Fuqarolik jamiyati institutlari tushunchasi, uning ma’no va mazmuni


Ijtimoiy-siyosiy barqarorlik tushunchasining mohiyati



Yüklə 268,81 Kb.
səhifə49/79
tarix01.01.2022
ölçüsü268,81 Kb.
#50392
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   79
Fuqarolik jamiyati institutlari tushunchasi, uning ma’no va mazm

3. Ijtimoiy-siyosiy barqarorlik tushunchasining mohiyati,

belgilari va uning zarurligi
Jamiyatda, xususan, har qanday davlatning siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy barqaror rivojlanishi ikki muhim jihat bilan bog’liq bo’ladi: birinchisi, ijtimoiy-siyosiy beqarorlik (albatta uning oldini olish kerak), ya’ni notinchlik bo’lsa, ikkinchisi, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikdir. Prezidentimiz Islom Karimov mustaqillik yillarida xalqimizni doim ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka dahvat etib kelmoqda.

1. Ijtimoiy-siyosiy beqarorlik, notinchlik belgilariga quyidagilar kiradi: tajovuzkorlik, aqidaparastlik, diniy ekstremizm, islom fundamentalizmi, davlat shovinizmi, millatchilik, agressiv millatchilik, korruptsiya va jinoyatchilik, mahalliychilik va urug’-aymoqchilik, shuningdek, o’z siyosatini, tahsirini o’tkazish va hukmronlik qilishga urinayotgan kuchlar, terrorizm va hokazo. Masalan, ana shunday yovuz kuchlarning bahzi ahzolari tomonidan sunhiy ravishda 1989 yil may-iyung’ oylarida Farg’ona, 1990 yil fevralg’-mart oylarida Bo’ka va Parkentda, 1990 yil iyung’ oyida O’sh va O’zganda dahshatli voqealar sodir etildi. 1991 yil 8 dekabrida Namangandagi sobiq viloyat ijroqo’mi binosini egallab olgan diniy ekstremistlarning konstitutsion tuzumga qarshi tajovuzlari. 1992 yil 16 yanvarida Toshkentdagi talabalar shaharchasida uyushtirilgan tartibsizliklar. 1999 yil 16 fevralg’ kuni soat 14 ga yaqin mamlakatimiz poytaxti Toshkentda, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi binosi yonida kuchli portlash sodir etildi. SHunday portlashlar shahardagi «Nodirabegim» kinoteatri, Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, Ichki ishlar vazirligi binolari yonida ham yuz berdi. Portlashlar oqibatida 13 kishi halok bo’lib, bir necha mashina yonib ketdi. Jabrlanganlarning deyarli barchasi tinch aholi vakillaridir. 128 nafar odam turli darajada tan jarohati oldi.

Xuddi shunday tashqi va ichki dushman tomonidan sunhiy ravishda tashkil qilingan harbiy harakat 2000 yil avgustda Surxondaryo viloyatining Sariosiyo va Uzun tumanlari, Toshkent viloyatining Bo’stonliq tumani hududlarida ham sodir etildi. Bu qo’poruvchilik harakatida ishtirok etgan 12 nafar jinoyatchini uzoq muddatlarga ozodlikdan mahrum etish yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining chiqargan hukmini barcha yurtdoshlarimiz mahquladilar. Portlashlarni sodir etgan ijrochilar va bu kuchlarning orqasida turgan yovuz, johil kimsalar halok bo’lganlarning tirnog’iga ham arzimaydi.

2004 yil 28 mart - 1 aprelg’ kunlari Toshkent shahri, Buxoro va Toshkent viloyatlarida takroran terrorchilik harakatlari sodir etildi.1 Bir necha begunoh odamlar, militsiya xodimlari qurbon bo’ldilar. Yovuz kuchlar harakati bostirildi. Jinoyatchilarning o’zlari tomonidan yasalgan moslamalarning portlashi tufayli hamda maxsus operatsiyalar davomida 33 nafar terrorchi yo’q qilindi, ularning 7 nafari ayollardir. Qo’lga tushurilgan 54 nafar gumondor shaxslardan 45 nafariga nisbatan ayblov ehlon qilingan, ularning 15 nafari ayollardir. 2004 yil 30 iyulg’ kuni Toshkent shahrida Isroil va AQSH elchixonalari oldida, O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi binosida terrorchilik harakatlari uyushtirildi. Buning natijasida 4 ta begunoh fuqarolarimiz halok bo’ldi. Jinoyatchilar qilmishiga yarasha jazolandilar.

