2.1 Transport pog’onasi. Tarmoq pog’onasidagi transport protokolini bog’lashga mo’ljallangan uzatishni boshqarish protokoli TCP(Transmission Control Protocol), xususiyatlari Transport bosqichi paketni xatosiz va yo’qotmasdan, kerakli ketma ketlikda yetkazib berishga amalga oshiradi. Shu yerda yana uzatilayotgan axborotlarni paketga joylash uchun bloklarga taqsimlanadi va qabul qilingan axborotni qayta tiklanadi.
TCP/IP protokoli maxsus global tarmoq uchun va tarmoqlar o’rtasidagi muloqotni olib borish uchun loyihalashtirilgan. U past sifatli aloqa kanallariga va xatolikka yo’l qo’yish ehtimoli katta tarmoqlarga mo’ljallangan. Bu protokol dunyo kompyuter tarmog’i Internetda qabul qilingan, abonentlarning ko’p qismi oddiy telefon aloqa yo’llariga ulanadi. Uning asosida yuqoriroq bosqich protokollari ishlaydi, jumladan, SMPT, FTP, SNMP protokollari. TCP/IP protkollarining kamchiligi esa kichik tezlikda ishlashi. NetBIOS protokoli(tarmoq kiritish– chiqarish asos tizimi) IBM formasi tomonidan ishlab chiqarilgan, dastlab u IBM PC Network va IBM Token Ring tarmoqlari uchun mo’ljallanib, shaxsiy kompyuterning BIOS tizim andozasiga asoslangan holda loyihalashtirilgan. Shu davrdan boshlab bu protokol asosiy standart bo’lib qoldi(aslida standartlashtiril-magan) va ko’p tarmoq operatsion tizimlari tarkibida NetBIOS emulyatori bo’lib, ular moslikni ta‘minlaydi. Dastlabki vaqtlarda NetBIOS seans, transport va tarmoq bosqichlarining vazifalarini bajargan, keyin ishlab chiqarilayotgan tarmoqlarda pastki bosqichlar standart (masalan, IPX/SPX) protokollar ishlatilmoqda, lekin NetBIOS emulyator zimmasida faqat seans bosqichi qolgan. NetBIOS emulyatori
IPX/SPXga qaraganda ancha yuqori servisga egadir, lekin u sekin ishlaydi. NetBEUI – bu NetBIOS protokolining transport bosqichigacha rivojlantirilgan protokolidir.
TCP/IP
TCP/IP protokol steklari(Transmission Control Protocol/Internet Protocol)
bugungi kunda eng ko’p tarqalgan va fundamentaldir. U har qanday o’lchamdagi mahalliy tarmoqlarda ishlaydi. Undan tashqari protokollardan Internet global tarmog’ida ishlash imkonini beruvchi yagona protokoldir. TCP/IP protokollar stekiga turli bosqichlarda ishlovchi ko’p protokollar kiradi, lekin o’z nomini u ikkita TCP va IP protokollar nomidan olgan.
TCP(Transmission Control Protocol) – transport protokoli, TCP/IP protokollar stekidan foydalanib tarmoqda axborotlarni uzatishni boshqarish uchun xizmat qiladi.
IP (Internet Protocol) – tarmoq bosqich protokoli, turli tarmoqdan iborat bo’lgan tarmoqlarda axborotlarni yetkazish uchun transport protokollarining biridan foydalanadi, masalan, TCP yoki UDP.
TCP/IP stekning quyi bosqichi axborot uzatishning standart protokollaridan foydalangani uchun uni har qanday tarmoq texnologiyasi qo‘llanganda va har qanday operatsion tizimli kompyuterlarda ishlatish mumkin bo’ladi. Azaldan TCP/IP protokoli global tarmoqlarda foydalanish uchun loyihalashtirilgan, aynan shuning uchun u maksimal ravishda moslashuvchandir. Xususan paketlarni qismlarga ajratish imkoni bo’lgani uchun ham aloqa kanalining sifati e‘tiborga olinmasa ham, axborot albatta o’z manziliga yetkaziladi. IP – protokolining mavjudligi uchun ham turli segmentli tarmoqlar o’rtasida ham axborot uzatish mumkin bo’ladi.
TCP/IP – protokolining kamchiligi shundan iboratki, tarmoqda ma‘murlashtirish murakkablashadi
TCP transportli darajaning tipik bayonnomasi hisoblanadi: u ma’lumotlar oqimini boshqaradi, xatoliklarni qayta ishlaydi va barcha ma’lumot paketlari olinganligini va kerakli tartibda yig’ilganligini kafolatlaydi. Internet uchun transportli darajaning yana bir bayonnomasi mavjuddir: foydalanuvchi deytagrammasining bayonnomasi (UDP — User Datagram Protocol) oddiyroq va ma’lumotlarni masuliyatsiz jo’natishlarda ishlatiladi.
Bu bayonnomalarni ishlatish jarayonlarining ketma-ketligi quyidagicha bo’ladi.
Uzatiladigan axborot amaliy dastur vositalari bilan aniq bir formatli bloklarga joylanadi. IP bayonnomasi bu bloklarni paketlarga ajratadi, olingan axborotlarning to’liqligini tekshirish mumkin bo’lishi uchun paketlarning har biri nomer va sarlavxa oladi.
Tarmoqlararo TCP/IP bayonnomalarining ish mexanizmi pochta xizmatiga o’xshashdir:
• Oddiy pochta bo’yicha jo’natiladigan yozma axborotlar (xatlar) konvertlarga joylanadi, ularda jo’natuvchining va oluvchining adreslari bo’lishi kerak. Kompyuterlar ham xuddi shunday harakat qiladi: axborot bloklarini ajratib chiqadi va elektron paketlarga joylaydi hamda ularni optimal yo’l bilan bir kompyuterdan boshqasiga uzatadi. Bu elektron axborot paketlarida pochtadagilarga o’xshash standart joylashtirish bor: ma’lumotli axborot matni kodli konvertlarga joylanadi, u konvert axborotning boshlanishi va tugallanishi hamda sarlavhasining maxsus belgilaridan shakllantiriladi, konvertda esa jo’natuvchining va oluvchining adreslari (IP-adres deb ataladi) ko’rsatiladi. Bunday kodli konvert axborotning butunligini ta’minlaydi va uning tarmoqdagi yo’l ko’rsatuvchisi bo’lib xizmat qiladi.
• Xat jo’natilgandan keyin u pochta xizmatining ixtiyorida bo’ladi. Har bir pochta bo’linmasi oluvchining adresini o’qiydi, boshqa qaysi pochta bo’linmalari orqali xatni optimal usul bilan oluvchiga jo’natish kerakligini aniqlaydi va keyingi tanlangan aloqa bo’linmasiga xatni jo’natadi. Elektron paketlarni jo’natishning shunday algoritmi Internet tarmog’ida ham amalga oshirilgan. Pochta bo’linmalari vazifasini tarmoq uchastkalarini o’zaro birlashtiruvchi marshrutlovchilar bajaradi.
Elektron paketlar standart o’lchamga ega: bitga uzun axborot bir nechta paketlarga joylanishi mumkin va, aksincha, bitta paketga bir nechta qisqa axborotlar, agar ularda oluvchining bitta adresi bo’lsa, joylashishi mumkin. Har bir paket boshqa barcha paketlarga bog’liq bo’lmagan ravishda joriy vaqtdagi optimal marshrut bo’yicha oluvchiga etkazib beriladi. Boshqacha aytganda, o’zaro aloqador paketlar va bir kompyuterdan boshqa kompyuterga paketlar turli xil yo’llar bilan uzatilishi mumkin. Bunda bitta kanaldan tarmoqning umuman turli qismlariga yuborilayotgan paketlar uzatilishi mumkin. Bu telekommunikatsiya tizimining resurslarini juda samarali ishlatishga va uning shikastlangan uchastkalarini chetlab o`tishga imkon beradi.
Oluvchining qabul punktida har bir kelgan paketning sifati tekshiriladi (ma’lumotlarni uzatishda buzulishlar bo’lmadimikan), bitta uzun axborotli barcha paketlar birga yig’adi, bu axborotli barcha paketlarning borligi tekshiriladi va ishonchli bo’lsagina, ular umumiy axborotga birlashtiriladi. Agar ma’lumot paketi yo’qolgan yoki buzilgan bo’lsa, uning nusxasi so’raladi. Axborot barcha buzilmagan paketlar olingandan keyin tiklanganligi sababli ularning olinish ketma-ketligi ahamiyatga ega emas.
IP va TCP bayonnomalari shunchalik chambarchas bog’langanki,
cha ularni bitta nom ostida keltiriladi — TCP/IP bayonnomalari.
Bu bayonnomalar asosida ko’pgina tarmoqli servis bayonnomalari ishlab chiqilgan, ularning orasida quyidagilarni ta’kidlash kerak:
• File Tgapsfer Protocol (FTP) — fayllarni uzatish bayonnomasi:
• Telnet — uzoqdan murojaat qilish bayonnomasi, yani buyruqlarni uzoqdagi kompyuterda masofadan turib ijro etish;
• Simple Mail Tgapsfer Ptotocol (SMTP) — elektron pochtani yuborishning oddiy bayonnomasi; __
• Hyper Text Tgapsfer Protocol (HTTP) — gipermatnni uzatish bayonnomasi (Worid Wide Web da axborotlarni uzatishda ishlatiladi);
• Network News Tgapsfer Protocol (NNTP) — yangiliklarni (telekonferenciyalarni) uzatish bayonnomasi.
Foydalanuvchilarni tizim bilan muloqoti matnli interfeysni ishlatgan holda UNIX operacion tizimi asosida yoki hozirda anchagina keng tarqalgan MS Windows/Windows NT muxitida amalga oshirilib, bu muxit uchun Internet ning barcha texnologiyalari va servislari bilan ishlaydigan amaliy dasturlar mavjuddir, bu dasturlar o’z navbatida oddiy va qulay grafik interfeysga ega. UNIX ma’lumotlarni tarmoq ichida kodlash uchun KOI-8 kodlari ishlatiladi, Windows muxitida esa ANSI standartidagi kodlar ishlatiladi.
Tarmoqlar foydalanuvchilarga nafaqat tezkor ma'lumot almashish imkoniyatini, balki beradi birgalikda ishlash printerlarda va boshqalarda atrof-muhitva hatto hujjatlarni bir vaqtning o'zida qayta ishlash.
Kompyuter tarmoqlarining barcha xilma-xilligini xususiyatlar guruhiga ko'ra tasniflash mumkin:
Hududiy tarqalish;
Idoraviy mansubligi;
Axborot uzatish tezligi;
Uzatish vositasining turi.
Hududiy taqsimot nuqtai nazaridan tarmoqlar mahalliy, global va mintaqaviy bo'lishi mumkin.
Tegishli bo'lishiga ko'ra idoraviy va davlat tarmoqlari ajralib turadi.
Departament bitta tashkilotga tegishli va uning hududida joylashgan.
Axborot uzatish tezligi bo'yicha kompyuter tarmoqlari past, o'rta va yuqori tezlikka bo'linadi.
Transmissiya muhiti turiga ko'ra ular infraqizil diapazonda radiokanallar orqali axborot uzatuvchi koaksiyal, o'ralgan juft, optik tolali tarmoqlarga bo'linadi. 2.2 FTP pratakoli.
FTP protokoli(File Transfer Protocol) HTTP protokolidan farqli fayllar bilan ishlaydi. Bu protokol amaliy bosqichda ishlaydi va transport protokoli sifatida TCP – protokolini ishlatadi. Uning asosiy vazifasi fayllarni FTP – serverga uzatish hamda undan olishdir. FTP – protokoli buyruqlar to’plamidan iborat bo’lib, axborotlarni uzatish va ulash tartiblarini bayon qiladi. Bu holda buyruqlar va axborotlar turli portlardan foydalanib uzatiladi. Standart portlar sifatida 21 va 20 – portlar ishlatiladi:
Birinchisi – axborotlarni uzatadi,
Ikkinchisi – buyruqlarni uzatadi. Undan tashqari portlar dinamik bo’lishi mumkin. FTP – protokolining asosiy kamchiligi, axborotlarni shifrlash mexanizmi yo’qligidir. Bu esa bosh trafikka ega bo’lib, uning yordamida foydalanuvchining nomini va shuningdek, uning FTP – serverga ulanish parolini aniqlash imkonini.
beradi. Bu holni bartaraf etish uchun parallel ravishda SSL protokolidan foydalaniladi, bu esa axborotlarni shifrlashni amalga oshiradi.