jamiyati institutlarining faoliyati bilan bog‘liq
ahvol jiddiy tanqid qilindi. Mazkur hujjatda,
xususan: “amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli
islohotlarda, fuqarolarning siyosiy madaniyati
va huquqiy ongini oshirishda, ularning ma’naviy
va boshqa nomoddiy ehtiyojlarini qondirishda
nodavlat notijorat tashkilotlarining faol ishtirok
etishiga to‘sqinlik qilayotgan qator tizimli
muammo va kamchiliklar mavjud”, deb qayd
etilgan. Bunga nima deysiz?
Birgina madaniy-
gumanitar sohalarni
rivojlantirish bo‘yicha
qilingan ishlar haqida
to‘xtalganda, o‘tgan
yilning o‘zida
madaniyat, adabiyot va
san’at, ommaviy
axborot vositalari
sohasiga taalluqli 12 ta
muhim hujjat qabul
qilinganini ta’kidlash
maqsadga muvofiqdir.
– Albatta, davlatimiz rahbarining ushbu Farmonida, birinchidan, mazkur sohaning
hozirgi holatiga muxtasar va xolis baho berilgan; ikkinchidan, mavjud kamchiliklar
ochiq-oshkora ko‘rsatib o‘tilgan; uchinchidan, aniqlangan muammolarni bartaraf
etishga doir amaliy chora-tadbirlar belgilangan; to‘rtinchidan, shu ta’sirchan
choralarni amalda tatbiq etish va kutilgan samaradorlikka erishishning aniq
mexanizmlari ko‘zda tutilgan.
Eng muhimi, Farmondan Prezidentimizning bugungi kun va yaqin istiqbolda
O‘zbekistondagi fuqarolik jamiyati institutlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga
qaratilgan muhim tashabbuslari o‘rin olgan. Shu ma’noda ushbu Farmon tom
ma’noda tarixiy hujjatdir.
Farmonning tanqidiy-tahliliy ruhiga kelsak, sohada ayni paytda mavjud voqelik aslida ham
shunday. Birgina misol: aytib o‘tilganidek, bu sohada qancha qonunlar, farmon va qarorlar
qabul qilingan, ya’ni yetarli qonunchilik bazasi yaratilgan.
Shunga qaramay, ijtimoiy sheriklik – davlat organlari va NNT o‘rtasida fuqarolarning keng
ko‘lamli ijtimoiy muammolarini hal qilishga, ayniqsa, yoshlarning tashabbuslari va
zamonaviy g‘oyalarini haqiqatda ilgari surishga qaratilgan hamkorlikning samarali
mexanizmiga aylana olgani yo‘q.
Dostları ilə paylaş: |