Fuqarolik jamiyati qurilishida qonun ustuvorligi tamoyilining



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/134
tarix02.01.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#37107
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   134
Topics 7 - 12 (1)

Siyosiy  madaniyat - bu  munosabatlar  tizimi  va  ayni  paytda  avlodlar  almashinuvi  natijasi,  uni

tashkil  etuvchi  unsurlarni  ishlab  chiqish  va  qayta  ishlab  chiqish  jarayonidir.  Siyosiy  madaniyat

rivojlanib boruvchi dinamik hodisadir.

Insonda dunyoqarash shakllanganidan so’ng uni himoya qilishga qodir huquqiy madaniyat

shakllanishiga  shart - sharoitlar  yaratish  zarauriyati  tug’iladi.  Demak, huquqiy  madaniyat  va

huquqiy himoyaning  mavjudligi  jamiyatni  demokratiyalashning  asosiy  kafolatlaridan  biridir.

Qolaversa,  demokratiyani  tabiiy  ravishda  rivojlantirish  uchun  fuqarolarning  umumiy

madaniyatlilik  darajasi ham  yuqori  bo’lishi  lozim.  Aniqrog’i,  demokratik  jarayon  bilan

insonning  madaniyatliligi  o’rtasidagi  muvozanat  doimiy  xarakteriga  ega  bo’lishi  kerak.  Faqat

yuksak  madaniyatgina  jamiyatni haqiqiy  demokratik  rivojlanishga  olib  keladi.  SHuningdek,  bu

jarayonlar inqilobiy  emas, balki tadrijiy yo’l bilan bo’lishi zarurligi ham muhim ahamiyat kasb

etadi. Ya’ni tabiiy  rivojlanish  yo’li  boshqa  usullarga  qaraganda  eng  mahqulidir.  Jahon  tarixiy

tajribasi bunday yo’lni oxirgi yutuq sifatida tanlagani bejiz emas.

Siyosiy  madaniyat  uzoq  yillar  va  avlodlar  almashinuvi  natijasida  tarkib  topgan  siyosiy

anhanalar,  siyosiy amaliyot  mehyorlari,  g’oyalar,  turli  ijtimoiy  institutlar  o’rtasidagi  o’zaro

munosabatlarga  doir  kontseptsiyalar  va  ehtiqodlarni  o’z  ichiga  oladi.  U  kishilarning  o’zlari

yashayotgan  mavjud  tizimga,  undagi  institutlarga  va  xatti - harakat  qoidalariga,  alohida  shaxs,

jamiyat va davlat o’rtasidagi o’zaro munosabatlar tamoyillariga nisbatan shakllangan intilishlari

va ko’rsatmalarni ham o’z ichiga qamrab oladi.

Siyosiy  madaniyat  qadriyatga  oid  va  mehyoriy  tizim hisoblanadi.  U  o’zida  siyosiy

tizimdagi  tayanch, ehtiqodlar,  ko’rsatmalar,  yo’nalishlar,  intilishlar  timsollarini  aks  ettiradi  va

birlashtiradi.  Amerikalik  siyosatshunos  D.  Divaynning  fikricha,  siyosiy  madaniyat  ma’lum

ijtimoiy - siyosiy  tizim  ahzolari  yoqlaydigan,  “keng  tarqalgan,  fundamental  siyosiy

qadriyatlarning  tarixiy  tizimidir”

1

.  Siyosiy  madaniyat  “siyosiy  mafkura”,  “legitimmen”,



“suverenitet”,  “qonun  boshqaruvi”,  “siyosiy  partiya”  kabi  kategoriyalarni  o’rganishni ham

taqozo etadi. Siyosiy madaniyat ma’lum darajada jamiyat ahzolari oldiga chegaralashlar qo’yadi.

Siyosiy  jarayonlar  va  siyosiy  xulqda  namoyon  bo’ladigan  ehtiqodlar, his - tuyg’ular  va

qadriyatlar  oldidagi  bunday  chegaralashlar ham  o’z  navbatida  siyosiy  madaniyatning  muhim

unsuri hisoblanadi.  Alohida  shaxsning,  guruhning  va  boshqa  ijtimoiy  birliklarning  umumiy

dunyoqarashining tarkibiy qismi bo’lgan siyosiy dunyoqarash siyosiy madaniyatning eng muhim

komponentidir

12

.



Siyosiy  madaniyatni  tashkil  etuvchi  qadriyatlar,  yo’nalishlar,  ko’rsatmalar,  streotiplar

siyosiy  tizimning  shakllanishi  va  saqlanib  qolishida  asosiy  o’rinni  egallaydi.  Jamiyat  ahzolari

o’zaro  baham  ko’radigan  “ijobiy”  qadriyatlar  tizimi  miqdori  uning  alohida  komponentlari

o’rtasidagi  o’zaro  murosa  va  kelishuvni  belgilaydi  va  uning  barqarorligi hamda  yashab  qolish

qobiliyatining nechog’lik mustaqil ekanligini aniqlab beradi.

Kishilar  o’zlarini  ijtimoiy,  iqtisodiy,  siyosiy  manfaatlari  yoki  imkoniyatlarini  ro’yobga

chiqarish  uchun  amaliyotda  ishtirok  eta  boshlagandagina,  siyosiy  madaniyat  shakllanib  boradi.

Bunday  madaniyatni  egallash  faqat  siyosiy  partiyalar,  manfaatlar  guruhlari  faoliyatida  ishtirok

etish  orqaligina  ro’y  beradi. Hech  bir  inson  yakka  o’zi harakat  qilib,  o’zining  moddiy,  siyosiy,

huquqiy manfaatini yoki erkin fikrlash huquqini qo’lga kiritolmaydi.

Siyosiy madaniyatning totalitar turi jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotining

printsipial  bir  xillik  bo’lishiga  asoslanadi hamda har  qanday  turli-tumanlik,  rang-baranglikni

yo’qotishga  moyil  g’oyalarga  tayanadi.  Sobiq  SSSRdagi  madaniyatning  bu  turi  turli  ijtimoiy

guruhlarning o’ziga xos maqsad va manfaatlarini ochiq namoyon qilishga yo’l qo’ymaydi. SHu

bilan birga totalitar rejim fuqarolarning siyosiy hayotdagi tanlash imkoniyatlarini chegaralar, har

qanday muqobillikni inkor qilar, bitta mulkchilik turi, bitta partiya, bir o’ringa bitta nomzod kabi

1

Qarang: Devine. The ‘olitical Culture of the United State. –Boston, 1972, ‘.3-7.



12

Қèðғèçáîåâ  Ì.  Ôóқàðîëèê  æàìèÿòè:  ñè¸ñèé  ïàðòèÿëàð,  ñè¸ñèé  ìàôêóðàëàð,  ñè¸ñèé      ìàäàíèÿòëàð. -Ò.:  Øàðқ,

1998, – 85-86-áåòëàð.



41

cheklashlarni  oldindan  belgilab  berar  edi.  Bu holat  o’z  navbatida  total  turg’unlikni,  qolaversa

yemirilishni ham keltirib chiqardi.

Siyosiy madaniyatning plyuralistik turi quyidagi  muhim shart-sharoitlar  yaratilganidagina

paydo bo’lishi, rivojlanishi, faoliyat ko’rsatishi, shuningdek, ustuvorlik kasb etishi mumkin:

1) Iqtisodiy  va  ijtimoiy hayot  plyuralizmi  sohasida - mulkchilikning  turli  shakllari,  eng

avvalo xususiy mulkchilik paydo bo’lishi, xo’jalik yuritishning turli usullarining amal qilishi;

2) Jamiyat  o’z  ijtimoiy  strukturasi  va  turli  manfaatlari  bo’yicha  qanchalik  rang-barang

bo’lsa,  siyosiy  plyuralizm  va  siyosiy  madaniyat  shakllanishi  uchun  shunchalik  ko’proq  zamin

paydo bo’ladi.

3) Fuqarolik  jamiyati  rivojlanishining  ustuvorligini ta’minlash sohasida - fuqarolik

jamiyati siyosiy institutlarining shakllanishi; davlat hokimiyatini shakllantirish asosan saylovlar

vositasida amalga oshishi, hech kim, hech bir guruhning bu hokimiyatni na amalda, na huquqiy

jihatlardan o’z monopoliyasiga aylantirishiga yo’l qo’ymaslik;

4) Guruhlar va ularning vakillari bo’lgan siyosiy partiyalar va harakatlar o’rtasida ijtimoiy

rivojlanishning  asosiy  qadriyatlari,  ideallari  va  maqsadlariga  nisbatan  aniq  kelishuvlarning

mavjudligi;

5) Ham huquqiy jihatlardan, ham hayotda shaxs erkinligining tahminlanganligi.

Ushbu mavzuni o’rganishda quyidagi masalalarni ham bilish foydadan xoli emas.


Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin