6) Jamiyat ahzolari barcha toifalarining turmush darajasini yuksaltirish sari yo’lidan borish va uning farovonligini oshirish eng muhim tamoyillardan biri hisoblanadi. Bu borada davlat narx-navoni to’la nazorat qilib, jamiyatning turli xil toifa, mutaxassis ishchi-xodimlari maoshlarini mutanosiblikda olib borish ham muhim siyosiy ham amaliy ahamiyatga ega bo’lgan tamoyillardan biridir.
7) Mamlakatda tinchlikni, osoyishtalikni ta’minlash uchun Qurolli Kuchlarni, Mudofaa qudratini harbiy-texnikaviy jihatdan qayta qurollantirish va yangilash, milliy armiyamiz salohiyatini oshira borish - ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashning tamoyillaridan biri.