Fuqarolik jamiyati institutlari tushunchasi, uning ma’no va mazm
4) Jamiyat ahzolarining haq-huquqlarini ta’minlash. Asosiy qonunimiz bo’lgan O’zbekiston Konstitutsiyasida ko’rsatilganidek, to’la-to’kis amalga oshirish uchun ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va huquqiy asoslarini tahminlab berish lozim. Xalqimizda mustaqillik - bu huquq degan aqida ijtimoiy hayotning barcha sohalari uchun asos sifatida xizmat qiladi. Prezidentimiz Islom Karimov «Mustaqillik so’zining nafaqat o’zini erkin sezish, o’z hayotini qurish, balki o’z hayot-mamotini hal etishda katta huquqqa egalik ham demakdir»30, degan edi.
5) Prezidentimiz Islom Karimov «O’zbekiston XXI asrga intilmoqda» asarida 2004-2005 yillargacha mamlakatimizni rivojlantirish strategiyasining oltinchi ustuvor yo’nalishi - jamiyatdagi barqarorlik, tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikni, sarhadlarimiz daxlsizligini, mamlakatimiz hududiy yaxlitligini ta’minlashdan iborat bo’lgan muhim vazifalarni belgilab berdi31.