1. Demokratik davlat tushunchasi – bunday davlatda davlat organlarini tashkil qilishda,
ularning faoliyatida, mamlakat fuqarolari turli-tuman yo’llar orqali keng ishtirok etadilar.
Fuqarolarning davlat organlarini tashkil qilishdagi ishtiroki qonun yo’li bilan kafolatlanadi va
ularning ishtirokiga keng imkoniyatlar yaratadi. Demokratik davlatda inson manfaati, qadr-
qimmati, hayoti, sog’lig’i har narsadan yuqori turadi. Davlat fuqarolarning huquq-erkinliklarini
ta’minlash choralarini doimiy ravishda ko’rib boradi. Davlat fuqarolar nazoratida va ularga turli
vositalar orqali hisob beradi. Demokratik davlat o’zini o’zi boshqarish, ko’ppartiyaviylik,
ommaviy axborot vositalarining erkin bo’lishi, fikrlar xilma-xilligiga sharoit yaratadi.
Dostları ilə paylaş: |