2005 yil 12-13 may kunlari Andijon shahrida ana shunday qo’poruvchilik, terrorchilik harakatlari uyushtirildi. Natijada 200 ga yaqin O’zbekiston fuqarolari qurbon bo’ldi. Xalqimizning tinch va osoyishta hayotiga tajovuz qilishga urinayotgan kuchlar hech qachon o’zining qora niyatiga yetolmaydilar.

2005 yil 13 mayda sodir bo’lgan Andijon voqealari davlatimiz rahbarining 2005 yil 14 may kuni Oqsaroy qarorgohida, 17 may kuni O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida o’tkazilgan matbuot anjumanlaridagi bayonotlari, muxbirlarning savollariga javoblarida aytib o’tildi. Andijon voqealari to’g’risida uydirma va haqiqat oydinlashtirildi. Islom Karimovning 2005 yil 19 avgust kuni Oliy Majlis Senati Kengashining majlisida so’zlagan nutqi O’zbekiston yovuzlik va terror yo’lidagi mustahkam to’siq bo’lganligi alohida ta’kidlandi. SHu boisdan ham doimo ogoh bo’lish zaruriyati yana bir bor bayon etildi. Mavzuni yoritishda ogohlik mustaqillikni asrab-avaylash, himoya qilish va mustaqillikning muhim sharti ekanligi Islom Karimovning «Ogoh bo’ling, odamlar» degan dahvati bilan bog’lamoq kerak. Vatanimizning tinchligi va xavfsizligi o’z kuch-qudratimizga, xalqimizning hamjihatligi va bukilmas irodasiga bog’liq jarayondir25. Mamlakatimizdagi ko’plab mahallalarda «O’z uyingni o’zing asra!», «Tinchlik uchun kurashmoq kerak!», «O’zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo’lmaydi» degan shiorlar ostidagi harakatlar, ularning tinchlikni mustahkamlashdagi ahamiyati keng bayon etildi.

Umuman, bu tajovuzkor aqidaparastlar mustaqil davlatlardagi o’tish davri qiyinchiliklaridan foydalanib qolishga urinmoqda. Prezident Islom Karimov «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida «O’tish davrining keskin ijtimoiy muammosi ko’p kishilar uchun qaror topgan turmush tarzining buzilishidan, hayotiy mo’ljalning, fikrlash tarzi, ijtimoiy fehl-atvor, boqimandalik kayfiyatlarining o’zgarishidan iborat. O’tish davrida odamlarning tafakkur yuritish psixologiyasi o’zgaradi, bu esa, ayonki, Hamma vaqt ham oson kechavermaydi»26. Yurtboshimizning bu falsafiy, mantiqiy fikrlarini hayotning o’zi tasdiqlab turibdi.

SHu boisdan ham jamiyatimizda hozirda mavjud bo’lgan, ko’zga yaqqol tashlanayotgan, bahzi sodir bo’layotgan korruptsiya, tahmagirlik, poraxo’rlik, loqaydsizlik, boqimandalik kabi illatlarning ildiziga bolta urish lozim. Tabiiy va sunhiy yuzaga keladigan ijtimoiy-siyosiy beqarorlik xavf-xaratlarining oldini olish zarur. Bular yurtimizda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni mustahkamlash uchun muhim va hal qiluvchi rolg’ o’ynamog’i darkor.

Mana shu yuqorida bayon etilgan illatlarning oldini olmaslik va ularni tag-tomiri bilan yo’qotmaslik jamiyat ahzolari bilan davlat o’rtasidagi munosabatlarda jarlikni yuzaga keltiradi. Ya’ni, ular o’rtasidagi o’zaro mutanosiblik yo’qoladi. Oxir-oqibatda jamiyat ijtimoiy-siyosiy tizimidan norozilik illatlari shakllana boshlaydi. Xilma-xil ish tashlashlar, norozilik namoyishlari va harakatlarga olib kelishi mumkinki, bunga aslo yo’l qo’yib bo’lmaydi.

Hozirgi paytda Prezidentimiz Islom Karimov olib borayotgan ichki va tashqi siyosatning shu narsaga yo’naltirilayotganligini katta xursandchilik bilan qayd etib, uni tag’in takomillashtirish, kuchaytirish lozim. Bu taraqqiyot oxir-oqibatda mamlakatning to’la ijtimoiy-siyosiy mustaqilligini tahminlab, shu orqali respublikamiz ijtimoiy rivojlanishini tezlashtirishga, ozod va obod Vatanni, xalqimiz farovon hayotini ta’minlashga olib keladi.


Yüklə 268,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin