2. Fuqarolik jamiyatini barpo etishda o’zini o’zi boshqarish
o’rganlarining o’rni.
SHu bilan birga, jamoat tashkilotlariga
uyushish erkinligi muayyan chegaralar doirasida
amalga oshiriladi. Bunda mazkur huquqdan jamiyatga qarshi maqsadlarda foydalanish mumkin
emas.
SHu
jihatdan
olganda,
O’zbekiston
Respublikasining
Konstitutsiyasiga
binoan,
“Konstitutsiyaviy tuzumni zo’rlik bilan o’zgartirishni maqsad qilib qo’yuvchi, respublikaning
suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga
qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ’ib qiluvchi, xalqning
sog’ligi va ma’naviyatiga tajovuz qiluvchi, shuningdek harbiylashtirilgan birlashmalarning,
milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalarning hamda jamoat birlashmalarining tuzilishi va
faoliyatini hamda maxfiy jamiyatlar va uyushmalar tuzish taqiqlanadi”
38
.
Jamoat tashkilotlari faoliyatini huquqiy tartibga solish sohasidagi ijobiy jarayonlarning
tamal toshi sifatida 1991 yilda qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari
to’g’risida”gi Qonunni ko’rsatib o’tish mumkin. Mazkur qonunda ilk marotaba jamoat
birlashmasi (tashkiloti) institutiga huquqiy tahrif berilishi bilan birga, uni tashkil etish maqsadi,
faoliyati printsiplari hamda huquq va majburiyatlar doirasi belgilab berildi. Qonunda belgilab
qo’yilgan shakllardagi har qanday jamoat tashkilotini kamida o’n nafar fuqaroning tashabbusi
bilan tuzish tartibi mustahkamlab qo’yildi
39
.
Ushbu qonunga mustaqillik yillarida kiritilgan bir qator o’zgartishlar barobarida jamiyatda
olib borilayotgan islohotlarga hamohang tarzda jamoat tashkilotlarining huquq va majburiyatlari
doirasi ham kengayib bordi. Qonunga binoan, ular o’zlarining ichki tuzilmasini, maqsadi,
faoliyat olib borish shakli va usullarini tanlashda hamda ustavlarini qabul qilishda mustaqil
ekanliklari belgilab qo’yildi.
38
Qarang: O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. –Toshkent: O’zbekiston, 2009. – 40-bet.
39
Qarang: O’zbekiston Respublikasining “O’zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to’g’risida”gi Qonuni //
O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi. 1991. –№4. –76-modda
79
Jamoat tashkilotlari manfaatlariga daxldor bo’lgan masalalar davlat hokimiyati va mahalliy
o’zini o’zi boshqarish organlari tomonidan tegishli jamoat tashkilotlarining ishtiroki yoki
kelishuvi asosida hal etiladigan bo’ldi. SHu bilan birga, davlat jamoat tashkilotlarining qonuniy
manfaatlari va huquqlariga rioya etilishini ta’minlashi, ularning faoliyatiga har tomonlama
ko’maklashishi, xususan, soliq va boshqa masalalarda imtiyozlar berishi lozimligi belgilab
qo’yildi.
So’nggi yillarda “Jamoat fondlari to’g’risida”gi Qonun va “Homiylik to’g’risida”gi
Dostları ilə paylaş: |