“O’zbekiston
Respublikasida
jamoat
birlashmalari to’g’risida”gi Qonun, “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va
faoliyatining
kafolatlari
to’g’risida”gi
Qonun, “Nodavlat
notijorat
tashkilotlari
to’g’risida”gi Qonun, “Siyosiy partiyalar to’g’risida”gi Qonun, “Siyosiy partiyalarni
moliyalashtirish to’g’risida”gi Qonun, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi
Qonun, “Ommaviy axborot vositalari to’g’risida”gi Qonun.
Mazkur huquqiy asoslarning yaratilishi nafaqat mamlakatimiz milliy qonunchilik tizimida
jamoat tashkilotlarining faoliyatiga oid ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning
mustaqil sohasining yuzaga kelishiga olib keldi, balki, unga tizimlilik tusini berdi. Yuqoridagilar
bilan birga, jamoat tashkilotlarining huquqlarini himoya qilish bilan bog’liq masalalar o’z ichiga
konstitutsiyaviy, fuqarolik, mahmuriy, jinoiy huquq normalarini qamrab oluvchi butun
qonunchilik tizimining shakllanishiga ham imkoniyat tug’dirdi.
O’zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyaning
34-moddasi
O’zbekiston
Respublikasi
fuqarolarining kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga
uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga ega ekanini ehtirof etish bilan birga,
siyosiy partiyalarda, jamoat birlashmalarida, ommaviy harakatlarda, shuningdek hokimiyatning
vakillik organlarida ozchilikni tashkil etuvchi muxolifatchi shaxslarning huquqlari, erkinliklari
va qadr-qimmatini hech kim kamsitishi mumkin emasligini belgilab qo’ygan. Asosiy Qonunning
12-moddasida
O’zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va
fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanishi hamda hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida
o’rnatilishi mumkin emasligi to’g’risidagi konstitutsiyaviy tamoyil o’z ifodasini topgan.
Birlashishga bo’lgan konstitutsiyaviy huquq yoki xalqaro hujjatlar terminologiyasi bilan
aytganda, boshqalar bilan birga muayyan assotsiatsiyalarga uyushishga bo’lgan huquq o’z
ichiga: fuqarolarning umumiy manfaatlarini himoya qilish va umumiy maqsadlarga birgalikda
erishish asosida ixtiyoriy ravishda tuziladigan jamoat tashkilotlarining tashkil etish huquqini
hamda mavjud jamoat tashkilotlariga kirish yoki undan chiqish huquqini qamrab oladi.
Muayyan jamoat tashkiloti faoliyatida qatnashish yoki qatnashmaslik har bir fuqaroning
shaxsiy ishi hisoblanadi. Fuqarolarni jamoat tashkilotiga ahzo bo’lib kirishga majburiy tarzda
undash yoki undan chiqishga to’sqinlik qilish huquqqa zid faoliyat deb tan olinadi. Bundan
tashqari, Konstitutsiyaning 18-moddasida O’zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil
huquq va erkinliklarga ega bo’lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, ehtiqodi,
shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qathiy nazar, qonun oldida teng ekanliklari belgilab qo’yilgan.
Asosiy Qonunning 35-moddasida har bir shaxs bevosita o’zi va boshqalar bilan birgalikda
vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar
bilan murojaat qilish huquqiga ega ekanligi ehtirof etilgan.
Dostları ilə paylaş: |