35
2. Inson faolligining asosiy mezonlari: hozirgi davrda inson, jamiyat va davlatlar o’zaro
munosabatlari
Insonning paydo bo’lishi, uning jamiyatdagi o’rni va mohiyati doimo ijtimoiy fanlarning
muhim va bahstalab sohalaridan biri bo’lib keldi. Aristotelning ta’kidlashicha, «inson - tabiatan
(mohiyatan) ijtimoiy»
9
ekanligini ta’kidlash bilan birga, «umumiy mahnoda kimda-kim
hokimiyat yuritish va bo’ysunishga taalluqli bo’lsa, o’sha fuqarodir; har bir davlat tuzumida
fuqaroning mohiyati o’zgaradi. Davlat tuzumining eng yaxshi turida kimda-kim ma’naviy
qadriyatlar talablariga mos hayotni nazarda tutgan holda bo’ysunish va hokimiyat yuritishni
xohlasa va unga qobil bo’lsa, ana o’sha fuqarodir»
10
.
Insonning mohiyatini dastlabki o’rgangan olimlardan biri Xitoydagi Konfutsiy va uning
izdoshlari edi. Eramizdan ilgari 298-238 yillarda yashagan Konfutsiyning izdoshi bo’lgan olim
Seng’-tszi shunday deb yozgan edi: «Tug’ma xususiyatlar - bu samoviy munosabatlar hosilidir.
Ularga tahlim yoki odamning o’zini yaratuvchilik ijodi vositasida erishib bo’lmaydi. Inson
yovuz tabiatga ega. Insondagi ezgulik manfaatlar uchun orttirilgan fazilatdir. Hozirgi inson
tug’ilishidan boshlab foyda olishga intiladi. Bu shunga olib keladiki, kishilar o’zaro
raqobatlashadilar va bir-birlariga yon bermaydilar. SHuning uchun ham tarbiya yo’li bilan inson
tabiatini o’zgartirish, yaratilgan qoidalar asosida tahlim berib, ularni adolatlilikka va
mashuliyatlikka o’rgatish lozim»
11
. Ko’rinib turibdiki, insonni jamiyatga uyushishi yoki uning
jamiyat ahzosiga aylanishi va faollashuvi uchun u ma’lum darajada tashqi tahsirga va hayotdagi
ijtimoiylashuvga ehtiyoj sezadi.
Dostları ilə paylaş: