Uchinchi bosqich, ya’ni 1996–1998 yillarda nazorat paketlari davlat mulki shaklida
saqlanib kelayotgan yirik korxona va tarmoqlar isloh qilindi. Bunda Oliy Majlis va Vazirlar
Mahkamasi tomonidan xususiylashtirishga jalb etilmaydigan ob’ektlar ro’yxati belgilandi.
Ularga suvdan foydalanish ob’ektlari, melioratsiya tarmoqlari, muzeylar, sanepidemstantsiyalar,
statistik va harbiy ahamiyatdagi byudjet jamg’armalari kiritildi.
To’rtinchi bosqich (1998 yil oxiridan) xususiylashtirishdan tushgan mablag’larni davlat
byudjetiga safarbar etish va hokazolarni amalga oshirmoqda. Masalan, xususiylashtirishdan
tushgan mablag’ 2014 yilda 78,4 mlrd. so’mni tashkil qildi
20
.
2007 yilning boshida faoliyat ko’rsatayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
korxonalarining soni qariyb 350 mingtaga yetdi yoki 2000 yilga nisbatan 2,3 marta ko’paydi.
Bugungi kunda, 2016 yilga kelib, kichik biznesning yalpi mahsulot (YaIM)dagi ulushi 56,7
foizni tashkil etmoqda. 2016 yilda YaIM 7,3 foizga o’sdi. Ishlab chiqarish hajmining sanoatda
10,8, qishloq xo’jaligida 6,2 foizga oshgani, investitsiyalarning 11,4, qurilish-pudrat ishlarining
12,8,
xizmat
ko’rsatish
sohasidagi
ko’rsatkichlarning
19,5
foizga
o’sgani
iqtisodiy
rivojlanishning asosiy omillari bo’lib xizmat qildi.2016 yilda Ish bilan band aholining 77
foiznikichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarida faoliyat ko’rsatmoqda.
21
19
O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi ma’lumotlari.
20
To’xliev N. va boshқalar. O’zbekiston iqtisodiyoti asoslari. – T.: O’zbekiston milliy entsiklopediyasi Davlat
ilmiy nashriyoti, 2016. – 125–126-b.
21
Qarang: Islom Karimov. “Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan
islohotlarni, iqtisodiyotimizda tarkibiy o’zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznеs va
tadbirkorlikka yanada kеng yo’l ochib bеrish hisobidan oldinga yurishdir.” Mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor
yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kеngaytirilgan majlisidagi ma'ruzasi. “Xalq so’zi”
gazеtasi, 2016 yil 16 yanvar soni.
55
Don yetishtirish:
2004 yilda 5,5 million tonna don xirmoni yetishtirildi.
2005 yilda 5,8 million tonna.
2006 yilda 6,1 million tonna.
2007 yilda 6,250 million tonna g’alla (don) yetishtirildi
2015 yilda 7,500 million tonna g’alla (don) yetishtirildi
22
.
Mamlakatimizda 2005 yillardan keyingi davrda kichik va o’rta biznesning muhim
tarmoqlaridan biri, bu kasanachilikni hukumat dasturi asosida rivojlantirishga keng yo’l ochildi.
Dostları ilə paylaş: |