Amaliy protokollar – ilovalarning muloqoti va ular o’rtasidagi axborot almashi-nuvini ta‘minlaydi. Ularning ko’p ishlatiladigani va taniqliligi quyidagilardir:-
FTAM(File Transfer Access and Management) – fayllarga bog’lanish OSI protokoli;-
X.400 – elektron pochtalarni halqaro almashish uchun CCITT protokoli;-
X.500 – bir necha tizimda fayl va katalog xizmati;
SMTP(Simple Mail Transfer Protocol) – elektron pochta almashinuvi uchun Internet global tarmoq protokoli;
FTP(File Transfer Protocol) – fayllar uzatish uchun Internet global tarmoq protokoli;
SNMP (Simple Network Management Protocol) – tarmoq monitoringi, tarmoq qismlarini nazorat va ularni boshqarish protokoli;
Telnet – Internet global tarmoq protokoli, u uzoqdagi xostlarni qayd qilish va ularda axborotga ishlov berish vazifasini bajaradi;
Microsoft SMBs(Server Message Blocks, serverni xabar berish bloklari) va mijoz qobig’i yoki Microsoft redirektorlari;
NCP(Novell Net Ware Core Protocol) va mijoz qobig’i yoki Novell redirektorlari.
3.1 Telekommunikatsiya. Global kompyuter tarmog’i – Internet Keng ma’noda telekommunikatsiya - bu bir-biri bilan bevosita aloqada bo’la olmaydigan masofada turuvchi sub’ektlar (odamlar, uskunalar, kompyuterlar) o’rtasidagi muloqotdir. ( “Tele”- uzoqdagi, “ kommunikatsiya”– aloqa, xabar). Masalan: kemalar o’rtasidagi yorug’lik signallari almashuvi, telegraf, televidenie, telefon va boshqalar. Kompyuter telekommunikatsiyasining rivojlanishi Internet va Windows ning kelib chiqishidan ancha oldin boshlangan. Misol qilib oladigin bo’lsak, asrimizning 80 yillarida butun dunyoda, shu jumladan, sobiq ittifoqda ham MS DOS muhitida ishlovchi BBS (Bulletin Board System) faylli serverlar faoliyat ko’rsatgan. BBS abonentlari tekinga e’lonlarni ko’rib chiqish va yozib qoldirishi, pochta 91 ma’lumotlari va fayllari bilan almashinish imkoniyatiga ega bo’lishdi. Kompyuterlarning lokal tarmoqlari (LVS), bir – biridan uncha uzoq bo’lmagan (bir necha yuz metr atrofida foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatadi. LVSni “mijozlari” (terminallari) ulangan katta bir kompyuter deb tasavvur etishi mumkin. Biroq kompьterlar va LVS lar turli xil aloqa vositalari orqali xududiy va jahon (xalqaro) tarmoqlariga ulanishi mumkin. Kompyuterlarni telekomunikatsion tarmoqqa ulash uchun quyidagilar zarur: 1. Kommunikatsion jihozlar va aloqa kanali (hech bo’lmaganda modem va telefon tarmog’i); 2. Kommunikatsion dasturlar. Modem – bu kompyuterni xalqaro tarmoqqa ulanish imkonini beruvchi standart qurilma (Modulyator – Demodulyator). Modemning bir tomoni kompyuterga, ikkinchi tomoni telefon tarmog’iga ulanadi. Modemning yagona funktsiyasi – bu kompyuterning diskret ( raqamli ) signalini, telefon tarmog’ida uzatiladigan uzluksiz ( analogli ) signalga aylantirish va aksincha. Modem bilan ishlash uchun maxsus dastur ta’minoti ishlatiladi. Kompyuter bilan provayder uzeli o’rtasidagi aloqa vositasi sifatida oddiy yoki maxsus telefon tarmog’idan foydalaniladi. Biz asosan telekommunikatsiyaning dasturli ta’minotini ko’rib chiqamiz va u o’z navbatida ikki sinfga bo’linadi. 1. Mijoz – dasturlar. Bu dasturlar sizning kompyuteringizda joylashgan bo’lib, o’z talablarini (savollarini ) serverga yuboradi. 2. Server – dasturlar .Bu dasturlar tarmoqning narigi uzelida joylashgan bo’lib, ular sizning kompyuteringizga xizmat ko’rsatadilar. Telefon tarmog’iga qiyos qilganda, ATS – bu server, sizning telefoningiz – bu mijoz. Kommunikatsion tarmoqlar texnologiyasini ko’pincha “mijoz – server” texnologiya deb atashadi. Bu tushuncha keng ma’noda to’g’ri, lekin shu narsani esda saqlashimiz lozimki, axborotlar tizimida “mijoz – server” tushunchasi ma’lumotlarning qayta ishlashning funktsional modelini bildiradi. Umuman olganda, server va mijozlar universal emas: tarmoqli xizmat ko’rsatishning har bir turi o’z serveri va mijoziga ega. Masalan, pochta serverlari va mijozlari mavjud, FTP – serverlar va FTP - mijozlar. Ko’pincha server deb, serverli dasturlarga ega bo’lgan kompyuterlarni ham aytishadi.
SHu narsani esda saqlash lozimki, bir server - kompyuterda bir necha server dasturlar ish olib borishi mumkin. Zamonaviy telekommunikatsiyalarning rivojlanishida ikki xil jarayonni ajratish mumkin: Bir tomondan, tarmoqli xizmat turlari asta sekin Internet texnologiyalari bilan qo’shilib ketmoqda. Ikkinchi tomondan, Internet vositalari grafikli texnologiyaning tarkibi bo’lib kelmoqda. Hozirda eng katta global axborot tizimi bu Internet tarmog’idir. Haqiqatdan olganda, Internet aniq bir tashkiliy tuzilishga ega emas. Internet tizimi hukumatlar, ilmiy, tijorat va notijorat tashkilotlari tashabbusi 92 bilan tashkil etilgan bir qancha mustaqil kompyuterlar tizimlarini birlashmasidan iborat. Internet tarixini asrimizning 60 yillarida AQSH mudofaa vazirligida hisoblash tarmog’ining – ARPAnet ning paydo bo’lishi bilan bog’lashimiz mumkin. Bu tarmoq urush vaqtida harbiy operatsiyalarni hamda mamlakatni boshqarish uchun mo’ljallangan bo’lib, uning asosiy kontseptsiyasi quyidagidan iborat: Tarmoqdagi har bir kompyuter bir – biridan mustaqil ravishda muloqatda bo’ladi, ular orasidagi aloqa mutlaqo ishonchsiz bo’lib, xoxlagan paytda buzilishi mumkin. (Misol uchun, bombordimon qilinganda). Bunda, birinchidan, butun bir tarmoqning ish qobiliyati saqlanib qoladi, ikkinchidan esa, sog’ qolgan kompyuter boshqa butun qolgan aloqa kanallari orqali tarmoqqa ulanishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, tarmoqning hamma uzellari bir – biridan ma’lum darajada mustaqil ishlashi kerak. SHunday qilib, Internet ning asosiy printsipi – bu tarmoqdagi har bir uzel (kompyuter)ning shu uzel bilan bevosita bog’liq bo’lmagan tarmoq qismlaridagi buzilishlardan hamda nuqsonlardan mustaqilligidir.
Foydalanuvchining nuqtai nazaridan qaraganda, zamonaviy tarmoq – bu bir-biri bilan aloqa kanallari orqali ulangan yirik uzellarning to’plamidan iborat. Har bir uzel – ko’pincha UNIX operatsion sistemasi boshqaruvi ostida ishlovchi, bitta yoki bir nechta qudratli server- kompyuterlardir. Ko’pincha bu kompyuterlarni bosh kompyuter yoki xost kompyuter (anglizcha “xost”– xo’jayin ) deb atashadi. Bu uzelni uning egasi bo’lmish provayder deb ataluvchi tashkilot boshqaradi (ingl. “Provide”– ta’minlamoq so’zidan olingan). Ko’p hollarda alohida olingan tarmoqning nomi - bu uning provayderining nomi. Provayderlar ma’lum bir turdagi xizmatlar bilan ta’minlaydilar. Rossiyadagi ko’p taniqli provayderlardan biriga: GlasNet ni, Relkomni, Demosni, Sovam Teleport ni kiritishimiz mumkin. CHet eldagi eng yirik provayderlar bu– CompuServe va Amerika - Online hisoblanadi. Provayderlarning darajasi, ixtisosligi va boshqa omillariga qarab, kompaniyalarning xizmat turlari va xizmat xaqlari farqlanadi. SHunday qilib Internet ga ulanish degani bu: Modemga ega bo’lish va kompyuterga uni ulash; Provayder bilan shartnoma tuzib, u bilan telefon tarmog’i yoki alohida boshqa aloqa kanali orqali muloqot o’rnatish demakdir;