Fuqarolik jamiyati qurilishida qonun ustuvorligi tamoyilining



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/134
tarix02.01.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#37107
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   134
Topics 7 - 12 (1)

Zamonaviy    jamiyatning  paydo    bo’lishi  bilan  insonning  ijtimoiy  va  siyosiy

munosabatlardagi  o’rni  yuksalib  bordi.  Bu  jamiyatlarda  o’zaro    munosabatlarning  bir-biriga

tahsir  etish  darajasi  va  mehnat    taqsimotining    chuqurlashuvi  ro’y  berdi.  Bu  jarayonlarning

sekinlik  bilan    yuksak  tahlim  va  tajribaga,  shuningdek,  yuqori  kasbiy  malakaga  asoslanishi,

ijtimoiy  munosabatlarning  qonunlar,  mehyorlar,  shartnomalar  asosida  muvofiqlashtirishning

rasmiy tizimini yaratilishi zamonaviy jamiyatlarni xalqchil bo’lishiga zamin yaratdi. Dinni davlat

va  boshqaruvdan  ajratilishi,  ijtimoiy  institutlarning  ko’payishi  va  rivojlanishi  kabi  omillar

natijasida insonlararo  munosabatlar yuksalib, siyosiy institutlarni nazorat etish, inson huquq va

erkinliklarini himoya    etish,  jamiyatda  tenglik  o’rnatish  imkoniyatlari  paydo  bo’ldi. XX asrga

kelib  eng  takomillashgan  va  zamonaviy  kishilik  birliklarini  fuqarolik    jamiyati,  deb  atash

rusumga kirdi.

Ma’lumki,  inson  o’zining  ijtimoiy  mavjudot  ekanligi  va  o’z  mohiyatidan  kelib  chiqib,

tabiiy ravishda siyosiy munosabatlarda ishtirok etishga intiladi. Ijtimoiy-seyosiy munosabatlarda

faol  ishtirok  etish  ehtiyojlari  va  zururiyati  esa har  bir  fuqaroda  manfaatlarning  faqat  guruhiy

shakldagina ifodalash va qondirish mumkin ekanligini anglab yetishiga zamin yaratadi. Turli xil

ijtimoiy  guruhlar  va  tabaqalarning  turlicha  manfaatlarini  o’zaro  to’qnashuvlar  aa  ziddiyatlarga

kirishishi,  ularni  o’zaro  kelishtirish  va  muvozanatlashtirishsiz hal  qilib  bo’lmasligini  anglash

jarayonlari  tabiiy  ravishda  xalqchil  jamiyat  va  siyosiy hokimiyatga  bo’lgan  ehtiyojlarni

shakllantirdi. CHunki turli manfaatlar muvozanatini ta’minlashni faqat demokratik jamiyat bilan

9

Aristotelg’. Soch. v 4-x t. -M.: Mo’sl,1984,s.63.



10

O’sha joyda, 471-bet.

11

Antologiya mirovoy filosofii. V 4-x t. M.: 1969. T.1. str.230-231.




36

davlat hokimiyati hamkorligida  amalga  oshirish  mumkin  ekanligini  tarixiy  tajribalar  isbotlab

berdi.  SHu  sababli ham  siyosiy  ong  turli  xil  ijtimoiy  guruhlarning  siyosiy  institutlar  va  siyosiy

sub’ektlar  bilan  o’zaro  muloqot  va  munosabatlarga  kirishishi  uchun  zaruriy  ehtiyojlarni

shakllantirdi hamda rasmiylashtirdi.

Fuqaro huquqlarini ta’minlashda  insonning  tabiiy huquqlarini  ehtiborga  olish  muhim

ahamiyatga  egadir.  Qadimgi  antik  faylasuflar  talqinicha,  tabiiy huquq  tabiatiga  bog’liq holda

insonlar    tug’ilishlaridanoq  bir  xildirlar.  Ijtimoiy  shartnomalar  asosida  qonun  va  davlat  paydo

bo’ldi.  Aristotelning  fikricha,  insonni  tug’ilishidayoq  paydo  bo’lgan  xususiy  mulkka  bo’lgan

tabiiy huquqi  insonning  tabiati  va  uning  dastlabki  o’zini  o’zi sevishiga  asoslanadi.  Qolaversa,

ana shu tabiiy huquqni ta’minlashga intilish, xususiy mulk jozibasi, uni saqlash va ko’paytirish

manfaatlari insonni jamiyatda tezlik bilan ijtimoiylashuviga va faollashuviga olib keladi.




Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin