Birinchi bosqichda 1) Bozor iqtisodiyoti infratuzilmasining huquqiy asoslari yuzaga keldi,
300dan ko’proq qonun va qarorlar qabul qilinganligi asarda aytib o’tilgan. 2) Mulkni davlat
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishda dastlab mayda mulklar davlat tasarrufidan
chiqarildi. 3) CHet el sarmoyalari O’zbekiston iqtisodiyotiga jalb qilish yo’lga qo’yildi. SHu
bilan birga bozor iqtisodiyotining 3 ta mezonlari, qadriyatlari yuzaga keldi: a) tadbirkorlik; b)
ishbilarmonlik; v) tijorat. Ma’naviyatda esa a) ziyoli mavqei oshdi; b) mahrifat nuri; v) ijodkor
so’zi qadrlana boshladi.
2. Iqtisodiy islohotlar ikkinchi bosqichning vazifalari va ustuvor yo’nalishlari qismida
Prezidentimiz 4 ta muhim ustuvor vazifani belgilab berdi:
1. Asosiy vazifa – davlat mulkini xususiylashtirish sohasida boshlangan ishni oxiriga
yetkazish: bunda a) mulkni haqiqiy egalariga berish, b) ko’p ukladli iqtisodiyotni rahbatlantirish.
Agar birinchi bosqichda mayda mulklar xususiylashtirilgan bo’lsa (1991-1994 yillarda), endigi
vazifa o’rta mulklarni xususiylashtirish aytildi.
2. Eng muhim vazifa – ishlab chiqarishning pasayib ketishiga barham berish va
makroiqtisodiy barqarorlikni va moliyaviy, iqtisodiy barqarorlikka erishishdan iborat. Bu
rivojlanish ichki qonuniyatlarga ham bog’liqligi aytildi.
3. Muhim vazifa – Milliy valyuta – so’mni yanada mustaxkamlashdan iborat. Milliy
valyuta – mamlakat hududida barcha tovar va xizmatlar uchun narxlarni ifodalash vazifasini
o’tovchi va qonuniy himoyalangan yagona to’lov vositasidir…
4. Strategik vazifa – Iqtisodiyot strukturasini tubdan o’zgartirish: xom ashyo yetkazib
berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o’tish, uning sifatini va raqobatga bardoshligini
jahon bozori talablari darajasiga yetkazish.
O’zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
I.A.Karimov
ijtimoiy-iqtisodiy
islohotlardan
ko’zlangan «pirovard maqsadimiz ijtimoiy yo’naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, ochiq
tashqi siyosatga ega bo’lgan kuchli demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo
etishdan iboratdir
1
», - deb belgilab bergan.
Respublikamizda
amalga
oshirilayotgan
iqtisodiy
islohotlar
iqtisodiyotni
davlat
tasarrufidan chiqarish, unda demokratiya tamoyillari bo’lgan iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va
tanlash erkinligini, erkin iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish orqali iqtisodiy hayotni
erkinlashtirishga yo’naltirilgandir.
Iqtisodiyotni davlat tasarrufidan chiqarish va uni demokratlashtirish, erkin ijtimoiy
yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti asoslarini yaratish jarayonlari bosqichma-bosqich amalga
oshirilmoqda.
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichida (1991-
1994 yy.) mahmuriy-buyruqbozlik tizimining og’ir oqibatlarini tugatish,
tanglikka barham
berish va iqtisodiyotni barqarorlashtirish hamda respublikaning o’ziga xos sharoitlari va
xususiyatlarini hisobga olgan holda bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirish
vazifalarini hal qilishga kirishildi. Buning uchun quyidagilar amalga oshirildi:
1
Karimov I.A. O’zbekiston buyuk kelajak sari. -T.: O’zbekiston, 1998. 179-bet.
53
1) islohotlarning qonuniy-huquqiy bazasini shakllantirish va rivojlantirish. Bu davrda
mulkchilik, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, tadbirkorlik to’g’risidagi va
boshqa ko’plab bozor munosabatlarini shakllantirishga yo’naltirilgan qonunlar qabul qilingan;
2) kichik xususiylashtirishni amalga oshirish hisobiga ko’p ukladli iqtisodiyot negizlarini
yaratish;
3)
ishlab
chiqarishning
pasayib
borishiga
barham
berish,
moliyaviy
ahvolning
barqarorlashuvini ta’minlash.
Bu davrda (1992-1994 yillarda) asosan savdo, aholiga maishiy xizmat ko’rsatish, maxalliy
sanoat korxonalarini, uy-joylarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlari
amalga oshirildi. Buning natijasida 69 mingdan ortiq ob’ektlar davlat tasarrufidan chiqarildi,
ulardan 18,4 mingtasi xususiy mulkka o’tdi. 3569 ta aktsiyadorlik jamiyatlari tuzildi. Kichik va
o’rta tadbirkorlik sub’ektlarining soni 80 mingga yetdi.
Dostları ilə paylaş: |