lug‘atlarbir tildagi so‘z ma’nosining boshqa tilda ifodalanishi, berilishini ko‘rsatadi. Ruscha-o‘zbekcha lug‘atdan misol:
РАЗБОГАТЕТЬsov, (nesov, bogatet) boyimoq, boyib ketmoq, davlat orttirmoq.
ЦАРЕВНАj. r. mn.-ven. malika, shohbekach (podshohning qizi).
Tarjima lug‘ati ikki tilli yoki ko‘ptilli bo‘lib, lug‘atlarda so‘z ikkitadan ortiq tilda beriladi. Bunday lug‘atlar juda kam.
Tarjima lug‘atlari qanday birliklarni ifodalashiga ko‘ra turlicha bo‘ladi:
leksik birliklar lug‘ati;
frazeologizmlar lug‘ati;
har ikkala birliklar lug‘ati;
maqollar lug‘ati.
1984-yilda Toshkentda nashr etilgan ikki tomli «Ruscha-o‘zbekcha lug‘at» leksik birliklar lug‘atidir.
Frazeologik birliklar tarjima lug‘atiga M.Sodiqovaning «Ruscha-o‘zbekcha frazeologik lug‘ati» (Toshkent, 1972) namuna bo‘ladi. Undan ayrim misollar keltiramiz:
Ахнуть не успел–ko‘z ochib-yumguncha, bir zumda: og‘iz ochib bir narsa deguncha: bir og‘iz ham gap aytolmay qoldi (14-bet).
Беззаднихног–s.t. juda charchab holdan toygan, sulayib qolish (82-bet).
O‘zbek lug‘atchiligi axborot texnologiyalari asosida rivojlanish bosqichiga qadam qo‘ymoqda.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Leksikologiya nima?
So‘z til birligi sifatida qaysi yo‘nalishlarda o‘rganiladi?
Leksikologiyaning qaysi bo‘limida so‘zning semantik xususiyati – bir ma’nolilik va ko‘p ma’nolilik, umumiy va xususiy, mavhum va muayyan, bosh va hosila, to‘g‘ri va ko‘chma ma’nolari tekshiriladi?
Leksikologiya til lug‘at tarkibining boyishini tushuntirib bering.
Nazariy va amaliy leksikologiyaning farqi nimada?
Nazariy yondashuvda leksik sath birligi tilshunoslikda nima deb nomlanadi?
Lisoniy birlikbilan nutqiy birlik orasidagi farqni tushuntiring.
Leksema deb nimaga aytiladi?
So‘z deb nimaga aytiladi?
Leksema bir tushunchani ifodalasa, u nima deyiladi?
Leksema nutqda necha ma’noli bo‘ladi?
Nutqiy yasama so‘zning lisoniy sathga ko‘tarilishi qanday bosqichlarda kechadi?
Yasamaligini yo‘qotmagan, ya’ni o‘zida qolipning shakliy tomoni izini saqlagan, biroq ma’noviy tomondan qolipdan uzilgan, ma’nosini qolipning o‘ng (mazmuniy) tomonidan keltirib chiqarish imkoni bo‘lmagan, toraygan ma’noli leksema nima deb ataladi?
Soddalashgan leksema nima?
Tublashgan leksema haqida nimalarni bilasiz?
Leksemaning tashqi qobig‘i nima deb ataladi?
Semema va tushuncha munosabati haqida gapiring.
Sema mohiyatiga ko‘ra necha xil bo‘ladi va ular qaysilar?
Qachon atash semasi kuchsizlanib, ifoda semasi kuchayish holati yuz beradi?
Sema darajasiga ko‘ra qanday semaga ajratiladi?
Sememaning nutqiy lug‘aviy ma’no sifatida voqelanishi qanday kechadi?
Sememaning tayyor va nutqiy ma’noning tayyor emasligi haqida nimalarni bilasiz?
Sememaning takrorlanuvchanligi va nutqiy ma’noning betakrorligi haqida gapiring.
Hosila ma’no qanday yo‘l bilan vujudga keladi va ular qaysilar?
Metaforik ma’no nima?
Qanday yo‘l bilan hosil qilingan ko‘chma ma’no biror narsaning nomi bilan uning biror qismini atash va, aksincha, biror narsaning qismi bilan u mansub butunni atash tushuniladi?
Vazifadoshlik asosida vujudga kelgan hosila ma’no haqida nimalar deya olasiz?
Leksema semantikasidagi lisoniy o‘zgarish qandaynatijalarga olib keladi?