Fuqarolarning



Yüklə 51,4 Kb.
səhifə1/4
tarix10.04.2023
ölçüsü51,4 Kb.
#95904
  1   2   3   4
10 mavzu Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari reja


FUQAROLARNING O‘ZINI-O‘ZI BOSHQARISH ORGANLARI
Reja:

  1. Fuqarolik jamiyati tizimida mahalla va o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘rni.

  2. Mahalliy hokimiyat va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘zaro munosabatlari.

  3. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini tashkil etish.

  4. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishini rivojlanishining konseptual asoslari.

    1. Fuqarolik jamiyati tizimida o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘rni

Fuqarolik jamiyati institutlari tizimida o‘zini o‘zi boshqarish organlari (mahalla)ning o‘rni beqiyosdir. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, “...o‘zini o‘zi boshqarish organlari – bizning kelajagimiz. Fuqarolik jamiyatini qurmoqchi ekanmiz, uning asoslarini tashkil etuvchi poydevor mana shu organlar bo‘ladi. Biz bugun ana shu asoslarni qurishni boshladik” .Ko‘pchilik mamlakatlardan farqli o‘laroq, mahalla instituti yurtimizda ming yillar davomida sinalgan va chuqur ildiz otgan, aholini birlashtirib turadigan ijtimoiy hodisa sifatida rivojlanib kelmoqda. Ayniqsa, uning hozirgi bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida xalqimizning urf-odatlari, an’analari va qadriyatlarini saqlab qolish, ularni jipslashtirish kafolati sifatida maydonga chiqayotganligini yaqqol ko‘rib turibmiz.
O‘zbekistonda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqaruvini amalga oshirishda mahalla o‘rnak bo‘ladi. Mahalla o‘zbeklarning tarixan shakllangan jamiyat taraqqiyotini yuksaltirish uchun yagona maqsad bilan yashab, faoliyat ko‘rsatish makoniga aylangan. U o‘zbek xalqining turmush tarzi, ruhiyati, ijtimoiy hayotining o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi, milliy an’analarini, urf- odatlarini, axloqiy-ma’naviy qadriyatlarini avloddan-avlodga etkazuvchi muqaddas maskan bo‘lib kelgan. Mahalla insonlarning millati, yoshi, jinsi, dini, irqi, tili, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar ularni ezgulik yo‘lida jipslashtiruvchi va birlashtiruvchi katta va muqaddas oila hisoblanadi.
Mahalla sharqona an’analar, urf-odatlar va marosimlarni jamoada amalga oshirib, avloddan- avlodga etkazib kelmoqda. Mahalla faollari an’anaviy, oilaviy to‘ylar, bayramlar, motam marosimlarini o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy ishlarni amalga oshirishda bosh-qosh bo‘lishadi. Ularni dabdabasiz, isrofgarchiliksiz, ortiqcha xarajatlarsiz, ixcham qilib o‘tkazish, mahalla oqsoqoli va maxsus mutasaddi komissiyalarga bog‘liq. Mahallada o‘tayottan har bir tantana yoki marosim uchun mahalla ahlining kattayu kichigi birday mas’uldir. Bunday tadbirlarda kattayu kichikka, boyu kambag‘alga, mansabdoru oddiy fuqaroga bir xil hurmat va ehtirom ko‘rsatiladi. CHunki mahallaning barcha a’zosi yagona, teng huquqli va mustahkam bitta oila hisoblanadi.
Mahallada kelajak avlodimiz tarbiya topadi. Bu erda o‘sayotgan har bir yigit-qizning axloq- odobi uchun butun mahalla ahli mas’uldir. SHuning uchun ham “Bir bolaga etti qo‘shni ota- ona”, “Bir bola tarbiyasi uchun etti mahalla ota-ona” kabi naqllar bejiz paydo bo‘lmagan. YOshlarning har bir xatti-harakati barchaning diqqat-markazida bo‘ladi. Mahalladoshlarning har bir yosh taqdiriga javobgarligi, ularni nazorat qilishi - barkamol insonni tarbiyalab etishtirishning negizidir. Xulq-odobi yaxshi har tomonlama namunali farzand mahallaning obro‘sidir, noqobil, axloqan nomaqbul farzand esa mahalla uchun qora dog‘idir. Mahalladan yurtga taniqli insonlar etishib chiqsa, butun mahalla ahli, ularning avlod-ajdodlari g‘ururlanadilar.
Mahalla tuzilmasi va funksiyasi vaziyatga qarab o‘zgarib turgan, ammo u o‘zini o‘zi boshqarish tamoyilini saqlab qolgan, o‘z hududida istiqomat qiluvchi kishilar o‘rtasida ijtimoiy- iqtisodiy munosabatlarni muvofiqlashtirib turgan. Mustaqillik yillarida mahallalar jamiyatning moddiy-ma’naviy asoslarini yaratish tayanchiga aylanib, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-siyosiy masalalarni hal etib, fuqarolar yig‘inida demokratiya tamoyillarini shakllantirish, inson omilini qadrlash makoni sifatida tiklanmoqda.

