2) O’zbekiston polietnik davlat bo’lganligi bois, millatlararo va hamkorlikni ta’minlash bilan bog’liq. O’zbekistonda 130 ga yaqin millat va elatlar yashamoqda. Bugungi kunda respublikamizda 100 dan ortiq milliy-madaniy markaz ishlab turibdi. Bu markazlarning mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashdagi roli beqiyos.
3) Respublikada 18 ta diniy konfessiyaga mansub 1900 dan ziyod diniy tashkilot faoliyat ko’rsatmoqda. Mirarab madrasasi, Toshkent Islom universiteti, 14 ta madrasa, 400 ga yaqin diniy musulmon o’quv muassasalari, boshqa dinlarga tegishli 19 o’quv yurti ishlab turibdi. Diniy tahlimot muassasalarida 4200 dan ortiq yoshlar dinlar asoslarini hamda dunyoviy bilimlarni o’rganmoqda29. Ana shu diniy tashkilotlar o’rtasidagi munosabatlarni doimiy ravishda yaxshilab borish va bir-birlarini hurmatlash, ehzozlash muhim tamoyillardan biri sanaladi.