Prezident so’zi – lotincha oldinda o’tiruvchi mahnoni bildiradi. O’zbekiston tarixida
birinchi prezidentlik lavozimi 1990 yil 24 martda tahsis etildi. “O’zbekiston Respublikasi
Prezidentligiga Islom Karimov saylandi”. 1991 yil 18 noyabrda “O’zbekiston Prezidenti saylovi
tug’risida”gi qonun qabul qilindi. Bu qonunga 1997 yil 26 dekabrg’ va 1999 yil avgustda hamda
2004 yil 24 aprellarda o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi. Mustaqillik yillarida tom mahnoda
prezidentlik instituti to’la shakllandi. O’zbekiston Konstitutsiyasining 19-bobiga ko’ra O’zR
Prezidenti O’zbekiston Respublikasida davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig’idir. Prezidentlik
lavozimiga 30 yoshdan kichik bo’lmagan davlat tilini yaxshi biladigan bevosita saylovgacha
kamida 10 yil O’zbekiston hududida muqim yashayotgan O’zbekiston fuqarosi saylanishi
mumkin. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki martadan ortiq prezident bo’lishi mumkin emas.
Prezident fuqarolar tomonidan umumiy, teng va to’g’ridan-to’g’ri saylov xuquqi asosida yashirin
ovoz berish yo’li bilan 7 yil muddatga saylanadi, u qonun bilan belgilab qo’yilgan. 1991 yil 29
dekabrda alternativ asosida o’tkazilgan umumxalq saylovida Islom Karimov 86% ovoz bilan
(Salay Madaminov esa 14%) O’zbekiston Prezidenti etib saylandi. Bu saylovda 9,900 ming 958
kishi yoki ovoz berish xuquqiga ega bo’lgan fuqarolarning 94,2 foizi ishtirok etdi Islom
Karimovga esa 8,514 ming 136 saylovchi (86%) ovoz berdi. 1995 yil 26 martda Oliy Majlis
qaroriga ko’ra prezident vakolati 1997 yildan 2000 yilgacha uzaytirish masalasi bo’yicha
umumxalq referendumi o’tkazildi. Unda 11 mln 245028 kishi (99.3%) ishtirok etib ovoz
berishda qatnashganlarning 99,6 %i ijobiy javob bilan vakolat muddatini uzaytirishga rozilik
bildirganlar. Qonunga ko’ra, Prezident qilib 35 yoshdan kam bo’lmagan va 65 yoshdan ortiq
bo’lmagan, saylanish xuquqiga ega bo’lgan O’zbekiston fuqarosi bayon etilgan. 2000 yil 9
yanvarda ikkinchi bor Prezidentlik saylovi o’tkazildi. Unda O’zbekiston prezidentligiga nomzod
qilib Islom Karimov (91.9%), Abdulhofiz Jalolov esa 4,17% ovoz olib, Islom Karimov g’alaba
qildi. 2002 yil 27 yanvarda referendum o’tkazilib O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
Konstitutsiyaviy vakolat muddati 5 yildan 7 yil qilib o’zgartirishga rozimisiz degan savolga ovoz
berishda qatnashgan fuqarolarning 11 117 841 nafari (91.78%i) yoqlab ovoz berdi. Natijada
2003 yil 24 aprelda O’zbekiston konstitutsiyasining 19-bobiga, ya’ni Prezidentlik qoidalariga
bahzi bir o’zgartirishlar kiritilib, endilikda prezidentlik saylovi vakolat muddati tugaydigan yilda
dekabrg’ (2007) uchinchi 10 kunligining birinchi yakshanbasida o’tkazilishi belgilab olindi.
2007 yil 23 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo’lib o’tdi. Saylovda
ishtirok etgan saylovchilar soni 14 765 444 kishi yoki ro’yxatga olingan saylovchilar umumiy
sonining 90,6 foizini tashkil etdi.
1. Islom Karimov 13 million 8 ming 357 ovoz yoki saylovda qatnashgan saylovchilar
umumiy sonining 88,1 foizini oldi.
2. Asliddin Rustamov 468 ming 64 ovoz – ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar
umumiy sonining 3,17 foizini oldi.