Mahalla, umuman, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organalarining fuqarolik jamiyatidagi roli ularning muayyan hududdagi aholinini birlashtirishi, uni yagona jamoaga aylanishi va faoliyat ko‘rsatishiga xizmat qilishidadir. Bugungi kundagi zamonaviy tadqiqotlarda munitsipal tuzilmaning aholisi - “hududiy ommaviy jamoa”, “hududiy jamoa”, “mahalliy hamjamiyat” tushunchalari bilan belgilanadi. V.E. CHirkinning ta’rificha, hududiy ommaviy jamoa - aholini hududiy mansublik belgisi bo‘yicha tashkil etishning maxsus shakli va odamlarning fuqaroligi va yoshidan qat’i nazar maxsus uyushmasidir. Hududiy ommaviy jamoa sifatida u davlatni tashkil etgan jamiyatlar, ularning ichida tuzilishi mumkin bo‘lgan va tashkil etilayotgan boshqa hududiy ommaviy jamoalar: federatsiya sub’ektlari, siyosiy avtonomiyalar, munitsipal tuzilmalarning aholisi (xalqi)ni ajratadi. Hududiy jamoa a’zolarining o‘zaro aloqalari murakkab kommunikatsiyalar tizimidan iborat. Nikolas Lumanning fikricha, kommunikatsiya butunlay ongga bog‘liq bo‘lib, ya’ni kommunikatsiyaning o‘zi emas, balki ongning axborotni qabul qilish funksiyasini bajaradi. Ushbu holat o‘zini o‘zi boshqarishda alohida insonning ishtiroki, uning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratishni taqozo qiladi. O‘zbekiston Respublikasida “Jamiyatda aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish Milliy dasturi”ning qabul qilingani mazkur masalani hal qilishning tashkiliy-huquqiy asoslarini belgilab berdi. Faol shaxslargina o‘z manfaatlarini anglab, ularni bevosita o‘zlari yoki turli guruhlarga, xususan hududiy jamoalarga uyushgan holda amalga oshiradilar.
Fuqarolarning uyushganlik darajasi, o‘zaro aloqalarining yaqinligi, hududiy jamoalarning turli ko‘lamda tashkil etilishiga qarab farqlanishi tabiiy holdir. Aynan ushbu holat turli ko‘lamdagi hududiy jamoalarning faolligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Eng quyi qishloq, shaharcha, mahalla jamoalari a’zolari aloqalarining yaqinligi, ularning boshqaruvdagi bevosita ishtiroki tufayli, hududiy hamjamiyatlarni shakllantiradi. Aynan shunday hamjamiyatlar manfaat guruhlarini tashkil etib, hudududiy o‘zin o‘zi boshqaruvchi sub’ekt hisoblanadi. Bundan har bir hududiy jamoa, uning ko‘lamidan qat’i nazar, rivojlangan kommunikatsiyalar tizimiga ega bo‘lishi lozim degan xulosa kelib chiqadi.
Hududiy jamoalarning faolligi ular tomonidan shakllantirilgan ijtimoiy-siyosiy institutlar faoliyatiga bevosita bog‘liqdir. Bunday institutlar, xoh ijtimoiy, xoh siyosiy bo‘lsin, ijtimoiy guruhlarga siyosat sohasida o‘z manfaatlarini tartibli qondirish imkonini beradi. Ular munosabatlarni barqarorlashtirib, individlar va guruhlar yurish-turishini tartibga solib, ularning harakatlarini muvofiqlashtiradi va integratsiyalashuvini ta’minlaydi. Ijtimoiy institutlar, avvalo, muassasalar tizimi bo‘lib, ularda ijtimoiy guruh a’zolari tomonidan tayinlangan yoki saylangan muayyan shaxslar jamiyat va individual manfaatlarni qondirish, shuningdek guruhning boshqa a’zolari yurish-turishini tartibga solish maqsadida umumiy boshqaruv funksiyalarini bajarish vakolatini oladilar. Fuqarolar yig‘inlari bunday institut vazifasini o‘taydi.
