Fuqarolik jamiyati institutlari tushunchasi, uning ma’no va mazmuni



Yüklə 268,81 Kb.
səhifə45/79
tarix01.01.2022
ölçüsü268,81 Kb.
#50392
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   79
Fuqarolik jamiyati institutlari tushunchasi, uning ma’no va mazm

SHHT faoliyatida:

1. 2004 yili Aksilterror guruhiga birgalikda kurash markazi tuzildi.

2. 2005 yili SHHTning Ishbilarmonlar kengashi o’z faoliyatini boshladi.

3. 2006 yili Banklararo assotsiyatsiyasi faoliyati yo’lga qo’yildi.

SHHTning Xartiyasi (Nizom) 2002 yil 7 iyunda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida qabul qilindi. 2004 yil 17 iyunda Toshkentda SHHTning sammiti bo’lib, SHHT faoliyatining ikkn asosiy yo’nalishi: xavfsizlik va savdo-iqtisodiy hamkorlik muammolarini muhokama qildilar. Qatnashchilar Mo’g’iliston Prezidenti Natsagiyn Bagabandining murojaatini ko’rib chiqib, ushbu mamlakatni tashkilotga kuzatuvchi maqomida qabul qilishga qaror qildilar. Toshkent uchrashuvida Afg’onistondagi vaziyat ham anjuman kun tartibidan o’rin oldi. Ilgari Afg’oniston muammolarini yechishda Afg’onistonning o’zi qatnashmas va bunga muhim ahamiyat berilmasdi. Bunga sabab ilgari Afg’onistonda markaziy hokimiyat yo’q edi, mamlakat bo’lingan edi. Toshkent uchrashuviga Afg’oniston Muvaqqat mahmuriyati rahbari Hamid Karzay mehmon sifatida taklif etildi. SHu boisdan ham Toshkent sammitida Afg’oniston rahbari Hamid Karzay va Mo’g’iliston Prezidentining vakili, mamlakat tashqi ishlar vaziri Luvsangiyn Erdenechuluun qatnashdi.

Dunyoda yadroviy, kimyoviy, biologik, elektron terrorchilik xavfi paydo bo’ldi. SHularni hisobga olganda SHHT egallagan mintaqada tahdidlarning oldini olish uchun bir tizim, umumiy mexanizm ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Toshkentda ochilgan Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi zimmasiga axborot almashish, chegara va bojxona qo’mitalarining, maxsus xizmatlarning hamkorligini muvofiqlashtirish, shu orqali terrorchilikning oldini olish vazifasi yuklangan. Prezident Islom Karimov tomonidan terror va norkobiznes uchun «tranzit davlat» tushunchasining o’zi yo’qligi qayd etildi.

SHHT sammitida ko’rilgan 2-masala savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish bilan bog’liq. Iqtisodiy hamkorlikda transport infratuzilmasini rivojlantirish, tabiiy, mineral xomashyo zahiralarini o’zlashtirish, suv-energetika zahiralaridan unumli foydalanish, ekologiyaga oid masalalar, xususan, ichimlik suvi muammolarini hal qilish kabi dolzarb masalalar o’rin oldi.

Islom Karimovning Markaziy Osiyoda umumiy bozor yaratish to’g’risidagi taklifini SHHT sammiti yana bir bor ehlon qildi. «Markaziy Osiyo hamkorligi» tashkiloti tuzilgan mintaqamiz mamlakatlarining bu maqsadga erishishida Rossiya va Xitoydek qudratli davlatlar bilan SHHT doirasida hamkorlikni chuqurlashtirish muhim ahamiyatga ega. Hozir Xitoy yo’nalishi, Afg’oniston orqali Fors ko’rfazi bandargohlariga chiqadigan yo’nalish bo’yicha loyihalar o’rganilmoqda. Xitoy tomoni iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun 900 million AQSH dollari kredit ajratishini bayon etdi.

Toshkent sammitida (17.06.2004): 1) SHHT Davlat rahbarlari kengashi majlisi yakunlari bo’yicha Toshkent dekloratsiyasi, 2) SHHT vakolatlari va immunitetlari to’g’risidagi konventsiya, 3) Narkotik vositalar va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashda hamkorlik to’g’risida bitim, 4) tashkilot va uning organlari faoliyatiga doir qator hujjatlar imzolandi («Mahrifat» 2004 yil 19 iyun).

Xullas, bugungi kunda xavfsizlikni ta’minlash bilan bog’liq bo’lgan muammolarni hal etish mintaqadagi barcha mamlakatlarning istiqbolini ham bir qadar belgilab beradi. SHuning bilan birga bu – mintaqada yashayotgan xalqlarning azaliy qon-qarindoshligi, xamkorligi va ma’naviy-ruhiy yaqinligini mustahkamlashda ham o’ta muhim ahamiyatga molik masala bo’lib qolaveradi. Huddi shuningdek, mintaqaga qarshi qaratilgan mafkuraviy tahsirlarga qarshi kurashni kuchaytirishda umummintaqaviy birlikni mustahkamlashning ahamiyati ham oshib boraveradi.




Yüklə 268,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin