birinchi
bosqichida
qishloq
xo’jaligida
bozor
munosabatlariga mos keladigan yangi xo’jalik tizimini shakllantirish ishlari amalga oshirila
boshlandi. Buning oqibatida bu sohada davlatga qarashli bo’lmagan sektor keng rivojlandi.
SHuningdek, xalq xo’jaligini, uning tarmoqlari va hududlarini boshqarishning mavjud
sharoitlarga mos bo’lgan tizimlari ishlab chiqildi. Narxlar to’liq erkinlashtirildi, bozor
infratuzilmasining asosiy bo’g’inlari, shu jumladan, ikki pog’onali bank tizimi, moliyani va pul-
kreditni tartibga soluvchi mutlaqo yangi tizim, tovar, mehnat birjalari tizimlari yaratildi. Aholini
ijtimoiy himoyalash tizimi amalga oshirila boshlandi. Iqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka
erishish chora-tadbirlarining amalga oshirilishi oqibatida iqtisodiy pasayish boshqa MDH
mamlakatlaridek og’ir kechmadi. Yalpi ichki mahsulot 1995 yilda 1990 yilga nisbatan faqat
18,2% kamaydi. 1995 yilda esa bu ko’rsatkich 1,2% ga pasaygan xolos. Vaholanki, YaIM hojmi
MDH mamlakatlarida 40-60% ga, Rossiyada esa 48% ga kamayib ketgan
19
.
O’zbekistonda mulkni tubdan isloh qilish jarayonlari izchillik bilan olib borildi va bir
necha bosqichdan iborat bo’ldi.
Dostları ilə paylaş: |