3. Dilorom Toshmuhamedova 434 ming 111 ovoz – 2,94 foiz ovozga ega bo’ldi.
4. Akmal Saidov 420 ming 815 ovoz – 2,85 foizi miqdorida ovozga ega bo’ldi.
Saylov jarayonida 23 ming 300 nafar kuzatuvchi ishtirok etdi. Beshta xalqaro tashkilot:
MDH, YeXHT, SHHT, YevrAzES, IQT, 30 dan ortiq xorijiy mamlakatlardan kelgan
kuzatuvchilar, shuningdek, O’zbekiston Prezidentligiga nom ko’rsatgan siyosiy partiyalar va
saylovchilar tashabbuskor guruhi vakillari saylovni kuzatib bordi.
Prezidentlik lavozimiga saylangan Islom Karimovning 2008–2014 yillarda o’z oldiga
qo’ygan dasturi quyidagicha:
1. Mamlakatni modernizatsiyalash, jamiyatni yangilash, iqtisodiyotni jadal rivojlantirish,
makroiqtisodiy mutanosiblikni ta’minlashdagi islohotlarni chuqurlashtirish, tadbirkorlik, kichik
biznes va fermerlik harakatini erkin rivojlantirish.
27
2. O’rta sinf: tadbirkorlik, fermerlik harakati va xususiy biznes tuzilmasini, intellektual
mulk egalarining manfaatini ustun qo’yish.
3. Milliy davlatchilik, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish.
4. Inson huquqlari Oliy qadriyat: “Inson manfaati har narsadan ulug’” shiori.
5. Sud-huquq tizimi islohatini rivojlantirish. Huquqiy davlatchilikni rivojlantirish.
6. Tashqi siyosat.
7. Real daromadni oshirish. Ish haqini 3 yilda 2–2,5 barobar oshirish.
8. Kadrlarni tayyorlash.
9. Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch.
10. Farovon hayot barpo etish.
Umuman, 2002 yil 4 aprelda “Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil
etishning asosiy printsiplari to’g’risida” Konstitutsiyasiy qonun qabul qilindi. Prezident Islom
Karimov 2005 yil 28 yanvarda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va
Senatining qo’shma majlisidagi “Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va
yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir” mahruzasida davlat qurilishi va
boshqaruv sohasidagi eng muhim vazifa bo’lgan mamlakat Parlamentining roli va tahsirini
kuchaytirish, hokimiyatning qonunchilik, ijro va sud tarmoqlari o’rtasida yanada mutanosib va
barqaror muvozanatga erishish yo’llarini belgilab berdi. SHunga ko’ra 2006 yili O’zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining moddalariga tuzatishlar kiritish to’g’risida (89-moddasiga, 93-
moddasining 15-bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga)” loyihasi matbuotda ehlon qilinib,
xalqning fikr mulohazalari o’rganildi va natijada ushbu qonun Oliy Majlisning Qonunchilik
palatasi tomonidan 2007 yil 28 fevralda qabul qilindi. Senat tomonidan 2007 yil 29 martda
mahqullandi. Prezident Islom Karimov 2007 yil 11 aprelda bu qonunga imzo chekdi. Ana shu
“O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining moddalariga tuzatishlar kiritish to’g’risida (89-
moddasiga, 93-moddasining 15-bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga)”gi qonunga ko’ra
Konstitutsiyamizning 89-moddasi quyidagicha tahrir qilindi:
1) “89-modda. O’zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshlig’idir va davlat
hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini tahminlaydi».
2) 93-moddaning 15-bandi quyidagicha tahrir qilindi:
“15 viloyatlar hokimlarini hamda Toshkent shahar hokimini qonunga muvofiq tayinlaydi
hamda lavozimidan ozod etadi. Konstitutsiyani, qonunlarni buzgan yoki o’z shahni va qadr-
qimmatiga dog’ tushiradigan xatti-harakat sodir etgan tuman va shahar hokimlarini Prezident o’z
qarori bilan lavozimidan ozod etishga haqli”.
3) 102-moddaning ikkinchi qismi quyidagicha tahrir etildi: “Viloyat va Toshkent shahar
hokimi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qonunga muvofiq tayinlanadi hamda
lavozimidan ozod etiladi”. Ushbu qonun 2008 yil 1 yanvaridan kuchga kirishi bayon etildi
(“Xalq so’zi”, 2007 yil 12 aprelg’).
Demak, mustaqillik yillarida mamlakatimizda prezidentlik instituti shakllanib, u yanada
takomillashdi, uning huquqiy negizlari barpo etilib, rivojlangan mamlakatlar yo’lini tanladi. SHu
boisdan ham O’zbekiston davlat tizimi
Respublika Davlat va hukumat boshlig’i Prezident
hisoblanadi. Prezident shaxsi daxlsiz bo’lib, u qonun bilan muhofaza etiladi.
|