2015 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra respublika hududida 9 787 ta fuqarolar yig‘ini faoliyat ko‘rsatmoqda, jumladan, 189 ta shahar fuqarolar yig‘ini, 1295 ta qishloq, 157 ta ovul va
8 146 ta mahalla fuqarolar yig‘inlaridir. O‘rta hisobda har bir fuqarolar yig‘ini 3 mingga yaqin kishini qamrab oladi. Bugungi kunda fuqarolar yig‘ini raisi lavozimida 1255 nafar ayol faoliyat yuritib, umumiy raislar sonining 12,8% ni tashkil etadi. Aksariyat fuqarolar yig‘ini raislari (54,6
%) oliy ma’lumotga ega bo‘lib, hududlar miqyosida eng yuqori ko‘rsatkich Qashqadaryo viloyatida - 72,3%, Qoraqalpog‘iston Respublikasida - 77,1%, Toshkent shahrida -77% ni tashkil etadi.
Hozirgi kunda har bir fuqarolar yig‘inidagi shtat lavozimida fuqarolar yig‘ini raisi, diniy ma’rifat va ma’naviy-ahloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchi, ma’sul kotib va “Mahalla posboni” jamoat tuzilmasi rahbari - jami 40 mingga yaqin kishi faoliyat ko‘rsatmoqda. Undan
tashqari, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatida jamoatchilik asosida fuqarolar yig‘inining obro‘li va hurmatga sazovor a’zolari o‘rtasidan saylangan maslahatchilar faoliyat yuritadi, ular faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha saylangan komissiyalarga rahbarlik qiladi. Ularning soni 100 ming kishiga yaqin.
O‘zbekistonda o‘zini o‘zi boshqarish organlarini qo‘lab quvvatlashda Respublika “Mahalla” xayriya jamoat fondining roli katta. Respublika “Mahalla” xayriya jamoat fondi 1992 yilda tashkil etilgan bo‘lib, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarini mustahkamlashda, ularning qonunchilikda belgilangan huquq va vakolatlarini samarali tatbiq etishda, jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi o‘rnini yuksaltirishga ko‘maklashadigan etakchi jamoat tashkiloti hisoblanadi. Ushbu jamoat fondi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi ishchi organi maqomiga ega. O‘z navbatida “Mahalla” xayriya jamoat fondining hududiy bo‘linmalari maqomiga ko‘ra fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha hududiy kengashlar ishchi organlari hisoblanadi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlari faoliyati mamlakat aholisi tomonidan keng miqyosda qo‘llab- quvvatlanishga va Hukumatning yuksak e’tirofiga sazovor bo‘lmoqda. 2010-2013 yillar davomida fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining 150 nafarga yaqin xodimi turli davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan. 2014 yilda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari 27 nafar xodimi davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. 2014 yil 21 dekabrda bo‘lib o‘tgan saylovlarda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining 692 nafar xodimlari xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari deputatligiga, 29 nafari viloyat Kengashi deputatligiga va 3 nafari Oliy Majlis Senati a’zoligiga saylanganlar. Bu fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida bugungi kunda hurmat va ehtiromga loyiq insonlar faoliyat yuritishayotganini ko‘rsatadi.

