4. Shponka frezalash stanoklari. Kopirli frezalash stanoklari haqida tushunchalar.
Frezalash stanoklari haqida umumiy tushunchalar
Frezalash guruhi stanoklari mashinasozlik zavodlarida keng qo'llaniladi. Frezalash stanoklarida gorizontal, vertikal va qiya yassi, shakldor yuzalarni shakllantirish, to'g'ri va vintsimon ariqchalar va pazlar ochish, kopirlash usuli bo'yicha g'ildiraklarda tishlar kesish, tashqi va ichki rezbalar ochish kabi ishlar bajariladi. Zagotovka!ar yuzalarini frezalash texnologik usuli ko'p tig'li kesuvchi asbob - fre-zaning aylanma harakati va zagotovkaning ilgarilama surish harakati bilan xarakterlanadi. Frezalash guruhi stanoklari quyidagi asosiy tiplarga bo'linadi.
Hozirgizamonfrezalashstanoklaridabirqatorilg'orkonstruk-tivyechimlaro'zaksinitopgan: boshharakatvasurishharakatialohidayuritmalargaega (ajratiJgan), ishchistoliningbarcha yo'nalishlar bo'yichatezkorharakatlantiruvchimexanizmlarning mavjudligi, surish harakatini boshqarish bir dastak orqali amalga oshiriladi. StanokJarda uzellar va detallar keng unifikatsiya qilingan. Frezalash stanoklarini ikki asosiy guruhga ajratish mumkin: universal va ixtisoslashtirilgan stanoklar. Universal stanoklarning asosiy parametri sifatida zagotovka o'rnatiladigan stol ish yuzasining o'lchamlari {B*L)ko'rsatiladi. Frezalash stanoklarida bajarilishi mumkinbo'lgan ishlarning keng doirasi ulardan avtomobillar va yo'l qurilishi mashinalarini ta'mirlash korxonalarida keng foydalanish imkonini beradi.