Ijtimoiy-siyosiy barqarorlikning tamoyillari quyidagilardir:
1) Ijtimoiy adolatni ta’minlashdir. Ijtimoiy adolat tahmin bo’lishi uchun mamlakatda qonun ustuvorligi, fuqarolarning qonun oldida tengligi va o’z ish faoliyatlarini qonun doirasida amalga oshirishni bildiradi. Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, «Qonunning ustuvorligi - huquqiy davlatning asosiy printsipidir». Amir Temurning «Qaerda qonun hukmronlik qilsa, o’sha yerda erkinlik bo’ladi» degan o’gitlari sharqona huquqiy davlat qurishda asos bo’lib xizmat qiladi. «Adolat va haqiqat g’oyasi ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarini qamrab olmog’i darkor.
Adolat va haqiqat g’oyasi qonunchilik faoliyatimizning zamini, bosh yo’nalishi bo’lmog’i shart», – degan edi Yurtboshimiz Islom Karimov. – Mamlakatda adolat tamoyillari amal qilishi, barqarorlik hukm surishida uch sub’ektning, ya’ni davlat, jamiyat va fuqarolarning o’zaro munosabatlaridagi qonuniylik asos bo’ladi. Boshqacha aytganda, ana shu uch sub’ekt - davlat, jamiyat va inson munosabatlari bir-biriga mos kelishiga erishilsagina, ota-bobolarmiz orzu qilgan adolatli jamiyat barpo bo’ladi28.
Dostları ilə paylaş: |