    1. Mahalliy hokimiyat va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘zaro munosabatlari

Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mustaqilligi ularning mahalliy hokimiyat organlari bilan munosabatlarida aks etadi. O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini 213
o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonunining 3-moddasiga muvofiq fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi fuqarolarning mahalliy ahamiyatga molik masalalarni o‘z manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy xususiyatlaridan, shuningdek milliy va ma’naviy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va an’analardan kelib chiqqan holda hal qilish borasidagi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan kafolatlanadigan mustaqil faoliyatidir. Mazkur Qonun 8-moddasining ikkinchi qismida esa fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi va qonun bilan berilgan o‘z vakolatlarini tegishli hudud doirasida amalga oshirishi mustahkamlangan.
“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning214 4-moddasida mahalliy davlat hokimiyati va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘zaro munosabatlari belgilangan. Mazkur moddaga muvofiq xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi va viloyat, tuman, shahar hokimi tegishli hududda o‘zini o‘zi boshqarishni rivojlantirishga ko‘maklashishlari, o‘zini o‘zi boshqarish organlarining faoliyatini yo‘naltirib turishlari belgilangan. Ushbu Qonunning 1-moddasida esa Xalq deputatlari Kengashi va hokim davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘rtasidagi aloqalarni, aholini viloyat, tuman va shaharni boshqarishga jalb etishni ta’minlashi belgilangan. Mahalliy davlat hokimiyati va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari turli
masalalar yuzasidan o‘zaro munosabatlarga kirishadilar. Ushbu munosabatlar fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarini qo‘llab-quvvatlash, mahalliy boshqaruvdagi ishtirokini ta’minlash, shuningdek mahalliy hokimiyat organlarini o‘zini o‘zi boshqarishni yo‘naltirishdan iboratligi ayon bo‘ldi.
“Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq davlat organlari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur sharoit yaratadi, qonun hujjatlari bilan berilgan vakolatlarni amalga oshirishda ularga ko‘maklashadi. Ushbu moddaga binoan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, xususan hukumat va parlament boshqa davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatiga aralashmasligini ta’minlaydilar. Bunday faoliyat qonunlar va boshqa qonun hujjatlarida, dasturlarda tegishli me’yorlarni hamda choralarni belgilash, ularning ijrosini ta’minlashdan iborat.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining o‘zini o‘zi boshqarishni rivojlantirishga ko‘maklashishini tashkil etish barcha davlatlarda dolzarb masalardan biri hisoblanadi. Masalan, Italiya Respublikasi Konstitutsiyaning 5-moddasida mahalliy avtonomiyani tan olishi va uning rivojlanishiga ko‘maklashishi konstitutsiyaviy tuzum tamoyili sifatida belgilangan . O‘zbekistonda o‘zini o‘zi boshqarishni o‘rganish ko‘plab muammolarning mavjudligi, ularni hal qilish borasida metodik ko‘rsatmalar, mahalla raislari (oqsaqollari), ularning maslahatchilari va faollari malakalarini oshirish va boshqa masalalarda ko‘maklashishga muhtojligi ayon bo‘ladi. Ushbu va boshqa masalalarni hal qilishda mahalliy hokimiyat organlari tomonidan ko‘maklashishning shakl va uslublarini takomillashtirish ehtiyoji namoyon bo‘lmoqda.
O‘zbekistonda mahalla faoliyatini tashkil etish, uni rivojlantirishga ko‘maklashishga alohida e’tibor berilmoqda. Davlatimiz rahbari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining o‘n yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida 2003 yilni “Obod mahalla yili”, - deb e’lon qilib, “... mahallaning hayotimizdagi mavqei yuksak, uning qonuniy, huquqiy asoslari har tomonlama mustahkam bo‘lib rivoj topsa, bu idorani jamiyatimiz siyosiy-iqtisodiy va ma’naviy hayotining ajralmas bir qismi, quyi boshqarish tizimi sifatida nechog‘li kuchaytirsak, buning uchun barcha moddiy-moliyaviy sharoitlarni tashkil qilib bersak, o‘ylaymanki, bu o‘z oldimizga qo‘ygan oliy maqsadlarga erishish yo‘lida katta qadam bo‘ladi”, deb ta’kidladi.
2013 yilning oktyabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kursini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori amaliy choralardan biri bo‘ldi. Ushbu qarorga muvofiq har bir hududda tashkil qilingan fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslari o‘zini o‘zi boshqarishni rivojlantirish, bu borada mavjud muammolarni hal etishga katta ko‘mak bo‘ldi. 2014 yil mobaynida ushbu o‘quv kurslarida, jami o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining 35% ni tashkil etuvchi 13 ming 983 nafar xodimlar malaka oshirib, o‘quv kurslarining sertifikatlarini qo‘lga kiritishdi.
O‘zbekistonda ham demokratik davlatlar kabi fuqarolar yig‘inlarining ijtimoiy-siyosiy funksiyalari e’tiborga olinib, ularning davlat va mahalliy boshqaruvdagi ishtiroki, bu borada mahalliy hokimiyat organlarining vazifalari alohida e’tirof etiladi1. Masalan, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 1-moddasida xalq deputatlari Kengashi va hokim O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘rtasidagi aloqalarni, aholini viloyat, tuman va shaharni boshqarishga






Yüklə 51,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin